Iqtisod moliya
Tarqatma materiallardan namunalar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Tarqatma materiallardan namunalar:
1-tarqatma material Bozor iqtisodiyoti afzalliklari va kamchiliklari. • resurslarni samarali taqsimlaydi; • Iqtisodiy erkinlikni ta’minaydi; • Bozorning moslashuvchanligi va safarbarligining yuqoriligi; • Tejamli xo’jalik yuritishni rag’batlantiradi va isrofgarchilikka barxam beradi; • Mulkdan asrab avaylab foydalaniladi; • Fan – texnikalarni tezda joriy qilinishga imkon yaratadi; • Tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rag’batlantiradi; • Raqobat asosiy o’rinda turadi. • Ishlab chiqarish iste’molchi manfaatlariga, xaridor izmiga bo’ysinadi • Daromad topishning cheklanmaganligi KAMChILIKLARI: • Ish bilan va narxlar barqarorligini kafolatlamaydi; • Axolini tabaqalanishini kuchaytiradi; • Fanda fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyatlarini cheklaydi; • Foyda keltirmaydigan yoki zarar keltiradigan ijtimoiy tovar va xizmatlar barqarorlikni yo’qligi va ishlab chiqarishni rag’batlantirmaydi; • Qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni, ekologiyani muhofaza qilishni ta’minlamaydi; • Monopolistik tendentsiya mavjudligi; • Doimo noaniqlik va riskning mavjudligi 2-TARQATMA MATERIAL Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari. Uy xo’jaligi: bir yoki bir necha kishidan iborat oila. U mexnat resurslari etkazib beradi. Boshqa resurslarni egasi xisoblanadi. Yaratilgan maxsulotlar iste’molchisi. Firma, Korxona: iqtisodiy faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari bo’lib, iqtisodiy resurslarni sotib olib, ishlab chiqarish omillariga aylantiradi. Ulardan maxsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishda foydalaniladilar. Foyda olish uchun xarakat qiladilar. Moliyaviy institutlar: bozorning firma (korxona)larning normal faoliyat yuritishini ta’minlaydilar. Moliyaviy institutlar Uy xo’jaligi Firma, korxona Davlat Davlat: uning barcha idora, maxkama va tashkilotlari mamlakatning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun xuquqiy, siyosiy xokimiyat orqali xo’jalik sub’ektlari, bozori zarur darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan xam shug’ullanadilar. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling