Iqtisod moliya


Lekin axborotni ular o’z hohish-istaklaridan qat’iy nazar tarqatishadi. Biron-bir resursga


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Lekin axborotni ular o’z hohish-istaklaridan qat’iy nazar tarqatishadi. Biron-bir resursga 
baholar o’sishini kutgan holda uni qazib chiqaradigan kompaniyalar aktsiyalarini sotib 
olishni boshlashadi. Aktsiyalarni ko’plab sotib olinishi uning narxini o’sishiga olib keladi. 
Baho hamma uchun axborot manbasi. Jamiyat miqyosida mazkur resursning 
qimmatlashuvi kutiladi. Endi axborot hamma uchun ochiq.
Chayqovchilikning yana bir funktsiyasi-konservatsiya qilish, yoki taqchil resurslarni 
(masalan foydali qazilmalarni) ishlatishni kamaytirish. Chayqovchi taqchillikni kutib, resursni 
sotib oladi, uni qazib chiqarishni vaqtincha to’xtatib qo’yadi. Maqsad resursni keyinchalik baxo 
ko’tarilganda sotadi. Resurs kam bo’lganda baho ko’tariladi. Bu signal boshqalar tomonidan ham 
qabul qilinadi va yoppasiga shu taiiy resursni qazib chiqarish qisqartiriladi. Resurs qimmat 
bo’lgach undan tejab-tergab foydalanish yo’llari qidiriladi. Albatta chayqovchilar ham xato 
qilishadi. Ularni vaziyatni noto’g’ri baholashi noto’g’ri axborot tarqatishiga olib kelib, boshqa 
iqtisodiy ob’ektlarni ham adashtiradi. Lekin oxir-okibat ular yutqazadilar, bozorni tark 
etadilarJamiyat uchun xaqiqiy foydali funktsiyalarni bajaradigan chayqovchilargina qolishadi.
Respublikamizda metallar bilan savdo qilish davlat monopoliyasida. Qimmatli qog’ozlar 
bozori endi rivojlanib borayapti. Shuning uchun hali bu bozorda chayqovchilik keng ma’noda 
avj olganicha yo’q. Lekin ilgaridan iste’mol mollari bilan chayqovchilik mavjud bo’lgan. 


Ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan. Lekin chayqovchilik tavakkalchilik xatari yuqori 
faoliyat. U faqat foyda emas, katta zarar ko’rishi ham mumkin. Respublikamizda bu faoliyat 
bilan asosan dehqon bozorida shug’ullanuvchilar o’z faoliyatlari bilan ishlab chiqaruvchilarga 
yordam berishadi deyish mumkin.
Shunday qilib, tarixiy tajriba shuni ko’rsatdiki, bozor iqtisodiyoti so’zsiz afzallikka ega, 
lekmn kamchiliklardan ham xoli emas. Ammo bu kamchiliklarni davlatning funktsiyalari 
yordamida bartaraf qilish yoki minimal darajaga keltirish mumkin.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling