Iqtisod-moliya


Izchillik va nazariya bilan amaliyot birligini ta’minlash


Download 1.64 Mb.
bet49/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Izchillik va nazariya bilan amaliyot birligini ta’minlash
. Dastur 
aniq mazmun va mantiqiy qoidalarni o‘zida aks ettirishi, umumiy o‘rta
ta’lim va oliy ta’limga taalluqli mutanosib fan dasturlari bilan 
muvofiqlashtirish, qo‘yilgan mavzularning mantiqiy izchilligini
ta’minlash, fanni hayot bilan, nazariyani amaliyot bilan uzviy 
bog‘laydigan uslubiyotga rioya qilishi zarur.

Xalqaro standart va raqobatbardoshlik
. Rivojlangan xorijiy 
davlatlarda o‘rganilayotgan ana shu fan bo‘yicha amalda bo‘lgan o‘quv




71
dasturlari bilan taqqoslash, munozara qilish, tajriba almashish asosida, 
rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan ilg‘orlikni ta’minlashga
qaratilishi zarur. 


Innоvаtsiоn o‘zgаrishlаrni hisоbgа оlish.

Ilgаri surilgаn yangi 


g‘оyalаr, tizim yoki fаоliyat yo‘nаlishini o‘zgаtirishgа оlib kеlgаn
fаоliyat mа’lum kоnsеptuаl yondаshuv аsоsidа аmаlgа оshirilib, uning 
nаtijаsi muаyyan tizimning rivоjlаnishigа yoki uni tubdаn o‘zgаrtirishgа
хizmаt qilаdigаn yangiliklаr dаsturdа o‘z аksini tоpishi zаrur. 


Dasturda fanning nomi. 
Mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda davlat ta’lim standartlariga, 
mehnat bozori talabiga muvofiq ravishda fanni o‘qitishdan asosiy
maqsad, shu fan o‘quvchi, talabalarda qanday bilim va ko‘nikma 
shakllantirishi ko‘rsatiladi.
Dasturlar ikki: namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga ajratiladi. 
Ishchi o‘quv dasturi namunaviy dastur asosida tuziladi. Ishchi o‘quv
dаsturidа har bir mavzu bo‘yicha fan uchun ajratilgan soatdan kelib 
chiqqan holda, mavzuning mazmunini o‘zlashtirish uchun uning
xususiyatlarini, mavzuni murakkabligi, o‘zlashtirish zarur bo‘lgan 
masalalar, qo‘yilgan muammo va boshqalarni hisobga olib o‘quv
jarayonini tashkiliy shakllari bo‘yicha vaqt ajratiladi. 



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling