Iqtisod moliya
Tarqatma materiallardan namunalar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Industrial bosqich xususiyatlari
Tarqatma materiallardan namunalar: 1-tarqatma material I. Industrial bosqich xususiyatlari: • iqtisodiyotning dastlabki sferasi — qishloq xo’jaligi ustun bo’ladi; • aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan band; • asosan qo’l mehnatiga tayanadi; • mehnat taqsimoti nihoyatda past, natural xo’jalik yuritishga asoslanadi; • aholi ehtiyojlari turg’un holatda bo’lgan ishlab chiqarishga xos. Ishlab chiqarishning bu bosqichi hozir ham ayrim Afrika mamlakatlari (Mali, Gvineya) ga xos bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlar mehnat unumi 2 kishini boqishga etadi. II. Industrial bosqich xususiyatlari: • iqtisodiyotda asosiy rolni mashinalashgan sanoat ishlab chiqarishi o’ynaydi; • sanoat boshqa muhim tarmoqlar (qishloq xo’jaligi, qurilish, transport)ni ham qayta qurishga olib keladi; • aholining asosiy qismi industrial tarmoqda band bo’ladi; • mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ro’y berib, ko’plab yangi tarmoqlar vujudga keladi. Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil qilishning murakkab shakli • tovar ishlab chiqarish rivojlanadi; • aholi urbanizatsiya (urbahis — shahar)si ro’y beradi. Aholining asosiy qismi shaharlarda yashay boshlaydi; • ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi turli-tuman ehtiyojlarni qondirish uchun yo’l ochadi. PI Postindustrial bosqich xususiyatlari: • iqtisodiyotning muhim sferasi — xizmat ko’rsatish nihoyatda tez rivojlanadi. Unda ishlovchilarning 50-70% band bo’ladi; • fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi. Fan yutuqlari natijasida ishlab chiqarishda, tabiatda mavjud bo’lmagan mahsulotlar yaratiladi; • xo’jalikning barcha tarmoqlarida va maishiy maqsadlarda informatika va hozirgi zamon hisoblash texnikasi yutuqlaridan keng foydalaniladi. Jismoniy va aqliy mehnatni ham avtomatlashtirish kuchayadi; • korxonalarda ilmiy xodimlar va yuqori malakali mutaxassislarning roli tezlik bilan oshib boradi; • barcha turdagi resurslarni iqtisod qiladigan, mahsulotni yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydigan yuqori texnologiyaga o’tish amalga oshadi; barcha kishilarning eng zarur ehtiyojlarini to’la qondirishni ta’minlash, yuqori darajadagi ehtiyojlarni kengaytirish imkoniyatlariga ega bo’linadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling