Iqtisod-moliya
Tехnоlоgiya → mеtоdоlоgiya → mеtоdikа →
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Tехnоlоgiya → mеtоdоlоgiya → mеtоdikа →
mеtоd → usul ketma-ketligida tasvirlash mumkin. 3.2. Dаrs o‘tish mеtоdlаri vа ulаrni tаnlаshning аsоsiy mеzоnlаri. Mа’lumki fаnni o‘rgаnish, bir tоmоndаn, didаktik jihаt, ya’ni nimаni o‘rgаnish аsоsiy rоl o‘ynаsа, ikkinchi tоmоndаn mеtоdik jihаt qаndаy o‘rgаnish, o‘qitish аsоsiy rоl o‘ynаydi. Hozirgi paytda, avval ta’kidlab o‘tganimizdek, dars o‘tishdan asosiy
maqsad tayyor bilimni o‘zlashtirish emas, eng asosiysi, o‘quvchi- talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Bu maqsadni amalga oshirish esa ko‘p jihatdan dars o‘tish metodlarini tanlashga bog‘liq. Har qanday fanni o‘rganishda turli metodlar qo‘llanilishi zarur. Buning sababi , birinchidan , dars o‘tishda turli uslublarni qo‘llash uni
qiziqarli bo‘lishiga olib keladi, talabalarning diqqati o‘tilayotgan darsni o‘zlashtirishga qaratiladi. Bir xil metodda dars o‘tilaverishi talabalarni zeriktiradi. Psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra har qanday mohir o‘qituvchi ham bir xil metodni qo‘llab dars berar ekan, aytaylik, ma’ruza o‘qir ekan, talabalar dastlab 20 daqiqa, so‘ngra darsni tugashidan oldin 20 daqiqa ma’ruzani diqqat bilan eshitar, qolgan paytda xayolga berilib ketar ekan. Ikkinchidan , talabalarning darsni o‘zlashtirish, bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil. G‘apb olimlari tomonidan chop etilgan uslubiy adabiyotlarda 50 bilim berish uslubiga ta’sir etuvchi parametrlarga: a) har bir talabanig individual xususiyatlari; b) axborotni qayta tiklash qobiliyati; d) talabalarni bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi, hamkorlik qilish xislatlarini kiritishadi. Yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi. Uchinchidan, dars o‘tish metodlari talabalarni fikrlash doirasini shakllantirishga yordam beradi. 50 Tojiboeva D., Yo‘ldoshev A. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Darslik. T.: Aloqachi, 2009. B. 87. 90 Shuning uchun ham barcha pedagoglar talabalarga bilim berishning eng samarali yo‘li, dars o‘tishda turli metodlarni qo‘llash zarur degan fikr tarafdori bo‘lib, aynan qaysi metod qaysi kategoriyadagi talabalar uchun qo‘llanilishi ma’qulligi bo‘yicha esa yagona qolip yo‘q, Jahon pedagogikasi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tahliliy fikr yuritadigan talabalardangina muvaffaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar (sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling