Iqtisod va pedagogika universiteti
Download 86.37 Kb.
|
Plagiat
Hammualliflik - adabiyot, ilm-fan yoki sanʼat asarlariga boʻlgan mualliflik huquqinnnt yoxud biror-bir kashfiyotga nisbatan mualliflik huquqining ikki yoki undan ortiq shaxsga baravar aloqadorligi. Mualliflik huquqidan foydalanish hammualliflarning oʻzaro kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Mukofot berilishi ham shu kelishuv asosida yoki mavjud qonunchilik asosida koʻrib chiqiladi. Oʻrtadagi kelishmovchilik yoki nizoli munosabatlar sud orqali hal qilinadi.
Mualliflik huquqi bosma mashina ishlab chiqilib, jamoat orasida koʻproq oʻqiy oladigan insonlar koʻpaymagunicha paydo boʻlmagan. Huquqiy konsepsiya sifatida mualliflik huquqi tarixi oʻn sakkizinchi asrda bosmahonalar of Anne) eng dastlabki haqiqiy mualliflik huquqi qonuni boʻlib, bosmahonalarga maʼlum muddatga huquqlar bergan. Mualliflik huquqi kitob va xaritalar nashr etilishini tartibga soluvchi huquqiy konsepsiyadan hozirgi kunga kelib deyarli har bir zamonaviy sohada oʻz taʼsirini oʻtkaza oladigan huquq sohasiga aylandi. Angliya qiroli Charlz II tartibga solinmagan kitob nusxa qilinishidan havotirga tushib, oʻz qirollik kuchidan foydalanib 1662 yilda Litsenziyalash Qonuni (Licensing Act) kuchga kiritadi. Anna Qonuni (The Statute of Anne) eng dastlabki haqiqiy mualliflik huquqi qonuni boʻlib, bosmahonalarga maʼlum muddatga huquqlar bergan. Mualliflik huquqi kitob va xaritalar nashr etilishini tartibga soliflik huquqi huquqiy konsepsiyadan hozirgi kunga kelib deyarli har bir zamonaviy sohada oʻz taʼsirini oʻtkaza oladigan huquq sohasiga aylandi. 1886 yilgi Bern Konvensiyasi dastlab suveren millatlar orasida oʻzaro mualliflik huquqlarini tan olish uchun paydo boʻlgan edi. Bern Konvensiyasiga koʻra, kretiv asarlar tan olinishi yoki eʼlon qilinishi shart emas, chunki, ular paydo boʻlishi bilan avtomatik tarzda mualliflik huquqi himoyasi ostiga oʻtishadi. Muallif Bern Konvensiyasiga a'zo davlatlar miqyosida oʻz mualliflik huquqlari uchun roʻyhatdan oʻtishiga hojat yoʻq. Uning asari biror bir moddiy manbada muhrlangan (qogʻozga, diskka, toshga, rasmga va h.klarga yozilgan) ekan, muallif oʻz asari va undan yaratiladigan barcha asarlarga (derivative works) avtomatik tarzda huquqlarga ega boʻladi. Bu huquqlar mualliflik huquqi muddatining tugashi yoki muallifning oʻz roziligiga koʻra oʻzgartilishi, tugatilishi mumkin. Bern Konvensiyasining qabul qilinishi yana, chet el mualliflarining mahalliy mualliflar bilan oʻzaro teng huquqlarga ega boʻlishini taʼminladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bern Konvensiyasini 2005 yil 19-aprelda imzoladi. Birlashgan Qirollik Konvensiyani 1887 yilda imzolagan boʻlsada, uning kuchga kiritilishi 1988 yilda, deyarli yuz yil oʻtgach Mualliflar huquqi, Dizayn va Patent Qonuni (Copyright, Designs and Patents Act of 1988)ning qabul qilinishi bilan birga amalga oshdi. AQSH Konvensiyani 1989 yilda imzoladi. Bern Konvensiyasi qoidalarining Jahon Savdo Tashkilotining TRIPS shartnomasiga inkorporatsiya qilinganligi uni amalda butun dunyo boʻylab keng tarqalishiga olib keldi. Download 86.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling