Iqtisod moliya
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Takrorlash va munozara uchun savollar
1. Etuklik darajasiga ko’ra bozor iqtisodiyoti qanday bosqichlarga bo’linadi va ular qanday jihatlari bilan farqlanadi? 2. Bozor iqtisodiyotining modeli va asosiy belgilarini ko’rsating. 3. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti va sub’ekti deganda nimani tushuniladi? 4. Qiymat nazariyasi va me’yoriy naflilik nazariyasining bosh maqsadi nima? Xar ikki nazariya tovar qiymatini o’lchashni qanday uddaladi? 5. Bozor iqtisodiyoti qanday afzalliklarga ega? 6. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari nimalardan iborat? 7. Nima sababdan bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot deb tan olindi? Masala va mashqlar 1. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotda barcha ishlar yuqoridan beriladigan buyruq bilan amalga oshiriladi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishini quyidagi masala yordamida ko’rib chiqamiz. Shaharda bo’yi 64 m va eni 64 m avtomobil to’xtash joyi bor. Mamlakatda 3 xil avtomobil bo’lib, engil avtomobil eni 2 m va bo’yi 4 m joy egallasin. O’rtacha avtomobillar esa eni 3 m va bo’yi 6 m, katta avtomobillar eni 4 m va bo’yi 8 m li joyni egallasin deylik. Mashinasini to’xtash joyiga qo’ymoqchi bo’lgan uchala turdagi avtomobil shofyorlari juda ko’p. Aytaylik, a) avtomobil to’xtash joyini eng qisqa muddat davomida to’ldirishi zarur degan buyruq olindi. U xolda avtomobillar qanday tarzda joylashtirilgan bo’lardi? Nima sababdan, izohlang. b) avtomobil to’xtash joyiga eng ko’p mashina sig’dirishiga ko’ra musobaqa g’olibiga mukofot beriladi degan buyruq olindi. Unday buyruq nimaga olib keladi, izoxlang. v) barcha avtomobil turlari teng miqdorda joylashtirilsin, degan buyruq olindi. U xolda nechtadan avtomobil sig’ishi mumkin, izoxlang. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu masala qanday hal etilgan bo’lar edi? Fikringizni bildiring. 2. Korxonada har bir kattalar paltosini tikish uchun moddiy xarajatlar 70 ming so’mni tashkil qiladi. Agarda yoqasiga mo’yna o’rnatilsa 140 ming so’mga etadi. Bolalar paltosi uchun esa 30 ming so’m xarajat qilinadi. Mexnat sarfi bir xil bo’lib, o’rtacha 30 ming so’mga to’g’ri keladi. Agar har bir paltodan olinadigan foyda xarajatlarga nisbatan 10% ni tashkil qilsa, korxona rejani tezda bajarish uchun qanday palto va qancha tikkan bo’lar edi. Korxona quvvati kuniga 50 ta paltoga teng. Ish kuni 24 kun va bir smenali deb hisoblang. 1. Agar mo’yna yoqali, oddiy yoqali va bolalar paltolariga talab teng desak, talab bo’yicha palto tikkanda korxona rejani necha foizga bajargan bo’lar edi? 2. Qanday paltolarni tikish bilan korxona rejani bajarishi mumkin? a) U qanday oqibatga olib keladi? b) Bozor iqtisodiyotida bu masala qanday hal etiladi? 3. Ishlatilgan kompyuterlar bozorida ikki guruh sotuvchilar mavjud. Bir guruh sotuvchilar kam ishlatilgan, hali ancha-muncha foydalansa bo’ladigan, texnik jihatdan yaxshi kompyuterlar bilan savdo qilishadi. Sotuvchilar ularni 400 ming so’mdan kamiga berishmaydi. Potentsial xaridorlar esa 450 ming so’mgacha to’lashga tayyor. Ikkinchi guruh sotuvchilar o’z resursini deyarli to’la ishlatib bo’lgan kompyuterlarni sotishadi. Ular 150 ming so’mdan yuqori har qanday narxga sotishga tayyor. Iste’molchilar bunday kompyuterlarga 180 ming so’mdan ortiq pul to’lashmaydi. Axborot asimmetriyasi tufayli bozorda kompyuterlarni sotish bahosi qancha bo’ladi? U qanday oqibatlarga olib keladi? 4. Siz «Panasonic» firma magazinidan videomagnitafonni 500 ming so’mga sotib olishingiz mumkin. Xuddi shunday magnitafonni «Ippodrom» bozoridagi audio-video texnika rastasidan 400 ming so’mga olishingiz mumkin. Boshqa sharoitlar teng. Bu farqni sababi nimada deb o’ylaysiz? T/N 1. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi sotsialistikdoktrinaga asoslangan bo’lib, uning o’ziga tortadigan jixati kishilik jamiyatini doimo diqqatini qaratgan 2 muammoni echishni zimmasiga olishi bo’lib, bu a) notinchlikni yo’q qilish; b) jamiyat xayot iva xar bir kishini xayotini jamiyatning yuqori organlari tomonidan tartibga solish iqtisodiyot va jamiyatni boshqasferalarini ratsional va ilmiy boshqarish orqali insonni baxtiyor yashashni ta’minlash. 2. Ma’muriy buyruqbozlikka tayangan sotsializm kishi o’ziga tortadigan g’oyani ilgari surishga qaramay, inqirozga yuz tutdi. XX asr tarixida markaziy o’rinni real sotsialistik jamiyatni vujudga kelish, rivojlanish, inqiroz egallaydi. 3. Ma’muriy buyruqbozlikka tayangan sotsializni inqirozga uchrashiga sabab, uning xususiy mulkni, bozorni, raqobatni tan olish, jamiyatni demokratiyalashuvi printsiplariga amal qilish bo’ldi. 4.Markazdan rejalashtirishga asoslang. Xo’jalik yuritish sotsializmiga, balanslashmizimi, muvozanat uzilgani, hayot kechirish pastligioxirgi o’n yillikda bo’lsa fan – texnika taraqqiyotini qabul qilmasligi Bilan ajralib turgan. 5.Bozor iqtisodiyoti hozirgi davrga qadar o’z rivojlanishida bosqichlarni bosib o’tdi. 6.Bozor (aralash) iqtisodiyot mukammal iqtisodiyot bo’lgani uchun ham umuminsoniy iqtisodiyot deb ataladi. 7. Bozor iqtisodiyotida erkin iqtisodiy faoliyat yuritishining asosini mulkning turli – tumanligi va uning xususiy jixatdan bir xolda muxofaza qilinishdir. 8.Bozor iqtisodiyotining zaif tomonlarini davlatning ko’rgan chora tadbirlariorqali yo’qotiladi. 9.Iqtisodiy nazariyada odamlarni tavakkalchilik xatariga munosabatlarini xisobga olib, uch guruxga: tavakkalchilikka kontrol, tavakkalchilikka o’ch, ishqivoz; tavakkalchilikni yoqtirmaydigan yoki unga qarashlarga bo’linadi. 10. Odiljon uyining yonidagi magazindan 70 ming so’mga kostyum – shim olmay, bozorga borib kelish uchun 1000 so’m sarflab, bozordan xudi shunday kostyum – shimni 68 ming so’mga sotib oldi. U to’g’ri qildi. Bunda sanoq nuqtasi effekti hech qanday rol o’ynamaydi. 11.Bozorda “Nobop tanlov”ni yuz berishidan manfaatdor shaxslar axborotni asimmetrik tarqalishiga harakat qilishadi. 12. Bozor iqtisodiyotida olib – sotarlik va chayqovchilik bo’lmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling