Iqtisod moliya
bozorning to’kinligini ta’minlashi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotni asimmetrik tarqalishi deganda bozorda qatnashuvchi sub’ektlarning axborot olishdagi teng imkoniyatini buzilishi, shu axborotdan manfaatdor ayrim
- «nobop tanlov
bozorning to’kinligini ta’minlashi namoyon bo’ladi.
3-§. Noaniqlik bozor iqtisodiyotining yo’ldoshi Bozor iqtisodiyotini nazariy jihatdan o’rganar ekanmiz, biz uni shartli ravishdagi abstrakt modelini yaratamiz. Jumladan bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot simmetrik tarzda taqsimlanadi, ya’ni bozorda qatnashuvchi sub’ektlarning barchasi axborot olishda teng imkoniyatga ega. Noaniqlik yo’q, shuning uchun resurslar va mablag’lar eng samarali tarzda ishlatiladi deymiz. Lekin real hayotda mukammal raqobat modeli buziladi, axborotni asimmitrik tarqalishi yuz beradi. Axborotni asimmetrik tarqalishi deganda bozorda qatnashuvchi sub’ektlarning axborot olishdagi teng imkoniyatini buzilishi, shu axborotdan manfaatdor ayrim sub’ektlarning boshqalarga nisbatan ustun mavqega ega bo’lishlari tushuniladi. Axborotni asimmetrik tarqalishining ob’ektiv asoslari mavjud: 1. Bozor aloqalarida o’z mulki doirasida iqtisodiy alohidalashgan, o’z manfaatiga ega xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qatnashadilar. Ular tabiiy zarar ko’rib, mulklaridan ajrab qolmaslik uchun harakat qilishadi. O’z-o’zini saqlash instinkti odamga tabiatan berilgan. Uni hech Kim, xech qanday cheklovlvr yo’q qila olmaydi. Yashash uchun kurash raqobatda engilmaslikka undaydi. Buning uchun esa ko’proq foyda olish zarur. 2. Insonning ehtiyojlari cheksiz. Extiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan ne’matlarni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar esa cheklangan. Inson yana o’z manfaatidan kelib chiqib, ko’proq ne’matlarga ega bo’lgisi keladi. Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida insonnning jamiyatdagi o’rni, mavqei, obro’si, imkoniyatlari ko’p jihatdan mulkchilik nuqtai nazaridan nazaridan baholanar ekan, o’z-o’zidan kishilar o’z mulklarini yo’qotmaslik, iloji boricha ko’paytirish harakatida bo’lishlariga olib keladi. Bu maqsadlarni qay darajada amalga oshishi esa ko’p jihatdan axborotga ega bo’lishga bog’liq. Shuning uchun har bir kishi iloji boricha axborotga boshqalarga qaraganda avvalroq ega bo’lish., olgan axborotini sir saqlashga, undan imkoni boricha o’z manfaatini ko’zlab foydalanishga intiladi. Mana shu harakat axborotni assimetrik tarqalishiga olib keladi. Axborotni assimetrik tarqalishi tufayli noaniqlik – yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar haqida axborot etishmovchiligi yuz beradi. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiyotdagi noaniqlik xaqida turlicha qarashlar mavjud. Bir gurux neoklassik yo’nalishdagi iqtisodchilar fikricha, noaniqlik iqtisodiy sub’ektlarga ratsional tarzda tanlash, qaror qabul qilishga to’siq bo’ladi. Resurslardan samarali foydalanishga yo’l bermaydi. Ikkinchi gurux iqtisodchilar fikricha esa aksincha bozorning qudrati ham shundaki, axborotni dastlab tor doiradagi kishilargagina nasib qilishi undan to’g’ri foydalana bilishni o’rganishda namoyon bo’ladi. Ana shunday qarash tarafdorlaridan F.A. Xayek fikricha foyda, naf faqat shunday, axborotga xamma ham birday ega bo’lmagan holatdagina vujudga keladi. 1 Boshqalar xam to shu axborotga ega bo’lgunga qadar foyda olish imkoniga ega bo’ladi. Xar ikki guruh iqtisodchilar fikrida ham jon bor. Bozordagi noaniqlik, axborotni assimetrik tarqalishi bu bozor (bozor iqtisodiyoti)ning kamchiliklaridan biri. Ana shu kamchilik nima bilan bog’liq? degan savol tug’iladi. Birinchilan, zarur axborotga ega bo’lganlar, boshqalarga qaraganda ustun mavqega, qo’shimcha naf, foyda olish imkoniga ega bo’ladilar. Shuning uchun ham hozirgi paytda N. Vinerning «Kimki axborotga ega bo’lsa, dunyoni tebratadi», degan iborasi mashhur bo’lib, tez- tez ishlatilmoqda. Ikkinchidan, axborot asimmetriyasi tufayli internal (ichki) effekt, ya’ni shartnoma qatnashchilari tomonidan tuzilgan bitimlarda aks etmagan olinadigan foyda yoki xarajatlar yuzaga keladi. Unga ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan, iste’molchi tovar sotib oldi, 1 Xayek F. Pagubnaya samonadeyannost. M. «Novosti» 1992, s. 156-157 2 Transaktsion xarajatlar-umumiy tarzda shartnoma, bitimlar tuzish uchun sarflanadigan vaqt, mehnat, vositalar uchun xarajatlardir. lekin u sifatsiz ekan. Repititor ingliz tilini ikki oyda o’rgataman deb, xizmat xaqqini oldi, lekin va’dasini ustidan chiqmadi, Ishga yollovchi o’z malakasini o’zi mustaqil oshirgan ishchini ishi natijasidan bahramand bo’layapti, lekin unga ish xaqqini oshirgani yo’q. Misollardan ko’rinib turibdiki, bitim shartlari buzulmoqda, yoki ular bitimda aks etmagan. Ana shu internal effektni vujudga kelishiga sabab nima? Nima sababdan odamlar aldanishgani yoki iste’molchilik huquqi buzilganini bilgach, aybdorni jazolashga xarakat qilishmaydi? Xamma gap shundaki, buning uchun ham axborot kerak. 100% axborot to’plash uchun transaktsion 2 xarajatlar juda yuqori bo’lishi mumkin. Olingan naf, ko’rilgan foyda esa bu xarajatlarni qoplay olmaydi. Sotib olinayotgan tovarni sifatini oldindan qanday bilishimiz mumkin? Sifat sertifikatini oldindan so’rash mumkin. Agar sertifikat noqonuniy yo’l bilan olingan bo’lib, qalbaki bo’lsa- chi? Tovarni ishlab chiqargan firmaga telefon qilib yoki xat bilan murojaat qilish, iste’molchi xuquqini buzgani uchun sudga murojaat qilishi va boshqa yo’llarni tanlash mumkin. Lekin bunday tadbirlar uchun sarflangan vaqtga olingan natija arzimasligi mumkin, ya’ni vaqt nisbatan yuqori muqobil qiymatga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun odamlar ko’pincha aldanishganini bilishsa ham indamay qo’yaqolishadi. Xar birimiz «Olgan puling osh bo’lmasin» yoki «Egin, ichgin, to’ymagin!» deya noroziligimizni bildirib qo’ya qolamiz. Shunday qilib, axborot asimmetrikligi tufayli bozor mexanizmini amal qilish printsipi buziladi. Sababi, narx haqidagi signal real ahvolni ifodalamay qo’yadi, real vaziyatni ko’rsatmaydi. Klassik misol tariqasida g’arbda juda ko’p iqtisodiy darsliklarda amerikalik iqtisodchi Jorj Akerlofning ishlatilgan avtomobillar bozoridagi vaziyatni bayon qiluvchi «Limonlar bozori» (1970y) nomli maqolasida keltirilgan holat ko’rsatiladi. Bozorda ishlatilgan, lekin ahvoli yaxshi avtomobillar mavjud. Bunday avtomobillarga xaridor 6000 doll. to’lashga tayyor. Sotuvchi esa 5000 dollardan yuqori har qanday narxga rozi. Lekin bozorda boshqa sotuvchilar deffektli avtomobillar – «limonlar» (amerikaliklar jargonida)ni sotishga xarakat qilishayapti. Ularga xaridorlar 2000 dollardan ortiq pul berishsa bo’ldi. Xaridorlar esa 3000 dollardan ortiq haq to’lamoqchi emas. Agar axborot simmetrik tarzda tarqalganda edi, birinchi guruxlar uchun ham, ikkinchi guruhlar uchun ham bozor, hamda o’z guruhi uchun bozor bahosi amal qilgan bo’lardi. Xamma gap shundaki, simmetriya yo’q. Faqat sotuvchigina o’z mashinasi haqida hamma narsani biladi. Xaridor esa hech narsani bilmaydi. Natijada o’rtacha baho 4500 doll. o’rnatiladi: (6000+3000):2=4500doll. Bunday baho bilan yaxshi mashina egalari o’z mashinalarini sotishmaydi, «Limonlar» esa real bahosidan yuqori narx bilan sotiladi. «Limonlar» bozordan sifatli tovarni siqib chiqarishadi. Bu xolat iqtisodiy nazariyada «nobop tanlov» deb yuritiladi. Aynan ana shunday tanlovni amalga oshishidan manfaatdor shaxslar axborotni assimetrik tarqalishidan manfaatdor. Xuddi shunday holatni sug’urta jarayonida ham ko’rish mumkin. Bunda ham sug’urta qildirayotganlar nimani sug’urta qildirishsa uni holatini boshqalardan yaxshi bilishadi. Sug’urta qildirishda esa har bir sug’urta qildiruvchi o’z manfaatidan kelib chiqib ko’proq sug’urta puli olishni ko’zlaydi. Ikkinchi tomondan, sug’urta qildirganlar ko’pincha sug’urta qilingan ob’ektga nisbatan befarqliklarini kuchaytirishlari mumkin. Masalan, avtomobilini sug’urta qildirganlar endi avvalgidek ehtiyot choralarini ko’rishga urinishmaydi. Sug’urta kompaniyalari ehtiyot choralari ko’rishga rag’batni yo’qolishi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar qilishlariga to’g’ri keladi. Oxir oqibat shunday holat kelib chiqishi mumkin-ki, sug’urta faoliyati xarajatlarni qoplay olmay qoladi. Lekin sug’urta faoliyati jamiyat uchun zarur. Axborot asimmetriyasi doimo mavjud bo’ladi. Chunki bozor iqisodiyoti raqobatga tayanar ekan, raqobatda g’olib chiqish yoki hech bo’lmaganda yutqazmaslik bu insonning tabiat tomonidan berilgan muhim xislati - o’zini saqlash instinkti bilan bog’liq. Bozorda hamma aldanishdan, zarar ko’rishdan qo’rqadi. Sotuvchi mahsulotini iloji boricha qimmatroqqa sotishga, xaridor esa arzonroqqa olishni istaydi. Tovar ishlab chiqaruvchi kelajakda talabni qanday o’zgarishini oldindan sezish, payqashga harakat qilib, tovarga talab yuqorilik paytida ko’proq ishchlab chiqarib yuqori narxga sotish uchun harakat qiladi. Shu bilan birga raqobatchilar ham shunday tovarlarni ishab chiqarayotgan bo’lib, u orqada qolgan bo’lishi o’z tovarlarini arzimagan pulga sotishi mumkin. Raqobatni kimni foydasiga hal bo’lishi aynan axborotni kimni qo’lida bo’lishi va unlan qay darajada mohirlik bilan foydalagishiga bog’liq. Shuning uchun natijasi noaniq. Noaniqlik esa odamlarni o’z iqtisodiy faoliyatlarida tavakkal qilishga majbur qiladi. Uning natijasi ham noaniq. Shunday qilib axborot asimmetriyasi nobop tanlov bilan birga yana bir salbiy oqibat Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling