Yol xo’jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish


Download 37.16 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi37.16 Kb.
#1197953
Bog'liq
Yol xo’jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish

Yol xo’jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish


I Kirish.
II Reja:

1. Avtomabil yo’llarining rivojlanishini boshqarishning mohiyati va vazifalari.


2. Yo’l xo’jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish.
3. Yo’l ishlarini rejalashtirish.
III Xulosa.
Kirish
Yo'l xo'jaligi sohasining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuksak ahamiyatga ega ekani uning muhim xususiyati hisoblanadi. Iqtisodiyotning umumiy rivoji, aholi barcha qatlamlarining hayot sifati ayni shu tizimning samarali faoliyat ko'rsatishiga bog'liq.
Mustaqillik yillarida viloyatlar va tumanlarning ma'muriy markazlarini bog'lovchi keng tarmoqli transport aloqalari hamda davlatlararo xavfsiz transport tashuvlarini ta'minlashga qaratilgan yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.
Ayni vaqtda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini boshqarish tizimi, avtomobil yo'llarini saqlash, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo'naltirilayotgan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ana shu yo'llarning bugungi kundagi holati bilan bog'liq bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda.
Mamlakatimizda avtomobil yo'llari tarmog'i bo'yicha yuzaga kelgan haqiqiy holat va rivojlanish darajasi yo'l xo'jaligining barcha yo'nalishlariga doir aniq va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni, avtomobil yo'llarini boshqarishda hamda iqtisodiyot va aholi ehtiyojlariga muvofiq respublikamizda yo'l tarmog'i holatini sifat jihatidan o'zgartirishga qaratilgan qo'shimcha choralar qabul qilishni taqozo etmoqda.
Avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish ishlariga kompleks yondashish asosida yo'l xo'jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, bu borada loyihalashtirish va yo'l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to'laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda tugatilayotgan Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l" DAK) negizida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasini tashkil etish nazarda tutiladi.
Avtomobil yo'llarini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatlarga ega bo'lgan davlat organi sifatida Davlat qo'mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish;
avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish; zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ulardan transportda foydalanish darajasi yuqori bo'lishini ta'minlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sifat standartlariga rioya etilishini ta'minlash; avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish.
Farmonda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo'l-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat olib boradigan Davlat inspeksiyasini tashkil etish nazarda tutilgan.
Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari hisoblanadi:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo'l qurilishi ishlarida, yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
qurilishi tugallangan yo'l obyektlarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha komissiyalar ishida qatnashish;
yo'l qurilishi bo'yicha shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish;
yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish.
Farmonga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysundirilib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
Respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari tushumi va sarf-xarajatlarining yillik va choraklik balanslarini shakllantirish;
yo'l xo'jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va jihozlashning manzilli ro'yxatlarini belgilangan tartibda kelishish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini ro'yxatdan o'tkazish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish.
Keng qamrovli avtomobil yo'llari tarmog'ini yanada rivojlantirish, yuksak xalqaro talablarga javob beradigan transport kommunikatsiyalari tizimining xalqaro transport yo'laklariga keng integratsiyalashuvini ta'minlash, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va saqlashga yo'naltiriladigan davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish, shu bilan birga, yo'l korxonalari tuzilmasini takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorda:
– O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi huzurida Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasini tashkil etish;
– "O'zavtoyo'l" davlat aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yo'llardan foydalanish tashkilotlarini O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining hududiy bosh boshqarmalari etib qayta tashkil etish;
– O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmatini belgilangan tartibda tashkil etish;
– O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etish nazarda tutiladi.
Shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibiga berilmoqda.
Ayni vaqtda qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining holati bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda, ushbu avtomobil yo'llarining aksariyat qismi belgilangan sifat va xavfsiz harakatlanish talablariga javob bermaydi.
Yangi turar joy mavzelarining barpo etilishi, shaharlarning kengaytirilishi, transport vositalari sonining jiddiy ko'payishi mintaqaviy avtomobil yo'llari holatini tubdan yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko'rishni talab qiladi.
Tuman va shaharlarning yo'l tashkilotlari yo'l-ta'mirlash texnikasi, moddiy-xomashyo resurslari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan, har yili ajratilayotgan mablag'lar xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarini zarur darajada saqlash va ta'mirlash ishlarining sifatli bajarilishini ta'minlash uchun yetarli emas.
Shu munosabat bilan mintaqaviy avtomobil yo'llarining yo'l qoplamalari holatini zarur darajaga keltirish va ularni ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirish orqali yo'l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini istiqbolli rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Dasturda quyidagi vazifalar nazarda tutilgan:
2017-2018-yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017-yilda – 2700 kilometr, 2018-yilda – 2754 kilometr xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko'chalarini kapital va joriy ta'mirlash;
xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko'chalarini joriy ta'mirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yo'llarni ta'mirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni 330 ta yo'l texnikasi bilan ta'minlash;
mavjud respublika xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullar ko'chalarini bosqichma-bosqich xatlovdan o'tkazish va ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijalari bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini yaratish.
Shu bilan birga, Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha 295 kilometr, Andijon viloyati bo'yicha – 324 kilometr, Buxoro viloyati bo'yicha – 439 kilometr, Jizzax viloyati bo'yicha – 222 kilometr, Qashqadaryo viloyati bo'yicha – 679 kilometr, Navoiy viloyati bo'yicha – 216 kilometr, Namangan viloyati bo'yicha – 309 kilometr, Samarqand viloyati bo'yicha – 479 kilometr, Surxondaryo viloyati bo'yicha – 535 kilometr, Sirdaryo viloyati bo'yicha – 267 kilometr, Toshkent viloyati bo'yicha – 516 kilometr, Farg'ona viloyati bo'yicha – 520 kilometr, Xorazm viloyati bo'yicha – 321 kilometr va Toshkent shahri bo'yicha – 332 kilometr yo'llar va ko'chalarni ta'mirlash nazarda tutilgan.
Yuqoridagi qarorlarning amalga oshirilishi quyidagi masalalarni hal qilish imkonini beradi:
birinchidan, yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining zamonaviy tarmog'ini yanada rivojlantirish;
ikkinchidan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo'naltirilayotgan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish;
uchinchidan, loyihalashtirish va yo'l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to'laqonli buyurtmachi xizmatini tashkil etish;
to'rtinchidan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo'l qurilishi ishlarida, yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
beshinchidan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish chora-tadbirlarini tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq o'z vaqtida moliyalashtirish;
oltinchidan, avtomobil yo'llarini, ayniqsa, qishloq avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda yangi tuzilma, yashash uchun qulay ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz aholisining turmush darajasini yaxshilash;
ettinchidan, Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti va kasb-hunar kollejlari negizida, jumladan, bevosita ishlab chiqarish korxonalarida, laboratoriyalarda va ilmiy-loyiha tashkilotlarida amaliy mashg'ulotlarni tizimli tashkil etish yo'li bilan ta'lim sifatini oshirishni ta'minlash va umuman, soha uchun professional kadrlarni tayyorlash;
sakkizinchidan, mintaqaviy avtomobil yo'llarini saqlashga tegishli xodim va mutaxassislarni jalb etgan holda, yo'llarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
to'qqizinchidan, avtomobil yo'llarini pasportlashtirish va yo'llarning joriy holatini aks ettirgan holda, elektron ma'lumotlar bazasini yaratish.
Muxtasar qilib aytganda, ushbu vazifalarning amalga oshirilishi iqtisodiyot rivojiga, shahar va qishloqlarimizni yanada obod qilish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Avtomobil yo‘llarining rivojlanishini boshqarishning mohiyati vavazifalari.
Avtomobil transportining kundan – kunga ortib borayotgan talablari asosida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va ularning transport tasarruf ko‘rsatkichlarini oshirib borish asosan «O‘zavtoyo‘l» Davlat aksiyadorlik kompanpiyasi tomonidan tashkil etiladi.

Respublika miqyosida va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari qurilishi, mamlakatdagi yo‘llar va yo‘l inshootlarini ta’mirlash


va yaroqli holatda tutish ham «O‘zavtoyo‘l» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yo‘l xo‘jaligini boshqarishning prinsipial sxemasi 2 – rasmda ifodalangan.
Viloyatlarda va Respublika tumanlarida yo‘l ishlarining to‘liq majmuini bajaruvchi (Umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan yo‘llardan tashqari) asosiy ishlab chiqarish birligi (korxonasi) bo‘lib, yo‘l ta’mirlash qurilish tashkilotlari sanaladi.
Mamlakatimizda korxona va tashkilotlarning huquq va vazifalarini belgilovchi asosiy hujjat Davlat korxonasi (korxonalar birlashmasi) haqidagi qonun «O‘zavtoyo‘l» DAK ga qarashli sho‘ba (viloyat) korxonalari va yo‘l ta’mirlash va qurilish tashkilotlarida to‘liq amal qiladi. Yo‘l ta’mirlash, qurilish tashkilotlarining va yo‘l xo‘jaligi ishlab chiqarish bazasi korxonalarining quyi bo‘limlari avtomobil yo‘llarining rivojlanganlik darajasi, ularining transport-tasarruf holati va mahalliy tashkiliy ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab tashkil etiladi.
Ilmiy izlanish, loyiha-izlanish, ishlab-chiqarishga ilmiy-izlanish, loyiha-texnologik ishlanmalarini joriy etish va boshqa ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtiruvchi tadbirlarni joriy etish «O‘zyo‘lloyiha» byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish texnikalarini ta’mirlash, avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda tutib turish uchun maxsus mashinalar tayyorlab, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish materiallarini qazib olish, qayta ishlash va qurilish materiallarini tayyorlash bo‘yicha alohida ishlar majmui ixtisoslashtirilgan boshqarmalar kuchlari bilan bajariladi.
Shahar yo‘l xo‘jaligi (shahar yo‘llari va ko‘chalari, maydonlar, qirg‘oq inshootlari, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellar, obodonlashtirish elementlari sifatida) ishlab chiqarishdan tashqari sfera tarmog‘i bo‘lgan kommunal xo‘jalikka qarashli bo‘lib, uni boshqarish shahar hokimiyati tomonidan amalga oshiriladi.
Korxona va idoralarga tegishli avtomobil yo‘llarining qurilishi (sanoat korxonalarining yo‘l xo‘jaligi, maxsus kirish-chiqish yo‘llari) korxonalarning buyurtmasi va tuzilgan shartnomalar asosida har xil vazirlik va idoralarga qarashli bo‘lgan ixtisoslashgan yo‘l tashkilotlarining yoki korxonalarning o‘z kuchlari bilan qurilishi mumkin. Xuddi shu tartibda yo‘llari va yo‘l inshootlarini ta’mirlash va yaroqli holda tutib turish ishlari ham bajarilishi mumkin. Qurilish qatnashchilarining tashkiliy-iqtisodiy munosabatlari tizimi qurilishni amalga oshirishning usuliga qarab aniqlanadi. Qurilishni olib borishning ikki usuli mavjud: pudrat usuli va xo‘jalik usuli.
Qurilishning pudrat usulida qurilish - ta’mirlash, montaj va maxsus ishlar doimiy amal qiluvchi, moddiy - texnika bazasiga, ishchi kadrlar va kerakli resurslarga ega bo‘lgan tashkilot tomonidan bajariladi. Pudratchi qurilish, qurilish - montaj, qurilish - ta’mirlash tashkilotlari, buyurtmachi tashkilotlar uchun tuzilgan pudrat shartnomalari asosida kapital qurilish ishlarini bajaradilar. Pudrat shartnomasi buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasidagi munosabatlarni, shartnoma majburiyatlarini bajarilmaganlik uchun iqtisodiy javobgarlikni belgilovchi asosiy hujjat sanaladi.
Pudrat shartnomasi buyurtmachi va bosh pudratchi o‘rtasida yangi qurilish, rekonstruksiya, korxona, bino va inshootlar yoki ularning ketma- ketligini texnik jihatdan qayta jihozlanishi uchun zarur bo‘lgan to‘liq muddatga tuzilib, ob’ektlar qurilishi rejasiga kiritilgan va tasdiqlangan titul ro‘yxatiga ega bo‘lishlari kerak. Buyurtmachi odatda, pudrat shartnomasini bitta qurilish - montaj yoki unga tenglashtirilgan tashkilot - bosh pudratchi bilan tuzadi. O‘z navbatida, bosh pudratchi alohida ish turlari va komplekslarini bajarish uchun umumqurilish va ixtisoslashgan tashkilotlar bilan subpudrat shartnomalari tuzish huquqiga ega. Bosh pudratchi bilan kelishilgan holda, buyurtmachi montaj va maxsus ishlarni bajarish uchun montajchi va ixtisoslashgan tashkilotlar bilan
shartnomalar tuzishi mumkin (to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma). Bunday holatlarda uskunalar montajining boshlanishi va tugallanish muddatlari bosh pudratchi bilan kelishiladi.
Pudrat shartnomasiga ko‘ra bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning qiymati shartnomaviy narxlar asosida aniqlanadi. Qurilishning boshlanishi va qurilish muddatlari titul ro‘yxatiga muvofiq ravishda pudrat shartnomasida belgilanadi.
Buyurtmachi tuzilgan pudrat shartnomasiga muvofiq ravishda bosh pudratchiga qurilish maydonini (trassani) taqdim etib, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini yetkazib berishi, qurilishni moliyalashtirishni o‘z vaqtida ochilishi va beto‘xtovligini, hamda bajarilgan ishlar uchun o‘z vaqtida haq to‘lanishini ta’minlashi kerak. Ulardan tashqari, buyurtmachi bosh pudratchiga qurilish ob’ektining va ishlab-chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi bilan muvofiqlashtirilgan jadval (grafik) asosida uskuna materiallar va buyumlarni kompleks ravishda yetkazib berishi va boshqa bir qator tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Buyurtmachining eng muxim funksiyalari bu bajarilgan ishlar qiymatining loyiha - smeta hujjatlariga, qurilish me’yorlari va qoidalariga hamda davlat standarti va texnik shartlarga mos kelishligi ustidan texnik nazorat olib borish va tekshirish sanaladi. Agar nomuvofiqliklar aniqlansa, buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni to‘g‘rilash to‘g‘risida ko‘rsatma berishi, zarur bo‘lgan holatlarda esa qurilishni kamchiliklar tugatilmaguncha to‘xtalib turishi, bajarilgan ishlarga haq to‘lashni to‘xtatishi mumkin.
Bosh pudratchi rejada va titul ro‘yxatida ko‘zda tutilgan qurilish ob’ektlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq ravishda belgilangan muddatlarda qurishi va ishchi kommisiyaga topshirishi kerak.

Bosh pudratchi qurilish - montaj ishlarini, qurilishning muddat me’yorlari bilan muvofiqlashtirilgan holda tuzilgan, ishlarni bajarishgrafigi asosida amalga oshirilishini ta’minlashi kerak. Bu grafik buyurtmachi va subpudratchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tuzilishi kerak.


Bosh pudratchi qurilish-montaj ishlarini bajarish bo‘yicha tasdiqlangan rejalar va grafiklarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishga barcha qurilish qatnashchilarining faoliyatlarini, u tashkilotlarning qaysi vazirlik yoki idoraga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Pudrat shartnomasini tuzish tartibiga rioya qilmaslik, tomonlarning o‘z majburiyatlarini bajarmasligi Davlat intizomining buzilishi sanalib, shu buzilishiga yo‘l qo‘ygan tomon uchun mulkiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ob’ektlarni xo‘jalik uslubida bunyod etilganda, qurilish-montaj ishlarini bajarish korxonalar va tashkilotlarning o‘z kuchlari bilan amalga oshiriladi. Xo‘jalik usulida bajariladigan qurilishning salmog‘i yuqori emas. Investitsion siyosatdagi o‘zgarishlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning xo‘jalik mustaqilligining kengayib borishi, qurilish - montaj ishlarini, birinchi navbatda, korxonalarni rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash ishlarini korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirishda, bu usulni rivojlantirish zaruriyatini taqozo qiladi.

Yo‘l xo‘jaligida kooperatsiya va ixtisoslashtirish



Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etishning taraqqiyparvar ko‘rinishlari bo‘lgan: konsentratsiyalashuv, kooperatsiya va ixtisoslashtirish bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq.
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish mehnat taqsimoti bilan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish va ularning samaradorligi o‘rtasidagi bog‘lanishlar va aloqalarni aks ettirib, uni ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanishini keltirib chiqaradi. Ishlab
chiqarishning konsentratsiyalashuvi deyilganda, qurilishning texnik, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy masalalarini ilmiy-texnika taraqqiyoti va ilg‘or tajribalarni joriy etish asosida samarali hal etish va ishlab chiqarish intensivligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yirik qurilish-montaj tashkilotlarida moddiy-texnik va mehnat resurslarining jamlanishi tushuniladi.
Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda bo‘lishligini ta’minlashda ishlab chiqarishning konsentratsiyalashganlik ko‘rsatkichlari yo‘l tashkilotining o‘z kuchlari bilan bajarayotgan ishlari hajmi, ishlovchilar soni, asosiy ishlab-chiqarish fondlarining qiymati, ishlab-chiqarish fondlarining qiymati, ishlab chiqarish va mehnatning mexanik va energetik jihatdan qurollanganligi kabi ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi.
Yirik yo‘l-qurilish va ta’mirlash qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarishni va ishlovchilar mehnatini tashkil etish masalalarini kompleks hal etish, ishlarni bajarish usullaridan optimal foydalanish, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Ammo yo‘l tashkilotlarini yiriklashtirish, xizmat ko‘rsatiladigan viloyat yoki tumanning maydon birligiga to‘g‘ri keladigan yo‘l ishlari hajmiga bog‘liq ravishda, iqtisodiy jihatdan asoslangan ma’lum bir o‘lchamgacha bo‘lishi kerak.
Cheklangan hududda yo‘l ishlari hajmining katta bo‘lishi yo‘l tashkilotlarini yiriklashtirishni iqtisodiy tomondan samara keltirmaydi. Bu, ya’ni, yirik yo‘l tashkilotlarini tuzish xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishni talab etadi, ishlab chiqarishni tashkil etishni murakkablashtiradi hamda ishlab chiqarish vositalarini ko‘chirib yurishga bo‘ladigan xarajatlarning ortishiga olib keladi.
Ixtisoslashtirish deyilganda ijtimoiy mehnat taqsimotining ko‘rinishlari (formalari) tushuniladi. Ixtisoslashtirish turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: tarmoq bo‘yicha (predmetlar bo‘yicha), detallar bo‘yicha, texnologiya bo‘yicha.
Tarmoq (predmetlar) bo‘yicha ixtisoslashtirish qurilishning ma’lum bir tarmoqlari bo‘yicha amalga oshiriladi, masalan, sanoat ob’ektlari qurilishi, transport inshootlari, aholi turar-joy binolari, qishloq xo‘jaligi komplekslari va boshqalar. Bunday ixtisoslashtirish pirovard qurilish mahsulotining konstruktiv xususiyatlariga asoslanadi: temir va avtomobil yo‘llari, havo, dengiz va daryo portlari, sanoat inshootlari uy- joy binolari va boshqalar. Ixtisoslashtirishning bunday ko‘rinishi qurilish-montaj trestlari, qurilish-montaj boshqarmalari va boshqa bo‘limlar tizimida uchraydi. Hozirgi kunda tarmoq bo‘yicha ixtisoslashtirish bosh pudratchi yo‘l qurilish tashkilotlarida tobora keng qo‘llanilmoqda.
Ixtisoslashtirilgan qurilish tashkiloti deb shunday tashkilotga aytiladiki, uning yillik ish hajmining kamida 75 foizini ixtisoslashgan profili bo‘yicha ishlar tashkil etishi kerak.
Detallar bo‘yicha ixtisoslashtirish ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qurilayotgan ob’ekt (inshoot)ning ma’lum bir qismi yoki detalini bajarilishini ko‘zda tutadi. Masalan, avtomobil yo‘llari qurilishida detallar bo‘yicha ixtisoslashtirish ko‘priklar, kichik sun’iy inshootlar va boshqa qurilishning umumiy majmuiga kiruvchi ob’ektlar qurilishidan iborat bo‘ladi.
Texnologik ixtisoslashtirish detallar bo‘yicha ixtisoslashtirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uni yanada chuqurlashtirilgan ko‘rinishidir. Bunday ixtisoslashtirishning asosiy xususiyati shundaki, u konkret ishlarning turlari va komplekslari bo‘yicha amalga oshiriladi, masalan, ishlar majmui bo‘yicha ixtisoslashtirishga, yo‘l polotnosini tiklash, yo‘l qoplamasiga asos tayyorlash, yo‘l qoplamasini yaratish, pardozlash ishlari va boshqalarni kiritish mumkin. Texnologik ixtisoslashtirishning yanada chuqurlashtirilishi ishlarni bajarish bo‘yicha ixtisoslashgan uchastkalarni, masterlar uchastkalarini va brigadalarini yaratishdan iborat. Ixtisoslashganlik darajasi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar hajmini umumiy ish hajmiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin.
Kooperatsiyalashtirish bu har xil tashkilotlari bilan xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini rejali ravishda tashkil etishdir. Kooperatsiyalashtirish konsentratsiyalashtirish va ixtisoslashtirish bilan uzviy bog‘liq. Kooperatsiyaning yanada rivojlanishi ixtisoslashtirish jarayonlarining yanada kengayib va chuqurlashib borishidan kelib chiqadi. Ixtisoslashtirish qanchalik chuqurlashib borsa, xo‘jalik hisobidagi pudratchi tashkilotlarning o‘zaro aloqalariga bo‘lgan talab ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Koopersiyalashishning eng ko‘p tarqalgan turi – bu ixtisoslashgan yo‘l ishlari bajaruvchilar o‘rtasida pudrat shartnomalariga, kalendar va tarmoqli (setevoy) grafiklarga hamda pudrat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga asoslangan o‘zaro ishlab chiqarish munosabatlaridir. U yoki bu darajada ixtisoslashish va kooperatsiyaning samaradorligi bajaraladigan ishlar hajmi va qurilish tashkilotining tashkiliy tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Kooperatsiya saviyasining sifat ko‘rsatkichi bu ishlarning beto‘xtov bajarilib borishi, ishlab chiqarish quvvatlari va barcha turdagi resurslardan to‘liq foydalanish, ishlar bajarilishining bir maromligi, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi va mehnat unumdorligi bo‘yicha o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi kabi ko‘rsatkichlardir.
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish va ixtisoslashtirishning iqtisodiy samaradorligi avtomobil yo‘llari qurilishi, ta’mirlanishi va ularni yaroqli holatda saqlab turish, tannarxining kamayishi va ishlab chiqarish asosiy fondlaridan foydalanish samaradorligining yaxshilanishi hisobiga mehnat unumdorligining o‘sishida ko‘zga tashlanadi.
Yo‘l xo‘jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish
Boshqaruvning iqtisodiy usullariga o‘tish bilan bir qatorda, yo‘l xo‘jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirishda boshqaruvning avtomatlashgan tizimini yaratish nihoyatda muhim ahamiyatga ega (ABT).
Avtomatlashgan boshqaruv tizimi alohida korxonalarni yoki tarmoqni boshqarishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Tarmoqni boshqarish avtomatik tizimi EHM yordamida iqtisodiy matematik metodlarni keng qo‘llab, zamonaviy aloqa vositalari va avtomatikadan foydalanib, tarmoqning rivojlanishi va faoliyat olib borishini eng kam xarajatlar bilan ta’minlash imkonini beradi. ABT ni ishlab chiqish va joriy etishda boshqaruv ob’ekti (butun tarmoq yoki alohida tashkilotlari) amaldagi boshqaruv tarkibini, ishlab chiqarishning konsentratsiyalashganligi va ixtisoslashganligini hisobga olgan holda quyi tizimlarga bo‘lib chiqiladi. ABT ikki guruhga ajratilishi mumkin: axborot va axborot-boshqaruv. Axborot tizimi o‘z navbatida axborot-hisobot va axborot-bashorat tizimlaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Axborot-hisobot tizimi axborotlar oqimini ratsionallashtirish, qaytalanishni to‘xtatish, axborotlarni saralash, alohida ko‘rsatkichlarni hisoblash va hokazolarga imkoniyat yaratadi. Bu tizimlar avtomatik tarzda axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash, hisob-kitob va hisobot axborotlarini tayyorlab berishni ko‘zda tutadi. Bunday tizimlarning joriy etilishi, xususan, nazorat jarayonlarini, moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish grafiklarini bajarilishi va hokazolarni tekshirib turishni avtomatlashtirish imkonini beradi.
Axborot-bashorat tizimi bashorat masalalarini avtomatlashtirish, birinchi navbatda, tarmoq rivojlanishining optimal strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiy normativlar tizimi hisobini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.
Axborot boshqaruv tizimi axborotlarni avtomatik tarzda yig‘ish va qayta ishlash natijalariga asoslanib boshqaruv ob’ektining optimal rejimda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
Axborot bazasi, texnik vositalar majmui matematik ta’minot ABT ning ta’minlovchi qismi sanalib, u quyidagi elementlardan tashkil topadi:
-axborot ta’minoti-normativ va amaliy qiymatlar, boshqaruv masalalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy hisob-kitoblarni markazlashgan holda bajarish imkonini yaratadi;
-matematik ta’minot-algoritmlar majmui va programmalar;
-texnik ta’minot-korxonalarni zaruriy EHMlar bilan, axborotlarni to‘plash va qayta ishlash uchun kerak bo‘lgan uskunalar, ishlab chiqarishni masofaviy (distansion) nazorat etish va nozimlashtirish uskunalari bilan ta’minlash;
-uslubiy (metodik) ta’minot – ABT xizmati va boshqaruv xodimlarini butun tizim miqyosida va alohida kichik tizimlar (podsisitemalar) instruktiv va metodik hujjatlar majmui bilan ta’minlash.
Yo‘l xo‘jaligida «Xodimlar», «Yo‘l» deb nomlangan axborot-qidiruv tizimlari joriy etilgan hamda bir qator moliyaviy-iqtisodiy masalalarning yechimi avtomatlashtirilgan.

Yo’l qurilish ishlarini rejalashtirish


Davlat buyurtmalari transport aloqalarini rivojlantirishda birinchi navbatda turgan ijtimoiy talablarning qondirilishini kafolatlaydi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai-nazaridan eng muhim bo‘lgan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishidir. Bularga, asosiy fondlarni ishga tushirish, markazlashgan kapital mablag‘lar hisobiga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlari qurilishlariga ajratilgan holda ishlab chiqarish quvvatlarin ishga tushirishni kiritish mumkin; muhim (titullari ko‘rsatilgan) yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha natural ko‘rsatkichlarda ifodalangan ish hajmlari.
Uzoq muddatli iqtisodiy normativlar butun besh yillik mobaynida umumdavlat manfaatlarini xo‘jalik hisobidagi korxonalar va har qaysi ishlovchining manfaatlari bilan muqim normativlar orqali bog‘laydi. Ular o‘z tarkibiga ishlab chiqarish iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimida proporsiyalarni aniqlovchi iqtisodiy rag‘batlantirish fondlari hosil qilish normativlari, ish haqi fondi va boshqa normativlarni oladi.
Limitlar – davlat rejasiga kiritilgan yo‘llar qurilishi va rekonstruksiyasiga davlat investitsiyalarining miqdori, hamda yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlab chiqarish talablarini qondirish uchun markazlashgan holda taqsimlanadigan moddiy resurslarning chegaralarini belgilaydi.
Hozirgi kunda yo‘l tashkilotlarining qurilish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarining hajmlari va harakteri kun jihatdan – ularning faoliyat zonasida joylashgan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlardan tushadigan buyurtmalarga bog‘liq. Buyurtmalarda qurilish va ta’mirlanish ob’ektlari ro‘yxati, ularning ishlab chiqarish quvvati va ishga tushirish muddatlari ko‘rsatiladi. Yo‘l tashkilotlari buyurtmalarni qabul qilishda buyurtmachi korxonalarning qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarilishiga tayyorgarliklarini tekshiradilar: loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishining holati, qurilish uchun ajratilgan maydonning mavjudligi (qurilish hududi), moliyalashtirishning ta’minlanganligi va hokazolar.
Yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlab chiqarish rejalari yo‘l tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlari bilan muvofiqlashtiriladi. Agar rejalashtirilgan ishlar programmasini bajarish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari kamlik qiladigan bo‘lsa, ammo korxonalar manfaati ularning kengaytirishni talab etsa, u holda ishlab chiqarish korxonalarin kengaytirish va rivojlantirish, qurilish va ta’mirlash texnikalari parkini o‘stirish bo‘yicha, hisob-kitoblarga asoslangan ishlab-chiqarish quvvatlarini kengaytirish rejasi tuzib chiqiladi.
Yo‘llarni qurilish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va yaroqli holda saqlab turish ishlari hajmining ortib borishi yo‘l xo‘jaligi ishlab chiqarish bazasi qurilish (rekonstruksiya), ta’mirlash va yo‘llarni yaroqli holda saqlab turishni ta’minlovchi, asfalt va sement-beton zavodlari, tosh materiallarini qazib olish va qayta ishlash bazalari, bitum va emulsiya bazalari, temir yo‘l yoqasidagi sement (mineral kukun) bazalari, tosh materiallar, yig‘ma temir-beton zavodlari va poligonlari, har xil omborxonalar, remont-mexanika ustaxonalari, yo‘l mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish punktlari va yo‘l xo‘jaligi transport vositalari, hamda ularning turish joylari, ma’muriy-maishiy ob’ektlar, elektrostansiyalar, transportlar podstansiyalari, qozon uskunalari, kompressor stansiyalari, suv o‘tkazgichlar, artezian quduqlari, tozalash inshootlari, maydon ichi elektr, issiqlik va suv ta’minoti korxonalarining rivojlanishi hamda joylashtirilishi muammosini keltirib chiqaradi.
Ishlab chiqarish bazasi korxonalari uzoq muddat bir yerda turib ishlaydigan statsionar, mashina va uskunalar to‘plamidan tashkil topgan inventar, yig‘ma va harakatlanuvchan bo‘lib, yo‘l asosi va qoplamasi qo‘yiladigan joy yaqinida yig‘iladigan ham bo‘ladi.
Yo‘l xo‘jaligining bitta korxonasi yangi qurilish, ta’mirlash, yo‘llarni yaroqli holda tutish kabi ishlarni bajara olganligi uchun, bunday korxonalarni rivojlantirish va joylashtirish, yo‘l xo‘jaligida bajariladigan to‘liq ishlar hajmini hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
Masalani hal etish uchun birlamchi axborot zarur: hudud bo‘yicha iste’molchilardan korxonaning mahsulotiga bo‘lgan talab; ishlab chiqarish quvvatlarining turlari va o‘lchamlari – yangi tuzilayotgan korxonalarning quvvat imkoniyatlari, yangi qurilishi mumkin bo‘lgan korxonalarning
quvvatlari va joylashishi; barcha joylashuv nuqtalarda quvvat imkoniyatlari bo‘yicha bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga bo‘ladigan solishtirma sarf-xarajatlar; har qaysi joylashuv manzilidan iste’molchilarga mahsulotni tashib yetkazishga bo‘ladigan solishtirma xarajatlar.
Bu to‘rtta kichik masalalarga bo‘linadi:
1. Rejalashtirilayotgan davrning oxirgi yiliga yo‘l xo‘jaligi korxonalarining rivojlanishi va joylashuvini rejalashtirish. Natijada korxonalar rivojlanishining maqsadi – rejaning bajarilishi orqali erishiladigan oxirgi yakun ko‘zga tashlanib qoladi. Ushbu masalaning yechimi jarayonida qanday quvvatlarni qaysi punktlarga rejalashtirish davrining oxirgi yiliga borib joylashtirish samaraliroq bo‘lishligi aniqlanadi. Undan tashqari, ko‘rsatilayotgan yil uchun korxonalarni ularning mahsulotlari iste’molchilar bilan optimal sxemada biriktirish hisob- kitoblari hal etiladi. Natijada ko‘zlanayotgan maqsad, ishlab chiqarish va transport xarajatlaridan tashkil topgan minimal solishtirma xarajatlarga to‘g‘ri keladigan joylashtirish amalga oshadi.
2. Rejaga kirgan barcha korxonalar bo‘yicha ishlab chiqarish hajmlarini hisoblab chiqish. Bunday hisob rejalashtirilayotgan davrning oxirgi yiliga va butun ko‘rib chiqilayotgan davrga korxonalarning iste’molchilar bilan biriktirilishi optimal degan nuqtai nazardan bajariladi. Bunday nuqtai nazarning asosi korxonalar o‘rtasidagi aloqalarning uzoq muddatli bo‘lishi ratsionalligidir.
3. Har bir korxonadagi talab etilayotgan ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda ishlab chiqarish quvvatlarini o‘stirib borishni rejalashtirish. Bunday rejani ishlab chiqish o‘ziga mustaqil alohida masala, chunki ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘p marta kichik-kichik bosqichlar bilan o‘stirib borish kapital mablag‘lar sarfining o‘sishiga olib keladi, ishlab chiqarish quvvatlarini birdaniga keskin ravishda ko‘tarish esa ulardan to‘laqonli foydalanishni qiyinlashtirib, ekspluatatsion xarajatlarning ko‘payib
ketishiga olib keladi. Rejalashtirish jarayonida ishlab chiqarish quvvatlarini o‘stirishning shunday varianti aniqlanadiki, unda (barcha yillar bo‘yicha) ishlab chiqarish solishtirma xarajatlarining umumiy miqdori iloji boricha minimal bo‘lsin. Har bitta korxona uchun ishlab chiqarish quvvatlarini o‘stirish bo‘yicha optimal reja ishlab chiqarishning natijasi birinchi galdagi vazifa yechimi bo‘yicha belgilangan, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida tuzilgan dasturdir.
4. Rejalashtirilayotgan davr ichida korxonalarni mahsulot iste’molchilariga biriktirish sxemalarini aniqlashtirish.
Yo‘l xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirishning va joylashtirishning barcha kichik masalalari, ikkinchisi bundan mustasno, optimal masalalar bo‘lib, iqtisodiy matematik uslublar va elektron-hisoblash texnikasi qo‘llanishini talab qiladi.
Birinchi va to‘rtinchi masalalarni hal etishda chiziqli, uchinchisida esa dinamik dasturlashtirish uslublaridan foydalaniladi.

ШУРЧИ ТУМАНИ ОФТОБМАКОН МФЙ КУЧАЛАРИНИ 2022 ЙИЛДА ЖОРИЙ ТАЪМИРЛАШ L- 2292M


Согласно приложению № 1 Постанaвления Кабинета Министров от 11.06.2003 года
№ 261 «О переходе на договорные текущие цены при реализации инвестиционных
проектов, осуществляемых за счет централизованных капитальных вложений»,
договорная стоимость работ и услуг в строительстве в текущих ценах формируется
по результатам конкурсных торгов.
Стоимость строительства объекта рассчитывается по ресурсному методу.
Расчет стартовой стоимости в текущих ценах производится по формуле:
Ц = (Сзп + Сэм + См + Зо+ Стр + Пп + Пз + Ср) х Кр, где:
Сзп - затраты на основную зарплату с учетом начислений на социальное страхование;
Сэм - затраты на эксплуатацию машин и механизмов;
См - затраты на строительные материалы, изделия и конструкции;
Стр - затраты на транспортные расходы;
Пп - прочие затраты подрядчика;
Пз - прочие затраты заказчика;
Зо - затраты на оборудование
Ср - затраты на страхование строительства объектов;
Кр - коэффициент риска;
I. Затраты на заработную плату;
Определяются путем умножения трудозатрат рабочих-строителей на текущую стоимость
1 человеко-часа (в сумах) на коэффициент, учитывающий размер отчисления на социаль-
ное страхование по формуле:
Созп = Траб х Сч х Ксс,
где:
Траб - трудозатраты рабочих-строителей, определяемые в составе ресурсных смет;
Сч - среднечасовая заработная плата рабочих-строителей, исчисляется исходя из уровня
среднестатистической месячной заработной платы строителей по региону;
Ксс - коэффициент, учитывающий размер отчислений на социальное страхование.
Исчисление среднечасовой заработной платы производится по формуле:
Сч = Змс : Ф,
где:
Змс - среднечасовая заработная плата рабочих-строителей по региону;
Ф - среднемесячный фонд рабочего времени в часах по данным Министерства труда
и социальной защиты населения Республики Узбекистан.
Среднегодовая заработная плата строителей по региону в расчете на месяц, )
определенная на основе статистических данных за предыдущие 12 месяцев,
2 251 856 сум./месяц - (Змс)
Часовая ставка - Сч = ;
2 251 856 : 166,25 час = #ССЫЛКА! сум/час
Трудозатраты по ресурсной смете - Траб = #ССЫЛКА! чел/час;
Всего заработная плата рабочих-строителей в текущих ценах с отчислениями
на социальное страхование - 25% составляет
Сзп – 6 478,259 тыс. сум.
II. Затраты на эксплуатацию машин и механизмов
Стоимость затрат на эксплуатацию машин и механизмов при определении стоимости
строительства объекта принимается по текущим ценам исходя из нормативной
потребности в машино-часах по ресурсной смете и среднесложившейся по региону
цены машино-часа соответствующего вида машин по формуле:
Сэм = ЭМ х Цпр,
где:
ЭМ - объем эксплуатации машин и механизмов в часах;
Цпр - текущие цены на эксплуатацию машин и механизмов в час/сум.
Стоимость затрат на эксплуатацию машин и механизмов взята из ресурсной сметы
Стоимость затрат на эксплуатацию машин и механизмов составляет в текущих ценах
Сэм = 72 250,692 тыс. сум.
III. Затраты на приобретение строительных материалов,
изделий и конструкций
Затраты на строительные материалы, изделия и конструкции определяются на основе
фактических показателей согласно сводному ресурсному расчету, разрабатываемому
в составе рабочей документации с применением средних цен на единицу, сложивших-
ся в данном регионе, по формуле:
См = См1 + См2 + СмЗ +...+ Смп, где:
См1, См2, СмЗ, Смп - стоимость отдельных видов строительных материалов
и конструкции: Смп = N х Цср,
где:
N - количество отдельного вида строительного материала (изделия, конструкции),
требуемого для строительства объекта;
Цср - средняя цена на единицу строительного материала (изделия, конструкции).
Стоимость строительных материалов с учетом транспортных затрат
См=. C131 626 733,946 тыс.сум
IV. Прочие затраты подрядчика
ПРОЧИЕ ЗАТРАТЫ И РАСХОДЫ ПОДРЯДЧИКА - 17,54 %
Пп = 123 738,192 тыс сум.
V. Прочие затрат заказчика
Прочие затраты заказчика (Пзз) принимается (затраты на разработку ТЭР и экспертизу
проекту от стоимости рабочие документации и изыскательские работ содержание
тех надзора, проведения конкурсных торгов) % от прямых затрат
согласно письму заказчика.
Пзз= 0,000 тыс.сум.
VI. Страхования объектов
Тариф по обязательному страхованию строительных рисков составляет 0,32% от страхо-
вой суммы (100% полной стоимости объекта).
Страховая сумма:
Ср = ( 0,000 + 0,000 ) х 0,32% =
0,000 тыс.сум
VII. Коэффициента риска
Коэффициента риска Кр =0,61% согласно письму заказчика:
0,000 + 0,000 + 0,000 ) х0% =
0,000 тыс.сум.
Всего стартовая стоимость в договорных текущих ценах с учетом коэффициента
риска и с НДС составляет: 980 581,253 тыс.сум
VIII. Транспортные расходы
Транспортные расходы определены по данным заказчика и подрядчика.
Рекомендуемая стоимость объекта в текущих ценах
Стройка -ТЕРМИЗ ШАХАР "БОГИШАМОЛ ва ЧЕГАРА МФЙ" ИЧКИ КУЧАЛАРИДА ПИЕДАЛАР ЙУЛАКЧАСИНИ ЖОРИЙ ТАЪМИРЛАШ
№ п.п Наименование затрат Стоимость (тыс.сум)
1 2 3
1 ЗАТРАТЫ НА ОБОРУДОВАНИЕ, МЕБЕЛЬ И ИНВЕНТАРЬ С УЧЕТОМ ТРАНСПОРТНЫХ И ЗАГОТОВИТЕЛЬНО-СКЛАДСКИХ РАСХОДОВ -164 308,696
2 ЗАТРАТЫ НА СТРОИТЕЛЬНЫЕ МАТЕРИАЛЫ, ИЗДЕЛИЯ И КОНСТРУКЦИИ С УЧЕТОМ ТРАНСПОРТНЫХ РАСХОДОВ 244 552,385
3 ЗАТРАТЫ НА ОСНОВНУЮ ЗАРАБОТНУЮ ПЛАТУ С УЧЕТОМ НАЧИСЛЕНИЙ НА СОЦИАЛЬНОЕ СТРАХОВАНИЕ 34 964,701
4 ЗАТРАТЫ НА ЭКСПЛУАТАЦИЮ МАШИН И МЕХАНИЗМОВ 13 881,700
5 ИТОГО: 457 707,482
6 ПРОЧИЕ ЗАТРАТЫ И РАСХОДЫ ПОДРЯДЧИКА - 17,54 % 51 462,147
7 ЗАТРАТЫ НА СТРАХОВАНИЕ СТРОИТЕЛЬСТВА ОБЪЕКТА 0,32 % 1 629,343
8 КОЭФФИЦИЕНТ РИСКА, ОПРЕДЕЛЯЕМЫЙ ИСХОДЯ ИЗ ПРОГНОЗИРУЕМОГО ИНДЕКСА РОСТА ЦЕН В СТРОИТЕЛЬСТВЕ НА ОЧЕРЕДНОЙ ГОД - 0,55 %(10х0,55=5,5%) 0,000
9 ИТОГО СТОИМОСТЬ СТРОИТЕЛЬСТВА В ДОГОВОРНЫХ ТЕКУЩИХ ЦЕНАХ 510 798,972
10 (НДС) НАЛОГ НА ДОБАВЛЕННУЮ СТОИМОСТЬ - 15% 76 619,846
11 ИТОГО СТОИМОСТЬ СТРОИТЕЛЬСТВА В ДОГОВОРНЫХ ТЕКУЩИХ ЦЕНАХ С НДС 587 418,817
- Содержания заказчика- 5 % 29 370,941
12 ИТОГО: ЗАТРАТЫ И РАСХОДЫ ЗАКАЗЧИКА 29 370,941
13 ИТОГО СТОИМОСТЬ СТРОИТЕЛЬСТВА В ТЕКУЩИХ ЦЕНАХ С НДС И ПРОЧИМИ ЗАТРАТАМИ ЗАКАЗЧИКА 616 789,758
"СПРАВОЧНО:
Стоимость возвратных ресурсов определяется комиссионно согласно акта с оприходованием в бухгалтерском и складском учете, оформляемого в установленном законодательством порядке."

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxti


1. Sh.Shodmonov, M.Raxmatov “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining ikki chigal
tuguni va uning еchimi. Monografiya. Toshkеnt: Iqtisodiyot, 2019 yil
2 . Raxmatov M.A., B.Z.Zaripov. Klastеr – intеgratsiya, innovatsiya va
iqtisodiy o‘sish. T.: Zamin Nashr, 2019 y. 20 bеt.
3. Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T.,

«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2020. – 784 b.


4. Oʻlmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T.: «IqtisodMoliya», 2020.
5. E.F. Borisov. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. 2-e izd.. pererab. i dop. - М.: TK Velbi, Izd-vo «Prospekt»,
6. Brendelyova E.A. Neoinstitutsionalnaya teoriya. Ucheb.posob. - М.: TEIS, .
7. Karimov I.A. Dehqonchilik taraqqiyoti – farovonlik manbai. -T. «O’zbekiston
8. Karimov I.A. Qishloq xo’jalik istiqboli - yurt istiqboli. «Mehnat», . № 21, 2-3-b.
9. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratiyalashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va islox etishdir. T.: «O’zbekiston» .
10. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Fermer xo’jaligi to’g`risida.
11. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. To’g`ridan–to’g`ri xususiy investitsiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g`risida.
12. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.H., Jo’raev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. - T.: «Moliya» nashriyoti. XII bob, 227-243-b.
13.Iqtisodiyot nazariyasi. Ma'ruzalar matniG`Mualliflar jamoasi.-TDIU. IPO "Polipaper", 2005
Download 37.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling