Iqtisod moliya
vaziyatga bog’lik holda yuz beradi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Xaqiqatdan ham shunday.
vaziyatga bog’lik holda yuz beradi. Masalan, siz «O’zavtotranstexnika» OAJ aktsiyalari
kelajakda qimmatlashadi deb, 1050 so’mdan 630 dona aktsiya sotib olish uchun 15 iyul 2004 yili bir yilga kontrakt tuzdingiz. Sizga birja vositachisi ko’rsatilgan muddatga qadar aktsiyalarni shu narxda sotishi kerak. Siz agar bozorda aktsiya narxlari oshsa sotib olib, bozordagi shu kungi real bahoda sotib foyda olasiz. Aksincha bo’lsa siz o’z huquqingizni realizatsiya qilmaysiz. Lekin shartnoma tuzgandagi vositachiga gonorar sifatida bergan pulingizdan ayrilasiz. Optsion kontrakti fyuchers kontraktiga nisbatan kamrok xatarli, sababi, yo’qotadigan mablag’ faqat vositachining gonorari miqyosida bo’ladi. Bu jihatdan uni ma’lum bir darajada sug’urta elementi deb ko’rish mumkin. Muddatli kontraktlar( fyuchers, optsion )ni xedjirlash orqali oldi-sotti jarayonida baholarni o’zgarishidan sug’urtalash amalga oshiriladi. Investorning moliyaviy aktivlari qimmatini maksimal darajada saqlab qolish yoki sotishiga bir yoki bir necha muddatli kontraktlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Masalan, xedjer biron bir aktiv, aytaylik uni qiziktirgan “Toshkent otchopari” OAJ ning aktsiyalarini bahosini tushishidan qo’rqadi. Uni bir aktsiyani 2,8 dollar bahosi qoniqtiradi. U aktivlarini qiymati uch oydan keyin ham pasayishini hohlamaydi. Buning uchun u qarama-qarshi 2 fyuchers shartnomalari tuzadi. Bitta shartnoma aktsiyalarni 3 oydan so’ng 3 dollardan sotishga, ikkinchisi sotib olishga. Uch oydan keyin aktsiya 3,2 dollar bo’lsin. U 3 dollardan sotib olib yutadi, sotib yutqazadi. Natijada unda yutuq ham foyda ham yo’q. Agar narx tushsa ham xuddi shunday tarzda ham yutadi, ham yutkazadi. Shunday tarzda optsion kontraktlarni xam xedjirlash amalga oshiriladi. Xedjirlashda tavakkalchilik xatari yo’qolmaydi, lekin unda xatarga yo’l qo’yuvchilar o’zgaradi. Ishlab chiqaruvchi xatarni birja chayqovchisi zimmasiga yuklaydi. Chunki u risk qilishni yoqtirmaydi. Chayqovchi esa tavakkalchilik xatarini o’z zimmasiga oladi. Sababi u risk qilish ishqibozi. Chayqovchilik yuzaki qaraganda osongina boyish yo’li. Lekin u moliya bozorida o’ziga xos vazifani bajaradi: 1.Qimmatli qog’ozlar bilan chayqovchilik potentsial xaridorlarni ularga qiziqishini kuchaytiradi. Xaridorlarning bo’sh pul mablag’larini jalb etadi. 2.Chayqovchilik qimmatli qog’ozlarni likvidligini ta’minlaydi va saqlaydi, bu o’z navbatida investorlarni o’ziga jalb etadi. 3.Qimmatli qog’ozlar kursini barqarorlashtirishga ta’sir etadi. Ya’ni ko’pchilik olayotganda sotadi, sotayotganda oladi. Qog’ozlar kursini qattiq o’zgarishi ko’proq chayqovchilik operatsiyalariga xos. Shu bilan birga shuni qayd etish kerakki, mamlakat iqtisodiyoti uchun u katta zarar etkazishi mumkin. Shuning uchun maxsus komitetlar va birjalar tashkil etilib, davlat tomonidan ta’sir ko’rsatiladi. «Chayqovchilik» so’zi juda ko’p hollarda salbiy ma’noda ishlatiladi.» Chayqovchi» deganda ko’z o’ngimizga doimo odamlarni turli yo’llar bilan aldashga urinuvchi uddaburon kishini keltiramiz. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida «chayqovchi» emas, «vositachi», «menejer» bo’ladi degan fikrdagilar ham talaygina. Lekin biz ularni qanday atamaylik, yuritayotgan faoliyati, qo’ygan maqsadi tom ma’nosi bilan chayqovchilik. Xamma narsani o’z nomi bilan aytgan ma’qul. Albatta jamiyatni qoralovchi fikri to’g’ri, lekin u qachonki norasmiy, noqonuniy bo’lsa. Masalan, inqirozga yuz tutgan AKShlik yirik chayqovchilar: eng yirik birja firmalaridan birining baland martabali menejerlari A. Boyski va M. Millekenlar nomi butun dunyoga taraldi. M. Milleken past darajadagi aktsiyalar junk fonds ixtirochisi, qaysiki ular yordamida kompaniyalarni qo’shilishi va birini ikkinchisi tomonidan «yutilishi» amalga oshirilgan. Uning uchun u noinsoflikda ayblangan, A. Boyski bo’lsa, «sinish, yutilish,» arafasida turgan korporatsiyalarning aktsiyalari bilan chayqovchilik qilgan Umuman olganda chayqovchilik nafaqat qimmatli kog’ozlar bilan (ular bilan ko’prok) balki hamma sohada, qaerda imkoniyat bo’lsa shu erda bo’ladi. Noqonuniy, nolegal chayqovchilik, yolgon axborot tarqatish, noqonuniy bitimlar tuzish kabilarda ifodalanadi. Davlat shuning uchun bunday hodisalarga qarshi chora–tadbirlar ko’radi, qonun-qoidalar qabul qiladi. Bordi-yu davlat bozorda qayd qilingan narxlar o’rnatsa chayqovchilik yashirin tus oladi. Chayqovchilik taqchil tovar oldi-sottisi tufayli yuz berib, disbalansni chuqurlashuvini keltirib chiqarishi mumkin. Lekin normal, legal chayqovchilik bozor iqtisodiyotini rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Buning birinchi ijobiy tomoni tavakkalchilik xatarini sug’urta qilish xaqida to’xtaganda ko’rdik. Chayqovchilik xedjerlash operatsiyalari yordamida bozorning boshqa qatnashchilarini o’zini himoyalash, sug’urta qilish imkonini beradi. Ikkinchi muhim funktsiyasi bozordagi hukmron tendentsiya haqida axborotlar berish. Bunday qarasak chayqovchilik axborot tarqatish manfaatlariga zid. Xaqiqatdan ham shunday. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling