Iqtisod-moliya


Fanning o ‘ quv dasturlаri


Download 1.64 Mb.
bet48/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Fanning o


quv dasturlаri
o‘quv jarayonining mazmuni va sifatini
belgilovchi me’yoriy hujjatdir. Оliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalarida ta’lim o‘quv rejasidagi har bir fan, maxsus va fakultativ
kurs bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq olib borilishi 
shart.
O‘quv dasturlari quyidagi talablarga javob berishi zarur: 


Dastur aniq qoidaga asoslangan bo‘lishi kerak
. Jamiyat 
taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda o‘quv dasturini ishlab
chiqish metodikasiga muvofiq bo‘lishi zarur. O‘quv dasturi ishlab 
chiqishga qo‘yiladigan talablarga javob berishi, unga muvofiq o‘quv
dasturi tarkibini belgilash lozim.


Ilmiylik tamoyiliga asoslanishi
. Dastur ilmiy jihatdan tekshirilgan, 
ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida tuziladi.
O‘quv dasturlari ishlab chiqishda “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” asosida respublikada joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining
ta’lim turlari (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, bakalavriat, 
magistratura) o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, fanlarda
mavzular 
ketma-ketligiga,
oddiydan 
murakkabga,
xususiydan 
umumiylikka o‘tib borishga, ta’lim turlari bo‘yicha mavzular
takrorlanmasligiga alohida e’tibor qaratish kerak.
Dastur fan, texnika, texnologiyaning so‘nggi yutuqlari, ta’lim
tizimining rivojlanishi, jahon tendensiyasini hisobga olishi zarur.


Tarixiylik va zamonaviylik
. Dasturda fan rivojlanishining 
xususiyatlari, hissa qo‘shgan olimlar, tarixiy shaxslar faoliyati ham aks
ettirilishi, hozirgi rivojlanishi darajasiga muvofiq bilim berishni 
ko‘zlagan bo‘lishi zarur.

Gumanitarizm va milliylik
. Dastur insonparvarlik, ezgulik 
g‘oyalarini ustun qo‘yib, milliy g‘urur, milliy qadriyatlarni hisobga
olish, ularga amal qilishni targ‘ib qilish, mamlakatning rivojlanishini 
ilmiy asoslangan holda bayon qilishni ko‘zda tutishi kerak.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling