Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

3.Moliyaviy institutlar bozorning, korxonalarning normal faoliyat yuritishini 
ta’minlash uchun pul massasi, moliyaviy resurslar harakatini tartibga soluvchi moliya, kredit 
tashkiloti hisoblanadi. 
4.Davlat, aniqrog’i, davlatning barcha idora, mahkama, tashkilotlari. Ular umumiy 
maqsadga erishish uchun huquqiy va siyosiy hokimiyat orqali xo’jalik sub’ektlari va bozorni 
zarur darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan ham 
shug’ullanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, er, kapital va boshqa 
vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadilar. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillarini 
ishlatib, tovar yaratadilar, xizmat ko’rsatadilar. 
Ularning o’zaro ta’siri quyidagicha: 
Umuman olganda, butun jamiyat a’zolari bir tomondan, ishlab chiqaruvchi (xizmat 
ko’rsatuvchi), ikkinchi tomondan, iste’molchi. Bozorda esa sotuvchi hamda xaridor sifatida 
namoyon bo’ladilar. 


2-§. Bozor iqtisodiyoti umuminsoniy iqtisodiyot 
 
Jamiyat insonlardan tarkib topar ekan, ularning har birini o’z shaxsiy hayoti, hayotdan 
maqsadi, orzusi mavjud. Xar bir kishi jamiyatda yashaganligi tufayli bu orzu-maqsadlarni 
amalga oshirish jamiyat orqali sodir bo’ladi. Pirovard natijada har bir kishining taqdiri jamiyat 
va undagi hukmron sotsial-iqtisodiy tizim bilan bog’liq bo’ladi. 
Xar bir inson farovon yashashga, kishilar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishga, qolaversa 
o’zidan so’ng tarixda nom qoldirishga intiladi. 
Tadqiqotchi-psixologlarning fikricha insoniyatning asosiy qismi farovon yashash uchun 
harakat qilar ekan. Turmush farovon bo’lishi uchun turli-tuman ne’matlar mo’l-ko’l bo’lishi 
kerak. Bunday mo’l-ko’llikni yuqori darajadagi mehnat unumdorligi ta’minlaydi. 
Kishilik jamiyati o’z taraqqiyoti davomida mehnat unumini oshirish uchun insonni 
mehnatga jalb qilishning turli yo’llarini qo’llagan. Ularni asosan 3 guruhga bo’lish mumkin: 
a) mehnatga majbur qilish; 
b) mehnatga iqtisodiy rag’batlantirish; 
v) mehnatga ma’naviy rag’batlantirish. 
Bu usullar birgalikda qo’llanib kelingan, lekin tarixiy rivojlanish bosqichlarida, turli 
sotsial-iqtisodiy tizimlarda ularning nisbati turlicha bo’lgan. 
Inson ongida har doim o’z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon sodir bo’lib 
turadi. U o’z ishining natijasini baholanishini, taqdirlanishini doimo tahlil etadi. Agar mehnatini 
taqdirlanishidan ko’ngli to’lmas ekan, hafsalasi pir bo’ladi, ishga qo’li bormaydi. Xar bir 
insonning mehnat qilishi va mehnati munosib taqdirlanishi jamiyat taraqqiyotida muhim rol 
o’ynaydi. 
Insonning fe’l-atvoriga to’g’ri keladigan mehnatga jalb qilish-ning eng ma’quli mehnatga 
iqtisodiy rag’batlantirish ekan. Bu usulni ustun darajada bozor iqtisodiyoti sharoitidagina keng 
qo’llashga imkoniyat yaratiladi. Mulkning turli-tumanligi va teng-ligi, raqobat kurashi, iqtisodiy 
faoliyat erkinligi buning uchun asos yaratadi. Xar bir insonning hayot tarzi, turmush darajasi, 
eng avvalo uning topgan daromadiga bog’liq. 
Umuman olganda daromad olishning ikki yo’li mavjud: 
1. Mehnat evaziga. 
2. Mulki evaziga. 
Mehnat evaziga olinadigan daromad mehnatni iqtisodiy rag’batlantirish bilan bog’liq. 
Mehnat evaziga daromad topish hozirgi paytda ham asosiy o’rinda turadi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida har bir inson o’z aqli, zakovati, salohiyati, malakasi, qiziqishi, tajribasiga qarab 
xohlagan mehnat faoliyati bilan shug’ullanish imkoniga ega. 
Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi bozor iqtisodiyotining umuminsoniy iqtisodiyot 
ekanligini ko’rsatdi. Chunki, bozor iqtisodiyoti jamiyat a’zolarining asosiy maqsadi farovon 
hayot kechirishni amalga oshirish uchun zarur imkoniyat yaratish bilan boshqa iqtisodiy 
tizimlardan ustun turadi. 
Uning eng muhim afzalligi har bir kishini mehnat unumini oshirish uchun 
rag’batlantiradi. 
«Faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini 
ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira 
oladi, rag’batlantirishni va yo’qotilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklaydi»1. 
Bozor iqtisodiyotida daromad manbalaridan biri mulk hisoblanadi. Mulk egalari o’z 
mulklarini daromad topish maqsadida ishlatar ekan, u o’z navbatida mulkdan asrab-avaylab 
foydalanishga, eng samarali variantlarini topib ishlatishga undaydi. 
Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan biri resurslarni samarali taqsimlanishini 
ta’minlashdir. 
Bozor iqtisodiyoti cheklangan resurslarni taqsimlash va ishlatishda almashuvga asoslanar 
ekan, eng avvalo zarur tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni yuqori darajada samarali bo’lishini 
ta’minlaydi. Kuchli raqobat kurashi sharoitida har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi o’z mavqeini 


saqlab qolishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilar esa bunday sharoitda iloji boricha ko’proq 
harakat qilishadi. Buning asosiy yo’li ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishdir. 
Faqat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli oqilona jihatlarini yaratadi, 
xarajatlarni kamaytiradi, talon-toroj va lapashanglikka qarshi kurashadi1. 
Xarajatlarni pasaytirishga esa mehnat unumdorligini oshirish, fan-texnika yangiliklarini 
ishlab chiqarishga joriy qilish orqali erishiladi. Xar bir ishlab chiqaruvchining resurslarni 
tejashga intilishi, ularni samarali taqsimlanishini ta’minlaydi. 
O’zgarayotgan sharoitga yuqori darajada tezda moslashuvchanlik ham bozorning 
ustunligi hisoblanadi. 
Bozor mexanizmi yuqori darajada samarali tarzda zarur tovarlar ishlab chiqarishi va 
xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yadi. Chunki, jamiyat talabiga mos bo’lmagan tovarlar realizatsiya 
qilinmaydi. Natijada uning egalari sarflangan xarajatlarini qoplay olmaydilar, zarar ko’radilar. 
Ana shu xatar har bir ishlab chiqaruvchini bozordagi talabga tezda moslashishga majbur qiladi. 
Natijada ana shu ishlab chiqarish tarkibi va hajmi talab asosida shakllanadi va unga 
binoan resurslar ham taqsimlanadi. 
«Faqat bozorgina ishlab chiqarishni iste’molchining manfaatlariga bo’ysundirish, 
mahsulotga bo’lgan talabni aniq hisobga olish, kon’yunktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish 
tutish imkoniyatini beradi»2. 
Fan-texnika yutuqlaridan maksimal darajada foydalanish novatsiyaga moyilligi bozor 
iqtisodiyotining yana bir ustunligidir. 
Raqobat kurashi natijada bankrot bo’lmaslik, sinmaslik uchun har bir ishlab chiqaruvchi 
va xizmat ko’rsatuvchi boshqalarga nisbatan kamroq xarajat qilishga, sifatliroq mahsulot ishlab 
chiqarishga, yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga intiladi. Bu 
maqsadlarga erishishda asosiy rolni fan-texnika yangiliklari o’ynaydi. Shuning uchun bozor 
mexanizmi yangiliklar qidirish, ixtirolar qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilishga doimiy 
amal qiluvchi stimul yaratadi. 
«Faqat bozorgina yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so’nggi yutuqlarini 
dadil va g’ayrat bilan joriy etadi, o’z ishining ustasiga, kasb-mahoratiga munosib baho beradi»3. 
Bozor iqtisodiyoti turli-tuman ehtiyojlarni qondirish tovar va xizmatlar sifatini yaxshilash 
imkoniyati kengligi bilan ham ajralib turadi. Bozor iqtisodiyotini yuqorida va boshqa boblarda 
sanab o’tilgan belgilari tovarlar va xizmatlar to’kinchiligini yuzaga keltiradi. Bu o’z navbatida 
xaridorlarni tanlab olish imkoniyatini kengaytiradi. Bozor iqtisodiyotining boshqa boblarda ham 
ko’rilgan ijobiy tomonlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Uni umuminsoniy 
iqtisodiyotga aylantiradi. 
Bozor iqtisodiyoti shubhasiz afzallikka ega, lekin uni har qanday kamchilik va qarama-
qarshiliklardan holi ideal mexanizm deb qarash xato, bozor iqtisodiyotini xolisona baholashdan 
yiroq. Uning o’ziga xos kamchiliklari, zaif tomonlari mavjud: 
1.Bozor iqtisodiyoti qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni muhofaza qilish
atrof-muhitni talab darajasida saqlashni, ekologik muvozanatni ta’minlashni yuzaga 
chiqarmaydi. 
2. Ish bilan va narxlar darajasi stabilligini kafolatlamaydi. 
3.Fanda fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyati cheklanadi. Tezda foyda 
keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat, kelajak uchun muhim bo’lgan tadqiqot, nazariy izlanishlar 
rag’batlantirilmaydi. 
4.Foyda keltirmaydigan yoki zarar keltiradigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin 
sarflangan xarajatlar tezda qoplanmaydigan, katta mablag’lar talab qiladigan, jamoa birgalikda 
foydalanadigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish rag’batlantirilmaydi. 
5.Aholini tabaqalanishini kuchayishiga olib keladi. 
6.Narxlar pariteti (qaychisi) sanoat foydasiga hal bo’ladi. 
Yuksak rivojlangan bozor iqtisodiyotida ana shu kamchiliklarni cheklash uchun davlat 
tomonidan chora-tadbirlar belgilanadi. 


Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining buyuk kuchi shundaki, u kishilar mehnat 
faoliyati aktivligini uzluksiz tarzda ta’minlaydi. Mavjud resurslardan asrab-avaylab 
foydalanishga, novatsiyaga intilishga, har bir ishga qo’l urishdan avval natijasi qanday bo’lishini 
puxta o’ylashga, oqilona tavakkalchilikka undaydi. Natijada uning eng asosiy afzalligi 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling