4-Mavzu: Xo’jalik tuproqlarni bonitirovkalash xaritasi bilan tanishish. Unga berilgan tushuntirish xati va eksplikasiyasi bilan tanishish. Mashg’ulotning maqsadi


Download 15.96 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi15.96 Kb.
#1625305
  1   2
Bog'liq
4 амалий


4-Mavzu: Xo’jalik tuproqlarni bonitirovkalash xaritasi bilan tanishish. Unga berilgan tushuntirish xati va eksplikasiyasi bilan tanishish.


Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga xo’jalik tuproqlarni bonitirovkalash xaritasi bilan tanishish. Unga berilgan tushuntirish xati va eksplikasiyasi bilan tanishishtirish
Mashg’ulotning mazmuni: Tuproq bonitirovkasi ishlarini boshlashdan oldin, tuproq kartalari sifati bilan, hisobotlar, agroximik, meliorativ, erozion kartogrammalar va kartalar bilan tanishib chiqmoq kerak. Tuproq kartalari sifati past bo’lsa, kartogrammalar yetishmasa bonitirovka qilishni boshlamaslik kerak. Har bir kesmaning analitik ma’lumotlari bo’yicha alohida jadvallar to’ldiriladi, bu jadvallar tipografiyada tayyorlanadi. Bunda “hosil bilan bog’liq bo’lgan diagnostik belgilar” jadval grafasiga adabiyotlardan alohida xo’jaliklarning hisobotlaridan quyidagi ma’lumotlar yozib olinadi:
1. Egallangan maydon bilan tuproq tipi va tipchasi.
2. Mexanik tarkibi, ya’ni 0,05-0,01 va <0,001 mm. zarrachalar miqdori, toshliligi (undagi materiallarga ko’ra kuchli, o’rtacha kuchsiz m3ga).
3. Ona jins va uning ostidagi qumoq va loysimon jinslarning genezisi, lessimonligi, qatlamligi, ildiz yetib borgan qatlamning loyqa qatlamning chuqurligi va hakozolar.
4. Gumusli qatlamining qalinligi (A1 va AV) va haydalma qatlam qalinligi.
5. Gumusning miqdori (%) va uning umumiy zaxirasi (t/ga).
6. Madaniylik darajasi (qo’riq, o’zlashtirilgan, kuchli madaniy, o’rtacha madaniy, kam madaniy, yomon, sun’iy va qaytadan tashkil topgan).
7. Eroziyalanish darajasi.
8. Sho’rlanish darajasi.
9. Gleylanish darajasi, gleyli gorizontning va yalpi gleyli gorizontlarning chuqurligi, torf qatlamining qalinligi. Torfning parchalanish darajasi, torf tipi (yuza, o’tkinchi, pastki va boshqalar).
10. Grunt suvlarining chuqurligi, botqoqlarning qurish darajasi, ikkilamchi sho’rlanish bo’lgan rayonlarda grunt suvlarining ximiyasi va mineralizasiya darajasi.
11. Ishqoriylik darajasi va HSl ta’sirida qaynash chuqurligi.
12. Tuzli surimda PH.
13. Ishqoriyligi.
14. RN ning miqdori (umumiy va harakatchan zapas t/ga) hisobida.
15. Singdirilgan asoslar summasi yoki singdirish sig’imi, asoslar bilan to’yinganlik darajasi.
16. Tuproq singdiruvchi sig’imida singdirilgan kationlarning va boshqalarning miqdori.
17. Fizik xossalari: hajm va solishtirma og’irligi, namligi, g’ovakligi, suv o’tkazuvchanlik va b.
Agar xo’jalik tuproq kartasida madaniylik darajasi, eroziyalanish darajasi berilgan bo’lsa kartalar korrektirovkalanadi. Har bir tuproq tipiga alohida kartada variasion statistik metodi bo’yicha o’rtacha nima beriladi va nechta kesmadan olinganligi ko’rsatiladi. Ko’rsatkichlarga matematik ishlov berish kerak,- bular tajribaning aniqligi va variantlar o’rtasidagi farqni ifodalovchi ko’rsatadilar. Har bir tuproqda umumiy va asosiy ekin maydoni ko’rsatiladi, gektarlarda va prosentlarda shu xo’jalikning umumiy maydoniga nisbatan olinadi

Download 15.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling