Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Bozor iqtisodiyoti umuminsoniy iqtisodiyot
3.Moliyaviy institutlar — bozorning, korxonalarning normal faoliyat yuritishini
ta’minlash uchun pul massasi, moliyaviy resurslar harakatini tartibga soluvchi moliya, kredit tashkiloti hisoblanadi. 4.Davlat, aniqrog’i, davlatning barcha idora, mahkama, tashkilotlari. Ular umumiy maqsadga erishish uchun huquqiy va siyosiy hokimiyat orqali xo’jalik sub’ektlari va bozorni zarur darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan ham shug’ullanadi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, er, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadilar. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillarini ishlatib, tovar yaratadilar, xizmat ko’rsatadilar. Ularning o’zaro ta’siri quyidagicha: Umuman olganda, butun jamiyat a’zolari bir tomondan, ishlab chiqaruvchi (xizmat ko’rsatuvchi), ikkinchi tomondan, iste’molchi. Bozorda esa sotuvchi hamda xaridor sifatida namoyon bo’ladilar. 2-§. Bozor iqtisodiyoti umuminsoniy iqtisodiyot Jamiyat insonlardan tarkib topar ekan, ularning har birini o’z shaxsiy hayoti, hayotdan maqsadi, orzusi mavjud. Xar bir kishi jamiyatda yashaganligi tufayli bu orzu-maqsadlarni amalga oshirish jamiyat orqali sodir bo’ladi. Pirovard natijada har bir kishining taqdiri jamiyat va undagi hukmron sotsial-iqtisodiy tizim bilan bog’liq bo’ladi. Xar bir inson farovon yashashga, kishilar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishga, qolaversa o’zidan so’ng tarixda nom qoldirishga intiladi. Tadqiqotchi-psixologlarning fikricha insoniyatning asosiy qismi farovon yashash uchun harakat qilar ekan. Turmush farovon bo’lishi uchun turli-tuman ne’matlar mo’l-ko’l bo’lishi kerak. Bunday mo’l-ko’llikni yuqori darajadagi mehnat unumdorligi ta’minlaydi. Kishilik jamiyati o’z taraqqiyoti davomida mehnat unumini oshirish uchun insonni mehnatga jalb qilishning turli yo’llarini qo’llagan. Ularni asosan 3 guruhga bo’lish mumkin: a) mehnatga majbur qilish; b) mehnatga iqtisodiy rag’batlantirish; v) mehnatga ma’naviy rag’batlantirish. Bu usullar birgalikda qo’llanib kelingan, lekin tarixiy rivojlanish bosqichlarida, turli sotsial-iqtisodiy tizimlarda ularning nisbati turlicha bo’lgan. Inson ongida har doim o’z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon sodir bo’lib turadi. U o’z ishining natijasini baholanishini, taqdirlanishini doimo tahlil etadi. Agar mehnatini taqdirlanishidan ko’ngli to’lmas ekan, hafsalasi pir bo’ladi, ishga qo’li bormaydi. Xar bir insonning mehnat qilishi va mehnati munosib taqdirlanishi jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi. Insonning fe’l-atvoriga to’g’ri keladigan mehnatga jalb qilish-ning eng ma’quli mehnatga iqtisodiy rag’batlantirish ekan. Bu usulni ustun darajada bozor iqtisodiyoti sharoitidagina keng qo’llashga imkoniyat yaratiladi. Mulkning turli-tumanligi va teng-ligi, raqobat kurashi, iqtisodiy faoliyat erkinligi buning uchun asos yaratadi. Xar bir insonning hayot tarzi, turmush darajasi, eng avvalo uning topgan daromadiga bog’liq. Umuman olganda daromad olishning ikki yo’li mavjud: 1. Mehnat evaziga. 2. Mulki evaziga. Mehnat evaziga olinadigan daromad mehnatni iqtisodiy rag’batlantirish bilan bog’liq. Mehnat evaziga daromad topish hozirgi paytda ham asosiy o’rinda turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir inson o’z aqli, zakovati, salohiyati, malakasi, qiziqishi, tajribasiga qarab xohlagan mehnat faoliyati bilan shug’ullanish imkoniga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi bozor iqtisodiyotining umuminsoniy iqtisodiyot ekanligini ko’rsatdi. Chunki, bozor iqtisodiyoti jamiyat a’zolarining asosiy maqsadi farovon hayot kechirishni amalga oshirish uchun zarur imkoniyat yaratish bilan boshqa iqtisodiy tizimlardan ustun turadi. Uning eng muhim afzalligi har bir kishini mehnat unumini oshirish uchun rag’batlantiradi. «Faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag’batlantirishni va yo’qotilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklaydi»1. Bozor iqtisodiyotida daromad manbalaridan biri mulk hisoblanadi. Mulk egalari o’z mulklarini daromad topish maqsadida ishlatar ekan, u o’z navbatida mulkdan asrab-avaylab foydalanishga, eng samarali variantlarini topib ishlatishga undaydi. Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan biri resurslarni samarali taqsimlanishini ta’minlashdir. Bozor iqtisodiyoti cheklangan resurslarni taqsimlash va ishlatishda almashuvga asoslanar ekan, eng avvalo zarur tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni yuqori darajada samarali bo’lishini ta’minlaydi. Kuchli raqobat kurashi sharoitida har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi o’z mavqeini saqlab qolishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilar esa bunday sharoitda iloji boricha ko’proq harakat qilishadi. Buning asosiy yo’li ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishdir. Faqat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli oqilona jihatlarini yaratadi, xarajatlarni kamaytiradi, talon-toroj va lapashanglikka qarshi kurashadi1. Xarajatlarni pasaytirishga esa mehnat unumdorligini oshirish, fan-texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy qilish orqali erishiladi. Xar bir ishlab chiqaruvchining resurslarni tejashga intilishi, ularni samarali taqsimlanishini ta’minlaydi. O’zgarayotgan sharoitga yuqori darajada tezda moslashuvchanlik ham bozorning ustunligi hisoblanadi. Bozor mexanizmi yuqori darajada samarali tarzda zarur tovarlar ishlab chiqarishi va xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yadi. Chunki, jamiyat talabiga mos bo’lmagan tovarlar realizatsiya qilinmaydi. Natijada uning egalari sarflangan xarajatlarini qoplay olmaydilar, zarar ko’radilar. Ana shu xatar har bir ishlab chiqaruvchini bozordagi talabga tezda moslashishga majbur qiladi. Natijada ana shu ishlab chiqarish tarkibi va hajmi talab asosida shakllanadi va unga binoan resurslar ham taqsimlanadi. «Faqat bozorgina ishlab chiqarishni iste’molchining manfaatlariga bo’ysundirish, mahsulotga bo’lgan talabni aniq hisobga olish, kon’yunktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish imkoniyatini beradi»2. Fan-texnika yutuqlaridan maksimal darajada foydalanish novatsiyaga moyilligi bozor iqtisodiyotining yana bir ustunligidir. Raqobat kurashi natijada bankrot bo’lmaslik, sinmaslik uchun har bir ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi boshqalarga nisbatan kamroq xarajat qilishga, sifatliroq mahsulot ishlab chiqarishga, yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga intiladi. Bu maqsadlarga erishishda asosiy rolni fan-texnika yangiliklari o’ynaydi. Shuning uchun bozor mexanizmi yangiliklar qidirish, ixtirolar qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilishga doimiy amal qiluvchi stimul yaratadi. «Faqat bozorgina yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so’nggi yutuqlarini dadil va g’ayrat bilan joriy etadi, o’z ishining ustasiga, kasb-mahoratiga munosib baho beradi»3. Bozor iqtisodiyoti turli-tuman ehtiyojlarni qondirish tovar va xizmatlar sifatini yaxshilash imkoniyati kengligi bilan ham ajralib turadi. Bozor iqtisodiyotini yuqorida va boshqa boblarda sanab o’tilgan belgilari tovarlar va xizmatlar to’kinchiligini yuzaga keltiradi. Bu o’z navbatida xaridorlarni tanlab olish imkoniyatini kengaytiradi. Bozor iqtisodiyotining boshqa boblarda ham ko’rilgan ijobiy tomonlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Uni umuminsoniy iqtisodiyotga aylantiradi. Bozor iqtisodiyoti shubhasiz afzallikka ega, lekin uni har qanday kamchilik va qarama- qarshiliklardan holi ideal mexanizm deb qarash xato, bozor iqtisodiyotini xolisona baholashdan yiroq. Uning o’ziga xos kamchiliklari, zaif tomonlari mavjud: 1.Bozor iqtisodiyoti qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni talab darajasida saqlashni, ekologik muvozanatni ta’minlashni yuzaga chiqarmaydi. 2. Ish bilan va narxlar darajasi stabilligini kafolatlamaydi. 3.Fanda fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyati cheklanadi. Tezda foyda keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat, kelajak uchun muhim bo’lgan tadqiqot, nazariy izlanishlar rag’batlantirilmaydi. 4.Foyda keltirmaydigan yoki zarar keltiradigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin sarflangan xarajatlar tezda qoplanmaydigan, katta mablag’lar talab qiladigan, jamoa birgalikda foydalanadigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish rag’batlantirilmaydi. 5.Aholini tabaqalanishini kuchayishiga olib keladi. 6.Narxlar pariteti (qaychisi) sanoat foydasiga hal bo’ladi. Yuksak rivojlangan bozor iqtisodiyotida ana shu kamchiliklarni cheklash uchun davlat tomonidan chora-tadbirlar belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining buyuk kuchi shundaki, u kishilar mehnat faoliyati aktivligini uzluksiz tarzda ta’minlaydi. Mavjud resurslardan asrab-avaylab foydalanishga, novatsiyaga intilishga, har bir ishga qo’l urishdan avval natijasi qanday bo’lishini puxta o’ylashga, oqilona tavakkalchilikka undaydi. Natijada uning eng asosiy afzalligi Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling