Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi


Menejment: asosiy qoidalar. Zamonaviy menejment tarixi


Download 210.99 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi210.99 Kb.
#1370485
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turg\'unaliyev S

Menejment: asosiy qoidalar. Zamonaviy menejment tarixi.



Menejment - kо’plab tarkibiy qismlar, ularning xususiyatlari va tomonlariga ega bо’lgan murakkab, kо’p о’lchamli xodisa hisoblanadi. Birinchi navbatda, bu insonning turli xil chuqur bilimlar, amaliyot va hayotiy tajribani talab qiluvchi о’ziga xos yuqori mas‘uliyatli faoliyatidir. Menejmentning aniq maqsadga qaratilganligi shu bilan belgilanadiki, u asosiy vazifa sifatida foyda olishga yо’naltirilgan. Menejment XIX-XX asrlar о’rtalarida fanning mustaqil sohasiga aylangan. Amerikalik Jozef Varton 1881- yilda birinchi marta kollejlarda о’qitish uchun menejment kursini ishlab chiqqan. Amerikalik muxandis Frederik Teylor 1911- yilda о’zining ―Ilmiy menejment tamoyillari‖ kitobini nashr qilgan va unda birinchi marta boshqaruv fan va tadqiqotning mustaqil sohasi deb tan olingan. Bu asarlar jamlangan tajribani ilmiy umumlashtirish va ilmiy boshqaruv asoslarini shakllantirishga harakat qilingan dastlabki ishlar hisoblanadi. Ular ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy sotish, katta sig’imli bozorlar va qudratli korporatsiyalar va aksiyadorlar jamiyatlari shaklidagi yirik kо’lamli tashkilotlarning о’ziga xos alomatlarini borgan sari kengroq qamrab olayotgan sanoat rivojlanishining ehtiyojiga javob bо’lganlar. Juda yirik tashkilotlar ishlab chiqarish va mehnatni ratsional tashkil qilish, barcha bо’linmalar va xizmatlar, menejerlar va ijrochilarni ilmiy asoslangan tamoyillar, meyorlar va standartlarga muvofiq aniq va о’zaro bog’langan holda ishlashlariga keskin zaruriyatni his qilganlar. Angliyadagi sanoat inqilobi boshqaruvga qiziqishni uyg’otuvchi dastlabki asosiy kuch bо’lgan. Ammo boshqaruv tashkilotning rivojlanishi va muvaffaqiyatiga katta hissa qо’shishi haqidagi g’oya birinchi marta zamonaviy boshqaruvning vatani bо’lgan Amerikada vujudga kelgan. XX asrning boshlarida, jо’shqin rivojlanish davrida, Qо’shma Shtatlar amalda inson о’zining kelib chiqishi, millati bilan bog’liq qiyinchiliklarni yengib о’tib, tashabbuskorligi va shaxsiy omilkorligini namoyon qilishi mumkin bо’lgan yagona mamlakat bо’lgan. Millionlab yevropaliklar Amerikaga kо’chib о’tganlar hamda bu yerda juda katta ishchi kuchi bozorini tashkil qilganlar. Transkontinental temir yо’llar Amerikani jahondagi eng yirik yagona bozorga aylantirgan. О’sha paytda amalda biznesda davlat tomonidan tartibga solish mavjud bо’lmagan, shu boisdan ham muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar monopolist, yakka hokimlarga aylanganlar. Natijada, yirik sohalar va korxonalar tashkil qilingan, ularni boshqarish uchun samarali bir shaklga keltirilgan usullar talab qilingan. Menejmentning paydo bо’lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog’liq: mashinalashgan ishlab chiqarishning rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarning о’sishi, mulk egasi va tadbirkorning yirik ishlab chiqarishni boshqarishdagi qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir bо’lmay qolishi; katta hajmdagi bozor subyektlarining vujudga kelishi va bozor aloqalarining kuchayishi; boshqaruvga nisbatan kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatning о’sishi va bozor iqtisodiyotining barqarorligi; yirik korporatsiyalarning paydo bо’lishi va shunga kо’ra faqatgina xodimlarning maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmining ortishi va murakkablashuvi; mulkning aksiyadorlar о’rtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari yuzaga kelishi; tadbirkorlarning sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan foydalanishga harakat qilishlari; ijodkor, qiziquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini yaratish istagi. Menejment ikkita asosiy funksiyani bajaradi, ya‘ni u boshqaruv ilmini о’rgatadigan fan, shu bilan birga amaliyotdir. Menejment amaliyoti aniq bir korxonani boshqarish faoliyatida menejment nazariyasi bilimlarini qо’llash hamda aniqlangan natijalarni nazariyani rivojlantirishda qо’llash bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, menejmentning ana shu ikkita shakli boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishda uzviy bog’langandir.
Menejment – hosilaviy fan bо’lib, unda boshqa fanlar natijalaridan ham foydalaniladi (1.1-rasm). Avvalambor, bu iqtisodiy nazariya va alohida xо’jalik tarmoqlari iqtisodiyotidir. 1.1-rasm. Boshqaruv fani bir qator fanlar sintezi sifatida Menejmentning asosi sifatida turli xildagi obyektlarni boshqarish tо’g’risidagi fanlar, xususan: kibernetika, tizimlar umumiy nazariyasi, operatsiyalarni tadqiq etish, tarkibiy-funksional tahlil, shuningdek ishni tashkil etish va personalni
motivatsiyalash muammolarini kо’rib chiquvchi boshqaruv nazariyasi ishtirok etadi. Bunda ayniqsa, psixologiya fani insonlar, ularning birgalikdagi faoliyati jarayonidagi о’zaro munosabatlariga samarali ta‘sir kо’rsatadigan fan sifatida alohida о’rin tutadi. Bunda kompaniya korxonalari jamoasi о’rtasida ijobiy psixologik muhitni yaratish, rahbarlarning korxona personali bilan munosabatlarini oqilona о’rnatilishi, ularni о’zining butun salohiyatini, bilimini korxona oldiga qо’yilgan maqsad va vazifalarni bajarishiga yо’naltira olishi, hamkorlar bilan munozaralarni olib bora olishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Menejment tushunchasini belgilash uchun unga kiruvchi ba‘zi bir holatlarni, eng avval maqsadli mazmunini aniqlab olish darkor. Masalan, boshqaruv tizimining barqaror, ishonchli, istiqbolli va samarali faoliyat yuritishini ta‘minlovchi boshqaruv nazariyasi, ilmiy yondashuvlar, jarayonlar, tamoyillar va usullarni ishlab chiqish menejmentning fan sifatidagi maqsadi bо’ladi. Shu bilan bir vaqtda, menejmentning samarali boshqaruv amaliyoti sifatidagi maqsadi tashkilotning yuqori foydaliligi, raqobatbardoshligi va boshqa maqsadlariga ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonlarni ratsional tashkil qilish va tashkilotning texnik-texnologik bazasini rivojlantirish yо’li bilan erishishdan iboratdir. Boshqaruv nima, ushbu tushunchani qanchalik tо’liq va aniq tarzda ifodalash mumkin? Boshqaruvning yuqorida kо’rib chiqilgan mohiyati ushbu vazifani hal etish imkonini beradi. Biroq, mazkur о’ziga xos aqliy ishning kо’p qirraliligi uning asosiy belgilarini ochib berishga imkon bermaydi. ―Boshqaruv‖ tushunchasining ushbu faoliyatning faqat alohida tomonlarini, jihatlarini aks ettiruvchi 300 ga yaqin turli xil ta‘rifi mavjud. Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iktisodiy-matematik usullarni ishlab chiqilishi, vazifalarning kо’pgina sifat yechimlarini vazifalarning aniq miqdoriy baholari yoki qarorlari bilan tо’ldirish yoki almashtirishga imkon beradi, hisoblash texnikasi va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi esa boshqaruvning samaradorligi oshishiga kо’maklashadi. Hisoblashlarning kо’p mehnat talab qilishi tufayli vaqtning haqiqiy yoki yо’l qо’yiladigan kо’lamlarda hal qilinishi mumkin bо’lmagan kо’pgina masalalar kundalik haqiqat bо’lib qoladi. Umumiy kо’rinishda boshqaruv ikkita obyektning maqsadiga qaratilgan о’zaro hamkorlikdan iborat bо’lib, bunda ulardan biri boshqaruv subyekti о’rnida, boshqasi esa boshqaruv obyekti о’rnida bо’ladi. Bu о’zaro hamkorlik uchun quyidagilar xosdir: boshqaruv subyekti boshqaruv obyektiga ta‘sir kо’rsatish impulslari, ya‘ni boshqaruv buyruqlarini jо’natadi, ular boshqaruv obyekti qanday faoliyat yuritishi haqidagi axborotga ega bо’ldilar; boshqaruv obyekti ushbu buyruqlarni oladi va ularga muvofiq harakat qiladi (1.2- rasm). Boshqaruv subyekti sifatida firmalar bо’limlari va xizmatlari majmuasini yoki alohida bо’linma, yakka shaxs va boshqalarni kо’rib chiqish mumkin. Boshqaruv obyekti sifatida xodim, mehnat jamoasi, tovarlar, resurslar, hujjatlar va h.q. bо’ladi. Masalan, usta uchastkaning ishini tashkil qiladi. Bunda u past darajadagi menejer yoki boshqaruv subyekti, ishchilar esa – boshqaruv obyektlari bо’ladi.
Tashkilotning tijorat direktori bо’linmalarning ishini tashkil qiladi. Bunda u menejer yoki boshqaruv subyekti, kо’rsatilgan bо’linmalar – boshqaruv obyektlari bо’ladilar. Boshqaruvni kо’pincha subyektning obyektga ta‘siri sifatida belgilaydilar, ya‘ni boshqaruv subyektining faoliyatiga tenglashtiradilar. Bunda boshqaruvga subyektning obyektga bir tomonlama ta‘siri sifatida karaladi, bu boshqaruvning mohiyati haqidagi notо’g’ri xulosalarga olib keladi. Dialektik о’zaro aloqa, obyekt va subyektnig birligini ularning subordinatsion joylashuvi bilan almashtirish natijasida boshqaruvning harakatlanuvchi boshlanishi – subyekt va obyekt о’rtasidagi ziddiyat nazardan tashqarida qoladi. Shuning uchun boshqaruv obyektining boshqaruv buyruqlarini bajarishga imkoniyati va tayyorligi kanchalik tо’lii hisobga olinmasin, agar ular faqatgina samaraliroq boshqaruv ta‘sirlarini qidirish uchun asos sifatida kо’rib chiqilsa, boshqaruv imkoniyatlarini baholash boshqaruvni amalga oshirishning haqiqiy imkoniyatlariga adekvat bо’lmaydi. Demak, boshqaruvni faqat boshqaruv subyekti holatida kо’rib chiqish mumkin emas. Subyektning boshqaruv obyekti bilan о’zaro hamkorligi uchun ular о’rtasida majmuaviy xarakterga ega munosabatlar mavjud bо’lishi zarur. Bunda boshqaruvning ayrim darajalaridagi munosabatlarning u yoki bu turi ustunlik qiladi. Iqtisodiy munosabatlarga asoslangan boshqaruv munosabatlari keng tarqalgandir. Munosabatlarning quyidagi ikki turi boshqaruv uchun prinsipial bо’ladi: assotsiatsiyalangan mulk egalarining birgalikdagi faoliyati jarayonida mehnatni taqsimlanishi va kooperatsiyalashuvida vujudga keluvchi munosabatlar va mulk egalari va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchilar о’rtasida vujudga kelgan yollash munosabatlari (tо’lov munosabatlari). Agar bir tomondan boshqaruv subyektida boshqarishga ehtiyoj va imkoniyat, boshqa tomondan esa – boshqaruv obyekti boshqaruv buyruqlarini bajarishga ehtiyoji va imkoniyati bо’lsa, boshqaruv haqiqiy bо’ladi. Subyektning boshqaruvchilik faoliyati bunda, u qanday maqsadlarni kо’zlashiga kо’ra ma‘lum yо’nalishda amalga oshiriladi. Agar boshqaruv maqsadlari subyektning boshqaruv faoliyati jarayonida kо’zlangan maqsadiga mos kelsa, u samarali boshqarishga qaratilgan bо’ladi. Boshqaruv subyektining boshqaruvni amalga oshirish imkoniyati, birinchidan tashkiliy-texnik jihatlari bilan xodimlarda aloqa va axborotlarni uzatishning kerakli kanallari, boshqaruvning talab qilishidagi texnikasining mavjudligi bilan, ikkinchidan, boshqaruv subyektida boshqaruv obyektiga ta‘sir kо’rsatishning, uning yordamida buyruqlarni bajarishga undovchi dastaklarning mavjudligi bilan, ya‘ni boshqaruv obyektining boshqaruv buyruqlarini bajarishga imkoniyati va tayyorligi bilan asoslanadi. Menejment tizim sifatida. Boshqaruv faoliyatining barcha tomonlari obyektiv tarzda о’zaro bog’langan. Shuning uchun qandaydir kichik tizimdagi har qanday о’zgarishlar barcha boshqa kichik tizimlardagi tegishli о’zgarishlarni keltirib chiqaradi Masalan, personalda zarur ishchanlik xususiyatlarining mavjud emasligi funksiyalarning sifatsiz bajarilishiga, samarasiz usullarning qо’llanilishiga, oqilona boshqaruv tamoyillariga amal qilinmaslikka olib keladi. Natijada, maqsadlar ma‘lum ma‘noda amalga oshmay qoladi. Huddi shuningdek, menejment tizimining har qanday tarkibiy qismi umumiy tizim doirasida ishlaydi.
Tizimli yondashuv turlicha obyektlarni shakllantirish, о’rganish va о’zgartirishning umum qabul qilingan metodologik va ilmiy-amaliy uslubidir. Boshqaruv faoliyati, yoki boshqaruv, menejment turli tizimosti unsurlardan tarkib topgan murakkab tizim sifatida qaraladi. Boshqaruv subyekti ham tizim yoki tizimosti, obyekti esa boshqariladigan bо’ladi. Firma, kompaniya, shuningdek korxona ham boshqaruv subyekti – boshqaruv ma‘muriyatidan, hamda boshqaruv obyekti ishlab chiqarish bо’linmalaridan tashkil topadi. Tashkilot – tizimning faoliyati uning tashqi muhit bilan ta‘siri jarayoni sifatida qaraladi. Bunda, mazkur jarayonga tashkilot – tizimning shakllanishi va rivojlanishining ichki qonuniyatlari asosiy ta‘sirni kо’rsatadi. Menejment – bu san‘atdir. Kompaniya menejeri xuddi derijyor orkestrni boshqarganidek, kompaniyaning mavjud resurslaridan samarali foydalangani holda, uni boshqaradi, kompaniyaning rivojlanish yо’nalishlarini belgilaydi. Muvaffaqiyatli menejment menejerlarga bog’liq bо’lgan tо’rtta asosiy omilning mavjud bо’lishini nazarda tutadi. Ulardan birinchisi - menejment nazariyasini, turdosh tashkilotlarni samarali boshqarish borasida tо’plangan tajribani bilish. Ikkinchisi - nazariy qoidalarni boshqaruv bо’yicha amaliy ishda qо’llay olish. Uchinchisi biznesni nazariya va tajribaga muvofiq boshqarishda shijoat, kat‘iylik, tirishqoqlikka ega bо’lish . Tо’rtinchisi - shijoat bilan va samarali boshqarish istagi
Menejment tizimi – bu xususiyatlari u yoki bu obyektni boshqarish maqsadlari va tamoyillarining xususiyatidan kelib chiqib tanlab olinadigan tarkibiy qismlarning muayyan yig’indisi. Boshqaruvning maqsadlari tizimni hosil qiluvchi qism sifatida ishtirok etadi. Metodologiyadan kelib chiqib, bu shuni anglatadiki, umuman olganda, maqsadlarga butun menejment tizimi va alohida tarzda uning har bir tarkibiy qismi mos kelishi kerak. Bundan tashqari, tizimning har qanday tarkibiy qismi ham qolgan tarkibiy qismlarning har biriga mos kelishi lozim. Menejment tizimida insonlar - boshqaruv subyektlari tomonidan oldinga qо’yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun shakllantiriladi, biroq u obyektiv xususiyatga ega, chunki qonunlar va tamoyillarga asoslanadi. Boshqaruv faoliyati mazmunan, menejment tizimining quyidagi tarkibdagi unsurlarini о’z ichiga oladi Menejmentga zamonaviy yondashuvlar. Zamonaviy menejmentni tavsiflovchi asosiy belgisi uning an‘anaviy boshqaruvdan tubdan farqlanishidir. Menejmentga tizimli yondashuv nisbatan yaqindan qо’llana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta‘sirini tо’liq darajada baholashning iloji yо’q. Shunga qaramasdan, bugungi kunda uning ta‘siri juda katta va bundan keyin ham u о’sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va nazariyalarni sintez qilish mumkin bо’lar. Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qо’llashlari uchun tashkilotni о’zgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga о’zgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida turli xil maqsadlarga erishishga harakat qilayotgan insonlar, tuzilma, vazifalar, texnologiya kabi о’zaro bog’langan elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak bо’ladi. Bugungi kunda menejmentda vaziyatli yondashuvdan ham keng foydalanilmoqda. Vaziyatli yondashuv buyurilgan tavsiyalarning oddiygina yig’indisi emas, balki, tashkiliy muammolar va ularning yechimlariga nisbatan fikrlash usulidir. Undan foydalangan holda, rahbarlar aniq vaziyatlarda qaysi usullar tashkiliy maqsadlariga erishishga kо’proq darajada yordam berishini tushunib olishlari mumkin. Shuning uchun tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishish uchun aniq usullar va konsepsiyalarni ma‘lum vaziyatlar bilan bog’lash zarur. Vaziyatli yondashuvda e‘tibor tashkilotlar va tashkilotlarning о’zlarining ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyatli о’zgaruvchan vaziyatlar va ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta‘sirini aniqlash zarur bо’ladi. Zamonaviy menejmentda jarayonli yondashuvning ham о’rni katta. Ushbu yondashuvga kо’ra, boshqaruv uzluksiz о’zaro bog’liq harakatlar jarayoni sifatida kо’rib chiqiladi, ularning har biri ham, о’z navbatida bir necha о’zaro bog’langan harakatlardan iborat bо’ladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror qabul qilishning bog’lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik mustaqil faoliyat sifatida kо’rib chiqiladi. U xodimlarga ta‘sir kо’rsatishning shunday imkoniyatini kо’zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yо’nalishida mehnat qilsinlar. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, boshqaruv fikri doimiy ravishda rivojlanib borgan, bu tashkilotlarni samarali boshqarish haqidagi yangi g’oyalarni tug’ilishga yordam bergan. Har bir yondoshuv yoki maktabning vakillari faraz qilganlarki, ular tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishishga kalit topa olganlar. Ammo, sо’nggi tadqiqotlar va boshqaruv amaliyotining kо’rsatishicha, bu tadqiqotlar boshqaruv jarayonining faqat ayrim tomonlariga tegishli bо’lgan, olingan natijalar esa faqat ma‘lum vaziyatlar uchungina tо’g’ri bо’lgan. Bundan tashqari, boshqaruv amaliyoti hamma vaqt ham tegishli nazariy fikrga qaraganda murakkabroq, chuqurroq va turli tumanliroq bо’lgan. Vaqti - vaqti bilan tadqiqotchilar boshqaruv jarayonining yangi, oldin noma‘lum bо’lgan tomonlarini ochganlar va mustahkam bо’lib kо’ringan, ammo notо’g’ri qarashlarni kо’rsatib berganlar. Shunga qaramasdan ushbu tadqiqotchilar boshqaruv fanini rivojlanishiga bebaho hissa qо’shganlar.



  1. Download 210.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling