4-§. Bozor iktisodiyotida chayqovchilik
Bozor iqtisodiyotiga xos axborot assimetriyasi noaniqlik u o’z navbatida olib-sotarlik va
chayqovchilik mavjudligiga sabab bo’ladi.
Olib-sotarlik – bu shunday faoliyatki, maqsad biron-bir
tovarni bir bozordan olib
boshqasida yoki bozorning boshqa sigmentida nisbatan yuqori narx bilan sotish orqali foyda
olishdir. Olib sotarlik bozorda muvozanat yo’qligi, talab va taklif o’rtasida disbalans sharoitida
yuz berishi mumkin. Iqtisodiy
faoliyatning bu turi rangli metallar, qimmatli qogozlar, qishloq
xo’jaligi mahsulotlari bozorida eng ko’p yuz beradi. Olib-sotarlik hududiy miqyosida baholarni
farqi tufayli kelib chiqadi.
Olib sotarlikdan farqli ravishda chayqovchilik bir tovarni sotib olib shu bozorni o’zida
ma’lum vaqtdan so’ng yuqori bahoda
sotib foyda olishni bildiradi, ya’ni chayqovchilik baholarni
vaqt oralig’idagi farqiga asoslanadi. Olib sotarlik va chayqovchilik bilan shugullanadiganlar
tavakkalchilik xatarini bila turib riskka borishadi. Real hayotda har
ikki faoliyat birlashib,
ko’pincha umumiy nom “chayqovchilik” deb ataladi. Chayqovchilik faoliyatini tahlil qilganda
muhim ahamiyatga ega uch usuliga e’tibor qaratiladi.
Birinchi usul – bu tovarni sotib olish,
uni saqlash, ma’lum bir vaqtdan so’ng sotish.
Chayqovchi tovarni sotib olar ekan, uni ma’lum bir vaqtdan so’ng narxini ko’tarilishini taxmin
qiladi. Agar narx ko’tarilmasa u zarar ko’radi.
Ikkinchi usul - fyuchers kontraktlari tuzish. Bunda kelgusida
bitim tuzilgan kundagi narx
bo’yicha oldi-sotdi qilish majburiyati ko’zda tutiladi.Tovar etkazib berilgan muddatdagi narxga
ko’ra broker yoki xaridor foyda ko’rishi mumkin.Qimmatli qogozlarda ham xuddi shunday.
Uchinchi usul - optsion kontraktlari tuzish. Optsion shunday kontraktki – unga asoslanib,
investor kelajakda ma’lum miqdorda tovarni shu kungi baho bo’yicha
sotib olish huquqini sotib
oladi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki, u o’z xuquqini amalga oshirishi
yoki yo’qligi
Do'stlaringiz bilan baham: