Iqtisod moliya


«Yapon modeli»ning asosiy xususiyatlari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

«Yapon modeli»ning asosiy xususiyatlari. 
 — Milliy iqtisodiyotning asosiy yo’nalishlariga davlatning yuqori darajada ta’sir 
ko’rsatishi. Davlat avval tankerlar ishlab chiqarishni, so’ngra avtomobil, 70- yillardan esa 
elektronika va kompyuterlar ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatladi. Bunday yondashuv 
Yaponiyaga 70- yillarning o’rtasidagi chuqur krizislardan xoli bo’lib, iqtisodiyotni dinamik 
tarzda rivojlanishini ta’minladi. 
— 1957 yildan boshlab iqtisodiyotni tanglik holatidan olib chiqish hamda ishlab 
chiqarishda yuqori samaraga erishish strate- 
giyasi aniqlanib, energetikani rivojlantirish rejasi ishlab chiqildi. Kadrlarning intellektual 
salohiyatini oshirishga ahamiyat berildi. Uni amalga oshirishda firmalar ham qatnashdi, lekin 
asosan umumiy jarayonga davlat rahbarlik qildi. Bu investitsiya va undan foydalanish, soliq, 
narx, ish haqi siyosati orqali amalga oshirildi. 
— Ish haqidagi farq uncha katta emas. Firma boshlig’i bilan xodimlar o’rtasida farq 17 
marta atrofida. 
— Model sotsial yo’naltirilgan. Davlat ijtimoiy notenglikka qarshi kurashadi. Aholining 
sotsial huquqlarini himoya qiladi. Ijtimoiy masalalarni hal etishni ma’lum darajada korporatsiya 
va birlashmalar zimmasiga yuklaydi. Aholi jon boshiga yaratilgan YaMM 40,9 ming dollar 
bo’lib, dunyoda 3-o’rinda turadi. 
«Shvedcha model». Uning boshqa modellardan farq qiluvchi xususiyati ijtimoiy 
yo’naltirilgani, mulkdagi notenglikni qisqartirishga qaratilganligidir. Aholining kam 
ta’minlangan qatlami himoya qilinadi. Ishsizlikni kamaytirish chora-tadbirlari ko’riladi. 
Shvetsiyada davlat sektori hissasi yuqori. Yalpi milliy mahsulotda davlat xarajatlari 60% 
atrofida, uning yarmidan ko’pini uy xo’jaligi, korxonalarga dotatsiya tashkil etadi. Xizmatlarning 
ko’pi davlat sektori zimmasida, aksariyati bepul. Davlat narxlarga ham aralashadi. 
Shvetsiya aholi farovonligi jihatidan jahonda etakchi o’rinni egallaydi. 
Davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol 
qatnashadi. Shvetsiya oxirgi 110 yil davomida aholi jon boshiga yiliga o’rtacha 2,5% miqdorida 
yalpi milliy mahsulot o’sishiga erishgan. 
Bu andazaning shakllanishida Shvetsiyaning tarixan iqtisodiy jihatdan yuksak 
rivojlanganligi va mehnatkashlar kasaba tashkilotlarining jamiyatda, ayniqsa ishlab chiqarishda 
katta o’rin tutishi alohida ahamiyatga ega bo’ldi. 


Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaMM 25,7 ming dollarga teng bo’lib, jahonda 14-
o’rinni egallaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling