Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

«Frantsuz modeli». Bu model alohida ajralib turadigan xususiyatga ega emas. U 
«amerikacha» va «nemischa» model o’rtasida bo’lib, davlatning tartibga soluvchilik roli yuqori. 
Frantsiyada 1947 yildan besh yillik indikativ reja tuziladi. 
Xatto iqtisodiyotning xususiy sektori ham umummilliy rejalarga kiritilgan. Lekin ko’p 
ukladli iqtisodiyot xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bu rejada qatnashishi ixtiyoriy. Davlatning 
qo’llab-quvvatlashidan umidvor firmalar, albatta ana shu rejalarni ko’zda tutib, faoliyat 
yuritishga harakat qiladi. 
«Frantsuz modeli»da davlat tadbirkorligi katta o’rin tutadi. Kapital jamg’arilishiga, 
investitsiyaga davlat keng miqyosda aralashadi. Frantsiya aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan 
YaMM mahsulot bo’yicha jahonda 12-o’rinda turadi. Bu 26,3 ming dollarga teng. 
«Nemischa model». Bu model ijtimoiy yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy 
bozor iqtisodiyotining bosh g’oyasi Lyudvig Erxardga (1897—1977) tegishli. U 1949—1963 
yillar davomida Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, 1963—1966 yillarda esa 
Federal kantsler bo’lib ishlagan. 
Dastlab Erxard industrlashtirish rejasini ishlab chiqdi. Unda sanoat mahsulotini 1936 
yilga nisbatan 65%, 1938 yilga nisbatan esa 50—55% ga ko’paytirish rejalashtirilgan. Bundan 
tashqari, pul islohoti, narx-navo islohoti o’tkazish, davlatning iqtisodiyotdagi rolini belgilab, qay 
darajada aralashuvi ko’rsatilgan. 
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti kontseptsiyasi zaminida faqat iqtisodiyotga 
tegishligina emas, balki insonning erkinligi masalalari ham ilgari surilgan. 
Shaxs erkinligi haqidagi fikrlar Germaniya Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan. 
«Nemis modeli» quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
— Iqtisodiyotga davlatning katta ta’siri. Bu ayniqsa, sotsial muammolarni hal etishda 
namoyon bo’ladi. Germaniya o’zining an’anaviy, davlatning ijtimoiy himoya qilishga 
asoslanganligi bilan ajralib turgan. 
— Germaniya birinchilardan bo’lib 70- yillardan boshlab asosiy mikroiqtisodiy 
ko’rsatkichlarni targetlashtirish (rejalashtirish)ga kirishgan. 
— Ijtimoiy sherikchilik tamoyili amalga oshirildi. Korxona- 
da ishlovchilarga mulkka ega bo’lishda qatnashish imkoni yaratildi. 
— «Nemis modeli»da ham «yapon modeli»ga o’xshab hal qiluvchi rol banklarga 
berilgan. Markaziy bankka to’la mustaqillik berilgan. 
— Ish haqi darajasi o’rtasidagi farq ham uncha katta emas. Firma boshlig’i bilan 
xodimlar ish haqi o’rtasidagi farq 23 ga teng. Mehnat ta’tili dunyoda eng uzun — 31 kunni 
tashkil etadi. Shu bilan birga ish haftasi eng qisqa — yillik ish vaqti 1500 soat (AQSh da 1850, 
Yaponiyada 2140 soat). 
— Bandlikning o’sishiga qaratilgan dasturlar ishlab chiqish, ish vaqtining qisqaruvchan 
grafigini qo’llash, boylikni adolatli taqsimlash va boshqalar muhim o’rin tutadi. Aholi jon 
boshiga yaratilgan YaMM 28,9 ming dollar bo’lib, jahonda 7- 
o’rinda tu- 
radi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling