Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
tavakkalchilik xatari kelib chiqishiga ham sabab bo’ladi. Tabiiy xavf-xatar doimo
bo’lganidek, noaniqlik bozor iqtisodiyotining doimiy yo’ldoshi ekan, iqtisodiy xavf-xatar ham doimo u yoki bu darajada majud bo’ladi. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan esa uning sub’ektlari faoliyatida noaniqlik, iqtisodiy muhitni o’ortib boradi. Bozor sub’ektlari iqtisodiy erkin faodiyat yuritish imkoniga ega. Dunyoda hamma narsaning to’lovi bo’lganidek, iqtisodiy erkinlik ham shunday to’lovni talab qiladi. Bunday to’lov iqtisodiy xatarni mavjudligi, faoliyat yuritish uchun bozor sub’ektlari iqtisodiy risk qilishga majbur bo’lishlarida ifodalanadi. Bu erda shuni qayd etish kerak-ki, bozor iqtisodiyotida ham to’la erkinlik bo’lishi mumkin emas, chunki faoliyat yuritish uchun boshqa bozor sub’ektlari bilan aloqada bo’lar ekan, ilojsiz ularning ham fikri, manfaati, talabi bilan hisoblashishga majbur. Lekin bozor iqtisodiyotida xo’jalik yuritish uchun etarli darajada erkinlik mavjud bo’ladi. Bu erkinlik esa tavakkalchilik xatari bilan bog’liq. Chunki bozordagi vaziyat doimo ehtimollik xarakteriga ega. Shchuning uchun ham iqtisodiy risk bozor mexanizmining amal qilishidan kelib chiqadi. Risk, tavakkalchilik bu - noaniqlik vaziyatidan o’tib, qo’yilgan maqsad uchun, kutilayotgan natija qanday yakunlanishidan qat’iy nazar, faoliyat boshlashga muqobil variaantlardan birini tanlab qaror qabul qilish va uni amalga oshirishni ifodalaydi. Rejali iqtisodiyotda risk muammosiga etarli ahamiyat berilmagan. Bu termin juda kam ishlatilgan. Xozirgi paytda ko’rib o’tganimizdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida noaniqlik uning yo’ldoshi bo’lar ekan, muvofiq ravishda risk so’zi ham tez-tez ishlatilmoqda. Risk so’zi murakkab ma’noga ega bo’lib, mashhur rus olimi, Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi (1863) V.I. Dalning riskni tadbirkorlik bilan bog’lab, oxiri yaxshilik bilan tugashiga umid bilan tavakkal qilib ish yuritish tarzida talqin qiladi. Tilshunos olim Ojegov S. I. esa yuz berishi mumkin bo’lgan xavf, muvaffaqiyatli natijaga xavf soluvchi xatar sifatida ta’riflaydi. Risk so’zi o’zbek tilida 1) xavf, xavf-xatar, tahlika, qaltis ish; 2) tavakkal, tavakkalchilik tarzida tarjima qilinadi. Birinchisi bo’yicha falokat, halokat, baxtsiz hodisaning yuz berish xavfi ma’nolari ustun darajada bo’lib, ikkinchisida uzoq mulohaza qilib o’ltirmay, nima bo’lsa bo’ldi qabilida ish yuritish,yoki butun umidni xudoga bog’lab, har ish xudodan deb, yaxshilik bilan tugashiga umid qilib, xudoga ishonib ish yuritish ma’nosida qo’llaniladi. Lekin bir so’z bilan natijasi noaniq faoliyat, yaxshilik bilan tugashiga umid qilingan tavakkalchilik, muvaffaqiyatli natijaga xavf soluvchi xatar, zarar keltirishi mumkin bo’dgan faoliyat sifatida aynan zarur tarzda ifodalash imkoniyati bo’lmagan hollarda iqtisodiy adabiyotlarda ifodalanayotgan fikrning ma’nosiga ko’ra o’zbek tilida ham risk so’zi ishlatilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot assimmetriyasi doimo mavjud bo’lar ekan, uning salbiy oqibatlarini oldini olish yoki yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash zarur. Birinchidvn, respublikamizda, ayniqsa viloyatlarda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni axborot bilan ta’minlanishini yaxshilash lozim. Xozirgi paytda axborotlar turli-tuman manbalardan olinadi. Ularning manbalari rasmiy va norasmiy bo’lishi mumkin. Axborotga bo’lgan talabni rasmiy kanallar bilan ta’minlash uchun respublikada, ayniqsa viloyatlarda hali ko’p ishlar qilinishi kerak. Rasmiy axborotlar fond birjalari, tovar, xom ashyo birjalari gazeta, jurnal, radio, telkvidenie, turli maxsus reklama nashrlari, global kompyuter tarmog’i internet, O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasi, O’zbekiston axborotlashtirish va aloqa agentligi chop etadigan maxsus ma’lumotlar to’plami va boshqalardan olish mumkin. Xozirgi kunda ayniqsa internetdan foydalanishga katta ahamiyat berilayapti. Internet tarmog’idan foydalanayotganlar 2003 yili avvalgi yilga nisbatan 2 baravar o’sib, 0,5 mln kishiga etdi. Lekin hali respublikamizda axborot bozori to’la shakllanib ulgurgani yo’q. Shuning uchun tumanlarda xizmat ko’rsatishning shakli sifatida axborot markazlari tashkil qilish kerakki, ular murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan barcha axborot bilan ta’minlash imkoniga ega bo’lsinlar. Ikkinchidan, tavakkalchilik natijasida katta zarar, tang ahvoldan chiqishga yordam olish chorasini ko’rish zarur. Bu tavakkalchilik xatari boshqacha aytganda riskni sug’urtalash orqali amalga oshiriladi. Bu sug’urta turi xo’jalik sub’ektlari qiyin ahvolga tushib qolgan taqdirda ularni zararlarini qoplashga yordam beradi. Shu bilan birga sug’urta faoliyatida yuz beradigan axborot asimmetriyasi davlatni sug’urta faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga aralashuvini taqozo etadi. Uchinchidan, respublikamizda axborot asimmetriyasi tufayli kelib chiqadigan salbiy oqibatlarni kamaytirsh uchun antimonopol, iste’molchilarni huquqini himoya qiluvchi qonunlar qabul qilingan. Lekin olinadigan foyda, nafdan ko’ra transaktsion xarajatlarni yuqoriligi ana shu qonunlar asosida iste’molchilarni o’z huquqlarini himoya qilishga undamaydi. Shuning uchun bu sohada faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining faol aralashuvini talab etadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling