Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari
Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari
tadbirkorlar, ishchilar, kapital, qimmatbaho qog’oz
egalari, tijoratchilar, iste’molchilar va hokazolardan iborat.
Bu sub’ektlar teng huquqli bo’lib,
bir-biri bilan maqsadi, hamkorlikka undovchi
manfaatlari, tovar va xizmatlar harakatini tashkil etish shakli va xarakteri jihatidan bog’langan.
Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari iqtisodiy adabiyotlarda to’rt guruhga bo’linadi:
uy xo’jaligi, firma (korxona),
moliyaviy institut va
davlat (hukumat).
1.Uy xo’jaligi. Uning tarkibi bir yoki bir necha kishidan iborat iqtisodiy birlik —
oiladan
iborat.
Uy xo’jaligi:
a) ishlab chiqarishni mehnat resurslari bilan ta’minlaydi;
b) mustaqil qarorlar qabul qiladi;
v) ishlab chiqarish omillarining: kapital, er, mehnat, tadbirkorlikning egasi hisoblanadi;
g) o’z xo’jaligi ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi.
2.Korxonalar (xo’jalik, firmalar) iqtisodiy faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari bo’lib:
a) ishlab chiqarish omillaridan biron-bir mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish
maqsadida
foydalanadilar;
b) maksimal darajada foyda olishga harakat qiladilar;
v) mustaqil ish yuritadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: