Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi


Download 210.99 Kb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi210.99 Kb.
#1370485
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Turg\'unaliyev S


Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi
203-guruh talabasi Turg’unaliyev Samandarning
Menejment, marketing fanidan
KURS ISHI
Mavzu:”Tizimli” yoki zamonaviy menejmentning mohiyati.





Tayyorladi: Turg’unaliyev.S
Tekshirdi: Shokirova.G______
Andijon-2023
Reja:


Kirish………………………………………………………........3
1. Menejment: asosiy qoidalar. Zamonaviy menejment tarixi....5
2. Zamonaviy menejmentda marketingni boshqarish.................12
3. Mamlakatimizda boshqaruvning rivojlaninshi va zamonaviy menejmentning xorijjy modellari......................................................17
Xulosa...........................................................................................31

Kirish.

Har qanday sohaning rivoji boshqaruvning tashkil qilinganligi va boshqaruvning samaradorligiga bog’liq. Ba‘zi hollarda boshqaruvni iqtisod sohasida samarador qilish tamoyillari, mukammalligi va usullarini ishlab chiqilishiga urg’u beriladi. Bu alohida e‘tibor, iqtisodchilarning о’z mutaxassisliklari nuqtai-nazaridan istiqbolga yо’nalishi deb qabul qilingan. Ta‘lim sohasida boshqaruvga nisbatan tizimli yondoshish, uning mukammal tamoyillari, usullari va uslubiyatlarini ishlab chiqib, boshqaruvni samarador qilish jamiyatning istiqbolini belgilashi nuqtai-nazaridan benihoya muhimdir. Shu bilan birga, boshqaruvning har qanday sohadagi rivoji va yutug’i bu boshqaruv faoliyat yuritayotgan muayyan davlatning siyosatiga bog’liq bо’ladi. Mamlakatimizning istiqboldagi rivojlanishini belgilab bergan ―2017-2021 yillarda harakatlar strategiyasi‖ boshqaruvi davrida ham, О’zbekistonning tinchlik, havfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti davrida ham, xalqaro integratsiyadagi faol hamkorligi yanada kuchayadi. Hayotimizga kirib kelayotgan kо’plab xalqaro zamonaviy tajribalar, texnologiyalar zamonaviy boshqaruv mutaxassislarini talab qilmoqda. Bu yо’nalishda oliy ta‘limda ―Tizimli menejment nazariyasini mukammal о’rganish muhim ahamiyatga ega. Har qanday fanni о’rganish uning tadqiqot obyektini belgilashdan boshlanadi. Fanning tadqiqot – о’rganish obyektlari qanchalik mukammal, atroflicha belgilangan bо’lsa, fanning maqsadi va vazifalarini qо’yish osonlashadi, о’rganuvchi uchun tushunarli bо’ladi. Fanning о’rganish obyektlari esa, fan shakllanishi jarayonida yoki insoniyatning hayotiy talablari asosida kelib chiqishidagi dolzarblik masalalari, muammolarining kо’payib, kuchayib borishi natijasida tabiiy yoki sun‘iy holatlar, vaziyatlar bо’lishi mumkin. Hayotimizga kirib kelayotgan ―Tizimli menejment nazariyasini ham iqtisodiyotni samarali boshqarishning ehtiyoji natijasida kelib chiqqan gumanitar, ijtimoiy, iqtisodiy va amaliy fanlardan hisoblanadi. Hozirda kunda davlatimizning xalqaro integratsiyada jadal rivojlanayotganligi, xalqaro miqyosdagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borayotganligi, milliy mahsulotlarni ishlab chiqish va ularning sifatini jahon andozalarida tayyorlash, kirib kelayotgan investitsiyalar bilan hamkorlikda ishlashning talablari va zarurati yuzasidan tashkilotlar qanday va qaysi tizimda bо’lishidan qat‘iy nazar о’z faoliyatida eng kam xarajatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishishi uchun tizimli menejmentning tamoyillari va usullarini izchil о’rganishlari va amaliyotda foydalanishlari lozim bо’lmoqda. Bu yо’nalishda zamonaviy menejerlarni tayyorlash ehtiyojlarini ham hisobga olish juda muhim vazifalardan hisoblanadi.






  1. Download 210.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling