Iqtisod-moliya
O‘qitish texnologiyasi va metodikaning asosiy farqlari
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
O‘qitish texnologiyasi va metodikaning asosiy farqlari
Ta’lim texnologiyasi o‘ziga xos jihatlari bilan metodikadan farqlanib: 1) u eng avvalo dars jarayonini bir butun holda konstruktiv qurilishini ifodalaydi, ya’ni u darsning texnologik xaritasida aks ettiriladi. Qoyilgan maqsadga ko‘ra butun dars jarayonida bosqichma- bosqich bajariladigan ishlar loyihalashtiriladi. 2) ta’lim texnologiyasi o‘z ichiga: * o‘quv predmeti, har bir o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha maqsad qo‘yish va uni vazifalar orqali ifodalash (ularning ro‘yxatini ishlab chiqish); * dars o‘tish shakllarini aniqlash; * o‘quv maqsadiga erishish yo‘llarini - metodlarini tanlash, ishlab chiqish; * dars o‘tish vositalarini tanlash; * qo‘yilgan maqsadni topshiriqlarda ifodalash, ya’ni maqsadni amalga oshirish va uni qay darajada bajarilganini nazorat qilish uchun topshiriqlar ishlab chiqish, tayyorlash; * nazoratni amalga oshirish va erishilgan natijani baholash: 88 a) xususiy o‘quv maqsad-vazifalarni qayta ko‘rib chiqish va tuzatishlar kiritish; b) nazorat natijalarini tahlil qilish, muvofiq ravishda tuzatishlar kiritish kabilarni oladi. Ko‘rinib turibdi, metodlar texnologiyaning tarkibiy qismi. Lekin shunga e’tibor qaratish kerakki, o‘qitish metodlari, bu - pedagogik texnologiyaning nerv tomirlari, chunki qo‘yilgan maqsadni qanday amalga oshirish, qanday natijaga erishish aynan qaysi metodni qay tarzda qo‘llash hamda talabalar bilimini nazoratiga bog‘liqdir. Nazorat ham metodga tayanadi. 3) qanday o‘qitish kerak, degan savolga ta’lim texnologiyasida salmoqli qo‘shimcha bilan qanday qilib ko‘zlangan natijaga erishgan holda o‘qitish kerak. O‘quv jarayonini qanday tashkil etish kerak, degan nuqtai nazardan yondashiladi. Bu savollarga javob metodlarni tanlash muvofiq ravishda topshiriqlar ishlab chiqish orqali topiladi. 4) aniq sharoitdan kelib chiqib, taxminiy emas, kafolatlangan, aniq natijaga erishish mo‘ljallangan pedagogik jarayon loyihalashtiriladi va uni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Bu hаm mеtоdlаr yordаmidа аmаlgа оshirilаdi. 5) erishilgan natijani takrorlash mumkinligi bilan farqlanadi, chunki tayyorlangan texnologik xarita asosida ko‘zda tutilgan metodlar, topshiriqlardan boshqa o‘qituvchilar ham foydalana olish imkoniga ega bo‘ladilar. 6) o‘quvchi-talaba, ya’ni shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyada ularning o‘qishdagi muvaffaqiyati o‘z faoliyati evaziga ta’minlanadi, buni ular tezda his qilishadi. 7) o‘qituvchi eksperiment emas, aniq belgilangan natija uchun harakat qiladi. Qo‘yilgan maqsadni yaratilgan sharoit va belgilangan vaqtda amalga oshirishga shubha qoldirmaslikka asoslangan o‘qitish modeliga tayanadi. O‘qituvchining o‘zini ham fikrlash qobiliyatiga va muammolarni yechish ko‘nikmalariga, vaziyatni tezda baholay olish, hozirjavob bo‘lish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Kutiladigan natijaga aniq o‘quv maqsadi qo‘yilib, pedagogik vazifalar belgilanganda va o‘quv jarayonini tashkil etishda zarur sharoit yaratilganda erishiladi. Ta’lim texnologiyasida ishlab chiqarish natijasi, “mahsuloti”, ya’ni ma’lum malakaga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlash uchun o‘rgаnilаdigаn fаn mаvzulаri bo‘yichа mаshg‘ulоt jаrаyonini lоyihаsini ishlаb chiqish ko‘riladigan uslubiy tadbirlar majmuasi, boshqacha qilib 89 aytganda maqsad qo‘yish va unga qanday tarzda erishish ko‘rsatiladi. Uni umumiy tarzda: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling