Pul muomala vositasi sifatida tovar oldi-sotdisi, xizmat ko’rsatish va boshqa to’lovlar
uchun ishlatiladi. Tikuvchi u bajargan ishi uchun mato bilan haq to’lashlarini xohlamaydi.
Korxona egasi, aytaylik to’qilgan mato uchun non berishlarini xohlamaydi. Pul esa to’lov
vositasi sifatida darrov qabul qilinadi. U har qanday tovar va xizmatlarga ayirboshlanishi
mumkin. U barter (mavoze) almashuvining noqulayliklariga barham beradi.
Qadr-qimmat o’lchovi vositasi yoki qadr-qimmat standarti
sifatida ishlatilishi ham
tubdan o’zgaradi. Jamiyat pulning turli ne’matlar va resurslarning nisbiy qimmatini o’lchash,
taqqoslashda eng qulay vosita hisoblaydi.
Masofani m, km va boshqalarda o’lchaganimizdek, turli ne’matlar va xizmatlarni pulda
o’lchaymiz. Bunda eng asosiysi har bir mahsulotni boshqa bir mahsulot orqali ifodalash
mashaqqatidan qutulamiz.
Pul turli qimmatlarni o’lchovida etalon sifatida foydalaniladi.
Pulning qadr-qimmati
deganda pul birligining xarid qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish
mumkinligini tushuniladi. U narx tarzida yuzaga chiqadi. Lekin bu erda shunday savol tug’iladi,
nima sababdan qog’oz pullarga
hozir har qanday tovar, xoxlasangiz oltin buyumlar sotib
olishingiz mumkin?
Ѓarbdagi iqtisodchilar buni shunday tushuntiradilar. Hozirgi kunda pul sifatida davlat,
banklar va omonat muassasalarining qarz-majburiyatlari muomalada yuradi.
Bu majburiyat pul
funktsiyasini bajarishi, eng avvalo davlat tomonidan qonunlashtirilgan. Naqd pullar – bu qonuniy
to’lov vositasi. Har
bir kishi uni olishga tayyor, chunki biladi, qat’iy ishonadi,
undan ham albatta
boshka kishi xech qanday qarshiliksiz tovari, ko’rsatgan xizmati uchun qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: