Amaliyot oldi konferensiyasida ishtirok etish; -amaliyot to'g'risida amaliyot tahlili yozish


Download 216.86 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi216.86 Kb.
#1436838
Bog'liq
Hisobot 2023


HISOBOT (22.10.2022)
1-kun.
-Amaliyot oldi konferensiyasida ishtirok etish;
-Amaliyot to'g'risida amaliyot tahlili yozish;
-Amaliyot obyekti bilan tanishish, maktab rahbariyati bilan uchrashuv-muassasa rahbariyati va ichki tartib-qoidalar bilan tanishuv(Yig'ilish bayoni)
Biz 301 ,,Fizika va astronomiya" guruhi talabalari 20-oktabr 2022-yil sanasida ,,5+1"qaroriga muvofiq amaliyot oʻtash uchun bizga biriktirilgan maktab Yunusobod tumanidagi 9-IDUM ga amaliyot rahbarimiz Tolagenova ustozimiz bilan maktabga bordik va konferensiyada ishtirok etdik.Ushbu konferensiyada biz amaliyot daftarlarni qanday tartibda yuritish haqida tushunchaga ega bo'ldik.Bizga amaliyot dasturi to'liq tushuntirildi va biz haftaning har shanba kunida amaliyot maktabimiz 9-IDUM ga borib amaliyot o'taydigan bo'ldik.Amaliyot rahbarimiz bilan birgalikda maktab rahbariyati,maktab o'qituvchilar va o’quvchilari,darsxonalar, kutubxonalar bilan to'liq tanishdik. Maktab rahbariyati tomonidan bizga maktab ichki tartib-qoidalari to'g'risida batafsil ma’lumotlar berildi.

HISOBOT(29.10.2022)

2-kun.
-Amaliyot ob'ekti bilan tanishish,maktab rahbariyati bilan uchrashuv;
-muassasa rahbariyati va ichki tartib-qoidalar bilan tanishish(Yig'ilish bayoni);
-Maktab Nizomi,ichki tartib-qoidalari,yo'l xaritasi bilan tanishish

Men bugun bizning guruhga amaliyot o'tash uchun belgilangan maktabga soat 8:00da yetib keldim.Biz amaliyot ob'ekti bilan tanishdik,maktab rahbariyati bilan uchrashdik.Muassasa rahbariyati yig'ilish o'tkazdi va bizga maktab rahbariyati ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirdi.Maktab Nizomi ichki tartib-qoidalari bilan,yo'l xaritasi bilan tanishdik va mumkin va mumkin bo'lmagan tartib-qoidalar to'g'risida qisqacha insho yozdik.Hamdayozish ham dars jadvallari,fanlarning joylashuvi,o'qituvchilarning pedagogik yuklamalari bilan tanishib chiqdik.Amaliyot kunimizning 2-kuni mazmunli o'tdi.


HISOBOT (05.11.2022)

3-kun.
-O'quv me'yoriy-hujjatlar(namunaviy reja,kalendar reja)bilan tanishish;


-Maktab sinf xonasini gigenik talablar bo'yicha analiz qilish,konspekt va chizmalar tayyorlash,namuna bo'yicha taqqoslash ,farqlarni ajratish
Men 5 -noyabr sanasida amaliyot o'tash uchun bizga biriktirilgan maktab 9-IDUM ga o'z vaqtida yetib keldim.Bugungi amaliyot mavzuyimiz bo'yicha kursdoshlar bilan birgalikda Xudoyorova Mavjuda hamda Babayev Arabxon ustozlar ko'magida o'quv me'yoriy-hujjatlar(namunaviy reja,kalendar reja) bilan,ularning qanaqa tartibda yuritilishi bilan tanishdik.
So'ngra rejaga muvofiq maktabning sinf xonalariga kirdik hamda ularni gigenik talablar bo'yicha analiz qildik.Qolaversa konspekt , chizmalar tayyorlashni ,ularni taqqoslashni ,farqlarni ajratishni o'rgandik.Bugungi amaliyot kunimiz bizga yaxshi pedagogik mahoratga ega bo'lishimizga sabab bo'ldi.
HISOBOT (12.11.2022)
4-kun.
-O'quv va maʼnaviy -marifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinboslarining yillik ish rejalari bilan tanishish;
-fizika xonasidagi o'quv jihozlari,darslarda foydalaniladigan o'quv vositalarini o'rganish

Men bugun amaliyot maktabimizga soat 8:00 da keldim.Bugungi amaliyot rejamiz bo'yicha birinchi galda maktab o'quv va ma'naviy- marifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari yordamida ularning yillik ish rejalari bilan tanishdik.Bizga aniq va tushunarli ma'lumotlar berildi.


Keyingi o'rinda esa bizga Babayev Arabxon ustozimiz maktab fizika xonasidagi o'quv jihozlari ,ularning ishlash prinsipi,qay maqsadda va qanday tartibda foydalanish to'g'risida tushuncha berdilar.Darslarda foydalaniladigan o'quv vositalarini o'rgandik.Bugungi amaliyot kunimiz bizda yaxshi taassurot qoldirdi.
HISOBOT (19.11.2022)

5-kun
Bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida tadbir senariysi ishlab chiqiladi (o‘quvchilardan iborat bir nechta guruh musobaqalashishi mumkin).


Bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida tadbirga tayyorgarlik ko‘rish.
Men 19-noyabr sanasida amaliyot o‘tash uchun bizga biriktirilgan maktab 9-IDUM ga o‘z vaqtida yetib keldim. Bugungi amaliyot mavzuyimiz bo‘yicha kursdoshlarimiz bilan birgalikda Xudoyorova Mavjuda va Babayev Arobxon ustozlar yordamida rejaga muvofiq bir qancha tashkiliy ishlar olib bordik. Darsni boshlashdan oldin o‘quvchilar uchun bayroq haqida bir qancha ma‘lumotlar berdik.
Biz yana rejaga muvofiq maktabning sinf xonalariga kirdik hamda ularni gigeyenik talablar bo‘yicha analiz qildik. Yana qo‘shimcha sifatida konspekt, chizmalar tayyorlashni, ularni taqqoslashni, farqlarini ajratishni o‘rgandik. Bugungi amaliyot kunimiz bizga yaxshi pedagogik mahoratga ega bo‘lishimizga yordam berdi.

HISOBOT (26.11.2022)

6-kun
Maktab psixologi bilan davra suhbati tashkil etish.

Men 26-noyabr sanasida amaliyot o‘tash uchun bizga biriktirilgan maktab 9-IDUM ga o‘z vaqtida yetib keldim. Bugungi amaliyot mavzuyimiz bo‘yicha kursdoshlarimiz bilan birgalikda Xudoyorova Mavjuda va Babayev Arobxon ustozlar hamda ma‘naviyatchi ustoz yordamida psixologik tadbirda ishtirok etdik. O‘quvchilar bilan birgalikda psixologik treninglarni o‘rgandik.


Biz yana rejaga muvofiq maktabning sinf xonalariga kirdik va ularni gigeyenik talablar bo‘yicha analiz qildik. Yana qo‘shimcha sifatida konspekt, chizmalar tayyorlashni, ularni taqqoslashni, farqlarini afratishni o‘rgandik. Bugungi amaliyot kunimiz bizga yaxshi pedagogik mahoratga ega bo‘lishimizga sabab bo‘ldi.
HISOBOT (3.12.2022)

7-kun
Psixologik so‘rovnoma o‘tkazish. Psixolog boshchiligida so‘rovnoma natijalarini tahlil qilish. So‘rovnoma natijalari tahlili asosida xulosalar yozish.


Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi yillik o‘tkaziladigan tadbirlar ish rejasi bilan tanishib chiqiladi.
Men 3-dekabr sanasida amaliyot o‘tash uchun bizga biriktirilgan maktab 9-IDUM ga o‘z vaqtida yetib keldim. Bugungi amaliyot mavzuyimiz bo‘yicha kursdoshlarimiz bilan birgalikda Xudoyorova Mavjuda va Babayev Arobxon ustozlar yordamida va ma‘naviyatchi o‘qituvchi yordamida o‘quvchilar o‘rtasida psixologik so‘rovnoma o‘tkazdik, keyin esa u to‘g‘risida xulosa chiqardik. Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi o‘qituvchining ish rejasi bilan tanishdik. Yillik o‘tkaziladigan tadbirlar bilan ham tanishdik.
Biz yana rejaga muvofiq maktabning sinf xonalariga kirdik va ularni gigeyenik talablar bo‘yicha analiz qildik. Yana qo‘shimcha sifatida konspekt, chizmalar tayyorlashni, ularni taqqoslashni, farqlarini ajratishni o‘rgandik. Bugungi amaliyot kunimiz bizga yaxshi pedagogik mahoratga ega bo‘lishimizga yordam berdi.

HISOBOT (10.12.2022)

8-kun
Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir senariysini tuzish.
Men 10-dekabr sanasida amaliyot o‘tash uchun bizga biriktirilgan maktab 9-IDUM ga o‘z vaqtida yetib keldim. Bugungi amaliyot mavzuyimiz bo‘yicha kursdoshlarimiz bilan birgalikda Xudoyorova Mavjuda va Babayev Arobxon ustozlar yordamida hamda targ‘ibotchi o‘qituvchi ko‘magida konstitutsiya tadbiriga bag‘ishlangan senariy tuzishni o‘rgandik. O‘quvchilarga konstitutsiya haqida ma‘lumot berdik. Keyin esa ular bilan konstitutsiya haqida turli xildagi she‘r, qiziqarli savollar va ma‘lumotlar bilan ham o‘rtoqlashdik.
Biz yana rejaga muvofiq maktabning sinf xonalariga kirdik va ularni gigeyenik talablar bo‘yicha analiz qildik. Yana qo‘shimcha sifatida konspekt, chizmalar tayyorlashni, ularni taqqoslashni, farqlarini ajratishni o‘rgandik. Bugungi amaliyot kunimiz bizga yaxshi pedagogik mahoratga ega bo‘lishimizga yordam berdi.

HISOBOT (17.12.2022)

9-kun

-Psixologik so'rovnoma o'tkazish.


Psixolog boshchiligida so'rovnoma natijalarini taxlil qilish.
So'rovnoma natijalari taxlili asosida xulosalar yozish;
Bugungi amaliyot jarayonida men har doimgidek soat 8:00 da 9-sonli IDUM ga yetib bordim.
Bugungi amaliyot mavzuyimiz boyicha kursdoshlarimiz bilan birgalikda Hudoyorova Mavjuda va Babayev Arabxon ustozlar hamda maktabning yoshlar bilan ishlash masalalari boyicha maktab psixologi yordamida o'quvchilarda Psixologik so'rovnoma o'tkazish tartibi haqida tanishib chiqdik.Bular haqida malumotga ega bo'lganimizdan keyin quyidagi xulosaga keldim. O'quvchilarning dars jarayonlariga bo'lgan qiziqishlarida Psixologik holati ham muhim ahamiyatga ega ekanligini guvohi bo'ldik. Pedagog dars mashg'ulotlarini olib borish jarayonida har bir o'quvchining psixologiyasidan kelib chiqib ularga individual yondashishi kerakligi haqida ham muhim ma'lumotlarga ega bo'ldik.Bugungi amaliyot kunimiz ko'ngildagidek o'tdi.

HISOBOT (11.02.2023)

13-kun
- 9-sinf o‘quvchilarga sinov darsi o‘tish yuzasidan tayyorgarlik ko'rish va maktab kimyo fani o'qituvchisi hamkorligida dars o‘tish;
- 9-hamda 10-sinflarda tajriba-sinov darsini o‘tish
Men bugun bizga biriktirilgan maktabga 8:00 da o'z vaqtida yetib keldim.Biz kursdoshlarimiz bilan birgalikda sinov darsini o‘tish uchun fizika xonasiga kirdik.Bizga fizika o‘qituvchisi Babayev Arabxon ustoz qanday dars o‘tish tartibini tushuntirib berdilar.To‘rtinchi soat 9-sinflarga laboratoriya darsi bo‘ldi va unda kimyo va fizika o‘qituvchilari dars o‘tib berishdi.Asosan bugungi laboratoriya kimyo fani bilan bog'liq bo‘ldi.Kimyo o‘qituvchisi bilan birga sinov darsini o‘tdik.Dars esa juda qiziqarli bo‘ldi va barcha o‘quvchilar darsda faol qatnashishdi.Oxirgi dars esa 10-sinf o‘quvchilarga fizika darsi bo‘ldi.Biz unda fizika o‘qituvchisi yordamida qanday sinov dars o'tilishini o‘rganib oldik.Shu bilan bugungi amaliyot kunimiz juda mazmunli va murakkab bo‘lib o‘tdi.Biz juda ko‘p narsalarni o‘rganib oldik.

HISOBOT (18.02.2023)


14-kun
- Sinf rahbarining ota onalar bilan ishlash yillik ish rejasi bilan tanishish. Sinf rahbarining yillik ish rejasi namunasini asosida ota onalar bilan ishlash yillik ish rejasi loyihasini tayyorlash
Men 18-fevral sanasida amaliyot maktabimizga 8:00 da yetib keldim.Biz bugun sinf rahbarlarining ota onalar bilan ishlash yillik ish rejasi bilan tanishdik.Maktabga borganimizdan so'ng Xudoyorova Mavjuda va Babayev Arabxon ustozlarimizni yonlariga borib ular bilan ko‘proq tushuncha oldik.Ular bizga u haqida chuqurroq tushuntirib uni qanday yozilish tartibi va qanday ishlatish qoidalarini o‘rgatib berdilar. Keyin bu yillik ish rejasining loyihasini tayyorlashni o‘rgatib berdilar.Biz avvalo, bu ustozlarning yillik rejani ko'rib,tanishib chiqdik.So‘ngra shu asosida ota onalar yillik ish rejasini tuzishni o‘rgandik.O‘qituvchilar bizga buni judayam oson va oddiy qilib tushuntirib berdilar.Bizning bugungi amaliyot kunimiz shu tartibda o‘tdi.Biz juda ko‘p narsani o‘rganib oldik.Shu bilan o‘n to'rtinchi kundagi amaliyotimiz ham tugadi.
Download 216.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling