Бола ҳУҚУҚлари тўҒрисида конвенция
Download 117 Kb.
|
Bola huquqlari to’g’risida konvensiya ref
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konvensiya kompleks xarakterga ega, ya’ni bolalar uchun inson huquqlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy singari barcha sohalarini ta’min etadigan yagona konvensiyadir.
Bola huquqlari to’g’risida konvensiya Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya — bolalar huquqi to‘g‘risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to‘la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyab.da bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959 yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat o‘zida mavjud bo‘lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zida mujassamlashtirgan.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. dunyoning barcha mintaqalaridagi xalklar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‘at yoshi birmuncha erta belgilangan bo‘lmasa, 18 yoshga to‘lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquklari yig‘indisidan iborat. U bolalar o‘zining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sog‘lig‘i va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega bo‘lish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga kura, bola o‘zining kamol topishida o‘zi faol ishtirok etish, o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sog‘lom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan boglits huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va otaonaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dek.da qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruza 1997 yilda tayyorlandi. Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya bolalar huquqlarini hamma joyda amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan inson huquqlari borasidagi xalqaro shartnoma hisoblanadi. U, qariyb butun jahon hamjamiyatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Hukumatlar ushbu konvenseyani ratifikatsiya qilganlarida, bu bilan o’z zimmalariga uni bajarish bo’yicha rasmiy va oshkora yuridik majburiyat oladilar, ular bolalar huquqlarini himoya etishga va qo’llashga, shuningdek, bu ishga konvensiya moddalariga muvofiq yordamlashishga kirishadilar. O’n nafar mustaqil, saylab qo’yiladigan inson huquqlari bo’yicha xalqaro ekspertdan tashkil topgan BMTning Bolalar huquqlari bo’yicha qo’mitasi mazkur huquqlarga amal qilinishini tekshirib turish ishlarini amalga oshiradi. Konvensiya kompleks xarakterga ega, ya’ni bolalar uchun inson huquqlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy singari barcha sohalarini ta’min etadigan yagona konvensiyadir. Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning asosiy prinsiplariga muvofiq bolalar “ularning ota-onalari va boquvchilarining irqlari, terisining ranglari, jinslari, tillari, dinlari, siyosiy va boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishlari, moddiy mavqelari, sog’-salomatliklari va tug’ilganliklari hamda qanday bo’lmasin, boshqa holatlardan qat’iy nazar” kamsitishlarga yo’l qo’yilmaydi. (2-modda); bolalar o’z hayotlarining barcha jabhalarida, jumladan, jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va madaniy sohalarda yashash va rivojlanish huquqiga egadirlar (6-27-moddalar); har bir kichkintoy yoki barcha bolalarga tegishli hamma qarorlar yoki harakatlarda bolalarning manfaatlari hisobga olinishi kerak. (3-modda); bolalar tinch yig’ilishlar o’tkazish, o’zlarining hayotlariga bog’liq barcha ishlarda faol ishtirok etish, fikr-mulohazalarini erkin ifoda etish va o’z qarashlariga jiddiy munosabatda bo’lish huquqlariga egadirlar. Bola huquqlari davlat himoyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida 25-iyul kuni bola huquqlarini ta’minlashga oid milliy qonunchilikka xalqaro standartlarni joriy etish borasida O‘zbekiston tajribasiga bag‘ishlangan xalqaro amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Oliy sud va BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Oliy sud hamda viloyat sudlarining sudyalari, vazirlik va idoralar xodimlari, huquqshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Qo‘chqor Tog‘ayev, YuNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich va boshqalar O‘zbekistonda sud-huquq tizimi izchil isloh etilayotganini, bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalarning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi, zamonaviy bilim olishi, o‘z qobiliyat va iqtidorini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bolalar huquqlari himoyasini yanada yaxshilash, ularni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash mustahkam huquqiy asosga ega. Bu sohaga oid beshta xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilingan, o‘ndan ortiq qonun qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasida ekani kafolatlangan. Mamlakatimizda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasi talablari, O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunida nazarda tutilgan maqsad va vazifalar hayotga izchil joriy etilmoqda. Bu sohadagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy qilish va qonunchilikni takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslar, shu jumladan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktika qilinmoqda, sudlarda va boshqa muassasalarda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyalanayotir. Mamlakatimiz Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi (Jeneva, 1973-yil 26-iyun) hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini ta’qiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyalarga (Jeneva, 1999-yil 17iyun) ham qo‘shilgan va bu boradagi o‘z majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Tadbirda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida bu ishlar yanada yuqori darajaga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Ishtirokchilar O‘zbekistonda bolalar huquqlariga oid qonunchilik doimiy takomillashtirib borilayotgani, qonun ijrosi nazorati yo‘lga qo‘yilganini qayd etdilar. – O‘zbekistonda inson huquqlari tizimida faoliyat yurituvchi qator vazirlik va idoralar, tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishman, – dedi bola huquqlari bo‘yicha ekspert Renate Vinter (Avstriya). – Mamlakatingizda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasi hayotga to‘la tatbiq etilayotgani, bu borada mustahkam huquqiy baza mavjudligi e’tiborga molik. Bu yo‘nalishda O‘zbekiston qonunchiligining doimiy takomillashtirib borilayotganini, sohada xalqaro hamkorlikka katta e’tibor qaratilayotganini alohida qayd etishni istardim. Mazkur seminar o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan fikr va tajriba almashish imkonini berganidan juda xursandman. Seminarda bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda milliy qonunchiligimizning o‘rni, bu boradagi qonunchilik tizimiga joriy etilayotgan xalqaro standartlar xususida so‘z yuritildi. Sohada qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani, sud mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bu borada xalqaro tajribani o‘rganishga oid masalalar muhokama qilindi, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Bola huquqlari kafolatlarining me’yoriy-huquqiy asoslari. Jamiyat rukniga tomonidan joylashtirildi - 2 017 marta ko‘rilgan REJA: 1. Bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro huquqiy asoslari. Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi (1924 yil), BMT Ustavi (1945 yil 24 oktabr), Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi (1948 yil 10 dekabr), 1959 yil 20 -noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Bola huquqlari Deklaratsiyasi” hamda 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiyada ko’zda tutilgan tamoiyillar. 2. Bola huquqlariga oid milliy qonun hujjatlari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (ko’chirmalar), 2008 yil 7- yanvardan kuchga kirgan № 139- sonli “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 3. Odam savdosi asr muammosi. 2008 yil 17- apreldan kuchga kirgan, № 154-sonli “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8-iyuldagi № 911-sonli “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligigni oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori. Konvensiya, deklaratsiya, Pakt, Protokol, “Pekin Qoidalari”, “Ar-Riyod dasturiy prinsiplari”, “Tokio qoidalari”, Bola va uning huquqlari haqida tushuncha, bolaning qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik tushunchasi, bola huquqlari kafolatlarining xalqaro me’yorlari, bolalar pornografiyasi, yetim bola, bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha davlat siyosati. Odam savdosi, odam savdosi bilan shug’ullanuvchi shaxs, odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha davlat organlari va ularning vazifalari. Odam savdosiga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralari. Bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro huquqiy asoslari. O’zbekiston mustaqillikkka erishgach inson huquqlarini himoya qilish borasidagi xalqaro huquq normalaridan 70 tasiga qo’shildi, ya’ni O’sbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yuqoridagi xalqaro huquq me’yorlari ratifikatsiya qilindi. Ratifikatsiya- lotincha “ratus” - “tasdiqlangan” va “facere” – “qilmoq” so’zlaridan olingan bo’lib, xalqaro shartnoma yokibitimlarni oliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanishi. Bola huquqlarini himoya qilish yuzasidan ilk xalqaro me’yoriy huquqiy hujjat 1924 yil Jenevada qabul qilingan “Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasi” hisoblanadi. 1945 yil 24 oktabrda qabul qilingan Birlashgan millatlar tashkilotining Ustavi, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, 1959 yil 20 noyabrda qabul qilingan BMT ning “Bola huquqlari delaratsiyasi”, 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari Konvensiyasi” (yuqoridagi xalqaro huquq normalari 1991-1992 yillar ratifikatsiya qilingan), 1965 yil qabul qilingan “Irqiy kamsitishlarga qarshi xalqari Bill”, 1966 yil qabul qilingan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’grisidagi xalqaro Pakt” (1995 yil ratifikatsiya qilingan), BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO’G’RISIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Qonunchilik Palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma’qullangan. 2008 yil 7 yanvardan kuchga kirgan. 4 ta bob, 32 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO’YICHA DAVLAT SIYOSATI •Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; •Bolaning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish; •Bolaning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik; •Bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; •Bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash; •Bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish; •Bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko’maklashish; •Bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag’rikenglik va tinchliksevarlik tuyg’ularini tarbiyalash; •Bolani O’zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish; •Bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish. Bola huquqlari òO‘G‘risida konvensiya 2 m u q a d d I m a BOLA HUQULARI Kirish
“...Inson huquqlari kodeksini himoya etish bilan
Uch mingyillik boshlariga kelib, inson huquqlari muammosi bugunga qadar kutulmagan sur’atda keskinlashib ketdi. Hozirgi kunga qadar bir savol muammoni hal qilishda kundalangligicha turib: inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq nimani anglatadi va uning zamirida yuzaga kelgan bola huquqlari qanday darajada ahamiyatga molik deya dolzarb mavzu sifatida topildi. Ushbu muammolarning yechimini topish maqsadida, inson huquqlarini xalqaro huquq darajasida o’z o’rniga ega deb topgan holda, uni xalqaro huquqiy tadqiqotlarda yangi yo’nalish bo’lib, hozirgi xalqaro ommaviy huquqning eng muhim va eng izchil rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biridir deb tan olindi. Jahon hamjamiyati tomonidan inson huquqlariga tayangan holda bola huquqlarining ham o’z e’tiborga molik jihatlarining mavjudligi va bolalarning huquq va erkinliklari buzilishi natijasida ularni himoya qilish maqsadida universal xarakterdagi xalqaro huquqiy hujjat tasdiqlanishiga olib keldi. Bola huquqlari to’g’risida konvensiya 1989 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan bo’lib, BMTning a’zo-davlatlari tomonidan bolalarning ta’lim olish, madaniy yutuqlardan foydalanish, mehnat va dam olish va bolalarga boshqa ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan huquqlarni tartibga soluvchi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi. Mazkur konvensiya bola huquqlarini xalqaro huquq miqyosida tartibga soluvchi birinchi va asosiy xalqaro huquqiy hujjat deb e’tirof etilgan. Hujjat 54-moddadan iborat bo’lib, tug’ilganidan to 18 yoshgacha bo’lgan fuqarolarning barcha huquqlarini tartibga soluvchi asos sifatida tan olinadi. Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya AQSH va Somalidan tashqari Vatikan va BMTning barcha a’zo davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ushbu mavzu hozirgi kunda dunyo davlatlari tomonidan bola huquqlarini qanday himoya qilinayotganli va ularga ko’rsatilayotgan huquqiy yordan Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaga asoslanib amalga oshirilayaptimi yoki yo’q degan aktual ko’rinishdagi masala ekanligi uchun bu mavzuni tanladim. Kurs ishini yozishdan oldin oldinga qo’yilgan vazifalar quyidagilardan iborat: 1. Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyani o’rganish; 2. Uning inson huquqlari va xalqaro ommaviy huquqdagi o’rnini bilish; 3. Mavjud xalqaro huquqiy me’yorlarning bola huquqlarini himoyasiga qo’shgan hissasi; 4. Bola huquqlarini muhofazasini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar va milliy institutlar faoliyati; 5. Shuningdek Bola huquqlari to’g’risida Konvensiya normalarining milliy qonunchilikdagi aksi. Belgilangan vazifalardan maqsadga kelsak: Bola huquqlarini to’g’risidagi normalarning barcha davlatlar uchun imperativ tusdagi norma ekanligidir. Tanlangan kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyatiga to’xtalib otadigan bo’lsak, nazariy jihatdan bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro va milliy qonunchilikni o’rganish, amaliy jihatdan esa hayotda yuzaga keladigan bola huquqlari buzilganida ushbu qat’iy belgilangan normalarni qo’llashdir. Quyida biz Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya va unga bog’liq bo’lgan masalalar bilan tanishib chiqamiz. Bola huquqlarining inson huquqlari tizimidagi o’rni Inson huquqlarini umumiy va sof holda e’tirof etish, uni mustahkamlashga va shu huquqlarnining xalqaro – huquqiy tartibga solishning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishiga zamin yaratdi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro tizimi yaratildi. Bu harakatni birinchi bo’lib BMT va uning ixtisoslashgan organlari va mintaqaviy hukumatlararo tashkilotlar tomonidan amalga oshirildi. Hozirgi paytda inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq 80 dan ortiq umumjahon va mintaqaviy konvensiyalarni o’z ichiga oladi. Ushbu hujjatlar a’zo davlatlar uchun imperativ norma hisoblanadi va bu bilan ular “qat’iy huquq”ni hosil qiladi. Inson huquqlari sohasida xalqaro standartlar, institut va mexanizmlar, tartib - qoidalar rivojlanib borayotganiga qaramay, inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq muammolarini ilmiy ravishda ishlab chiqiladigan ishlar ko’p. Xuddi shunday inson huquqlarining bir tarmog’i sifatida bola huquqlarini keltirishimiz mumkin. Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrida qabul qilinib, 1990 yil 2 sentabrida kuchga kirgan. Mazkur Konvensiyaning bosh maqsadi faol manfaatlarini iloji boricha kengroq va atroflicha himoya qilishdan iborat. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan a’zo davlatlarning bolalariga ularning yashsab turgan davlatlarining ijtimoiy hayotida faol va ijobiy ko’rinishdagi Jismoniy va aqliy sur’atda voyaga etmagan bolalarni muhofazasini ta’minlash maqsadida ota – onalar, erkak va ayollarni alohida shaxs sifatida, turli tashkilotlar, mahalliy o’zini –o’zi boshqarish organlari, milliy hukumatni inson huquqlarini tartibga solishni nazarda tutgan holda xalqaro huquqiy va milliy qonunchilik normalariga rioya etishni talab qiladi. 1948 yilda Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida himoya va e’tibot ob’yekti sifatida tan olinishi ko’zda tutilgan. Shu davrdan boshlab BMT bola huquqlarini universal xarakterga ega bo’lgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktlarda, shuningdek, 1989 yildan qabul qilingan Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaga asoslanib himoya qilinishi nazarda tutilgan. Konvensiya 1989 yilda qabul qilinganiga qaramay bugungi kundagi bola huquqlari bilan moslashtirilgan holda adolatli va ijtimoiy gumanitar tartibni o’rnatish va barcha a’zo davlatlar uchun bir xil yuridik ahamiyatga ega ekanligi insonni qoyil qoldiradi. Konvensiyaning asosiy maqsadi bola manfaatlarini yuqori darajada muhofaza qilish, shuningdek uni ratifikatsiya qilgan davlatlar tomonidan ularga sharoit yaratgan holda bolalarning o’z yashab turgan davlatining ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok e’tishini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur konvensiya voyaga etmaganlar huquqini muhofazasi va tartibga solishning xalqaro standartlarini, bolalarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf qilishni nazarda tutib, bolalarning kompleks huquqlari: erkinligi va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishda davlatlar tomonidan aniq majburiyatlari belgilangan. 1992 yilda ushbu Konvensiyaga O’zbekiston Respublikasi ham a’zo bo’ldi. Unga muvofiq 18 yoshga to’lmagan barcha insonlar bola sifatida tan olinadi. Huquqga bo’lgan layoqat tug’ilgan paytdan boshlanadi. Aynan shunday norma O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Oila kodeksida va boshqa normativ hujjatlarda aks ettitilgan. Huquq umumtusdagi xarakterga ega hisoblanadi, ya’ni uni hech kim olib qo’yish huquqiga ega emas, qonunda ko’rsatilgan istisnolardan tashqari. Mazkur Konvensiya bola huquqlarini ta’minlab berishda asosiy universal hujjat hisoblanadi. Uning I qismida: Ø “bola” tushunchasiga ta’rif beradi va bola manfaatlari jamiyat oldida alohida ahamiyatga ekanligini belgilaydi (1-4 modda); Ø bolaning yashash, ism tanlash, fuqarolik, ota-onasini bilish, ularning tarbiyasini olish hamda ulardan ayrilmaslik, ota-onalarning farzandlarini oldidagi burchini belgilaydi (5-11 modda); Ø bolaning o’z qarashlari va fikrlarini erkin ifoda etishi, vijdon va din erkinligi, assotsiatsiya va yig’inlarga qo’shilishi, ommaviy axborot vositalarini tarqatishga bo’lgan huquqlarini belgilaydi (12-17 modda); Ø alohida toifadagi bolalar huquqlarini, shuningdek bunday bolalarni muhofaza qilish va yordam ko’rsatishda a’zo davlatlarning majburiyatlarini belgilaydi (18-27 modda); Ø bolalarning jismoniy, aqliy, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishida muhim bo’lgan yashash sarajasini, shuningdek bolaning ta’lim olish, ish vaqti va dam olish vaqtini belgilaydi (28-31 modda); Ø bolani ekspluatatsiya qilish, ularni giyohvandlik moddalarini g’ayriqonuniy ravishda iste’mol qilishi, shaxvoniy maqsadlarda foydalanish, bolani o’g’irlash va sotishdan himoya qilish maqsadida davlatlarning majburiyatini belgilaydi (32-36 modda); Ø jazoni ijro etish muassasalariga tushgan, shuningdek qurolli mojarolar va urush davrida bola huquqlarini belgilaydi (37-41 modda); II qismida: Ø konvensiyaning asosiy mazmunidan xabardor qilish usullari va bolaning 12 yoshdan mehnat qilishga bo’lgan huquqini belgilaydi (42-45 modda). Bola huquqlari bo’yicha Qo’mitaning tuzilishi, funksiyasi, huquq va majburiyatlari haqida qoida ham nazarda tutilgan. III qismda: Ø muammoli vaziyatlar yuz bergan taqdirda Konvensiyaning huquqiy normalarisa asoslanib hal qilish belgilangan (46-54). Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya kirish ochiqligi bois dunyoning barcha davlatlari a’zo bo’lib kirishi bilan BMTning boshqa konvensiyalaridan farq qiladi. Mana shuninguchun BMT a’zosi hisoblanmagan Vatikan ham ushbu konvensiyaga a’zo bo’lgan. Bola huquqlari deklaratsiyasida o’rnatilgan muayyan o’nta prinsipdan farqli o’laroq Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya bolaning ijtimoiy va huquqiy sohadagi eng minimal normalarigacha belgilab berdi. Bu normalar esa konvensiyani ratifikatsiya qilgan barcha davlatlar tomonidan amal qilish majburiyatini yuklaydi. Konvensiya bolaning nafaqat ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy, ayni damda uning fuqarolik va siyosiy huquqlarini yanada to’liq ravishda o’rnatilgan birinchi xalqaro hujjat hisoblanadi. Konvensiyaning yana bir muhim jihati shundaki, bola huquqlari ilk marotaba xalqaro huquqda alohida kuchga ega bo’ldi. Demokratik prinsip va institutlarga tayangan holda hayotimizning barcha sohalariga kirib kelayotgan konvensiyaning qat’iy normalarini e’tiborga olgan holda yurtboshimiz I.A.Karimovning Oliy Majlisning XIV sessiyasida so’zlagan ma’ruzasida jamiyatda ayollar va yoshlarning o’rnini yanad ko’tarish muhimligini ta’kidlab o’tdi. Biz faol va doimiy ravishda bolalarimizning hayoti, ularning diniy, ma’naviy va jismoniy sog’ligi uchun kurashishimiz darkor deb alohida urg’u berganlar. Bundan kelib chiqadiki bola huquqlari muhofazasi nafaqat milliy balki xalqaro sur’atdagi global ahamiyatga molik masala ekanligi fikrimizning isbotini tasdiqlaydi. Bola huquqlari inson huquqlarining asosiy bo’g’ini bo’lib, boshqa so’z bilan aytganda aynan bola huquqlaridan boshlanadi. Download 229.35 Kb. bet 1/4
Hajmi 229.35 Kb. 1 2 3 4 A S O S I Y Q O I D A L A R N I N G Q I S Q A C H A NORASMIY BAYONI M U Q A D D I M A BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA 3 I QISM 1- m o d d a “BOLA” ÒUSHUNCHASI ÒARIFI K A M S I Ò I S H L A R G A B A R H A M B E R I S H BOLA HUQUQLARINI YAXSHIROQ ÒAMINLASH BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA 4 H U Q U Q L A R N I A M A L G A OSHIRISH OILA ÒARBIYASI VA BOLANING RIVOJLANIB B O R A Y O Ò G A N QOBILIYAÒLARI OMON YASHASH VA RIVOJLANISH O‘ZIGA XOS XUSUSIYAÒLARNI SAQLAB QOLISH BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA 5 OÒA-ONADAN AYRI Y A S H A S H BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA 6 G ‘ A Y R I Q O N U N I Y KO‘CHIRISH VA QAYÒARIB BERMASLIK B O L A N I N G D U N Y O Q A R A S H I FIKR, VIJDON VA DIN ERKINLIGI BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA 7 BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA 2
M U Q A D D I M A Ushbu Konvensiyaga ishtirokchi-davlatlar, Birlashgan Millatlar Òashkiloti Nizomida e'lon qilingan tamoyillarga muvofiq, jamiyat barcha a'zolarining o‘ziga xos bo‘lgan qadr-qimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzasida erkinlik, adolat va tinchlikni ta'minlashning asosi ekanligi e'tirof etilganini hisobga olib, Birlashgan Millatlar Òashkilotining xalqlari Nizomda insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha'ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e'tiborga olib,
Birlashgan Millatlar Òashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur hujjatlarda ko‘rsatib qo‘yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday tafovutdan qat'i nazar, ega bo‘lishini e'lon qilganligi va rozilik bildirganligini e'tirof etib, Birlashgan Millatlar Òashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e'lon qilganligini eslatib, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a'zolari, ayniqsa, bolalar o‘sib-ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta'minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e'tirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Òashkiloti Nizomida e'lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr- qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMÒning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida e'tirof etilganligini e'tiborga olib, Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, «bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo‘lsa, maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj» ekanligini e'tiborga olib, Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda A S O S I Y Q O I D A L A R N I N G Q I S Q A C H A NORASMIY BAYONI M U Q A D D I M A Muqaddimada Birlashgan Millatlar Òashkilotining dasturiy prinsiplari va inson huquqlariga doir bir qancha tegishli faktlar va deklaratsiyalarning muayyan qoidalari tilga olingan. Unda bolalar o‘z ehtiyojmandligidan kelib chiqib maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka muhtoj ekani ta'kidlangan, bolalarni himoyalash borasidagi asosiy g‘amxo‘rlik va mas'uliyat oilalar zimmasida ekaniga alohida e'tibor qaratilgan. Unda, shuningdek, bolani tug‘ilguncha va tug‘ilganidan keyin ham huquqiy va boshqa jihatlardan munosib darajada himoyalash zarurligi, bola mansub bo‘lgan xalqning madaniy qadriyatlarini hurmat qilish zarurligi hamda bola huquqlarini himoyalash ishida xalqaro hamkorlik hayotiy muhim ahamiyatga egaligi o‘z tasdig‘ini topgan.
BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA
3
doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Òashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risida deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e'tiborga muhtoj ekanliklarini e'tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an'analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e'tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar: I QISM
1- m o d d a
Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi. 2- m o d d a 1. Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada o‘z ta'sir doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan qat'i nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta'minlab beradilar. 2. Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a'zolarining qarashlari yoki e'tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta'minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar. 3- m o d d a 1. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta'minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma'muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-yo‘qmi, bundan qat'i nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta'minlanishiga birinchi darajali e'tibor beriladi. 2. Ishtirokchi-davlatlar o‘z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta'minlash, bunda uning ota- onasi, vasiysi yoki qonun bo‘yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e'tiborda tutishni hisobga oladilar hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma'muriy chora-tadbirlarni ko‘radilar. “BOLA” ÒUSHUNCHASI ÒA'RIFI
18 yoshga to‘lmagan shaxs bola
deb e'tirof etiladi, milliy qonunlarga muvofiq balog‘at yoshi sifatida yanada kichikroq yosh belgilangan holatlar bundan mustasno. K A M S I Ò I S H L A R G A B A R H A M B E R I S H Barcha huquqlar barcha bolalarga istisnosiz ravishda, birdek tegishlidir. Davlat bolani kamsitishning har qanday shakllaridan muhofaza etishga va uning huquqlarini himoyalash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga majbur. BOLA HUQUQLARINI YAXSHIROQ ÒA'MINLASH Bolaga nisbatan barcha xatti- harakatlarda to‘laligicha uning manfaatlari hisobga olingan bo‘lishi kerak. Ota-onasi yohud zimmasiga shunday mas'ulyat yuklatilgan boshqa shaxslar bolaga g‘amxo‘rlik qilmagan taqdirda, davlat bola to‘g‘risida tegishlicha g‘amxo‘rlikni ta'min etishi zarur. BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA 4
himoya qilish uchun mas'ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qo‘yilgan me'yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me'yorlarga javob berishlarini ta'minlaydilar. 4- m o d d a Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e'tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma'muriy va boshqa choralarni ko‘radilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi- davlatlar bunday choralarni o‘zlarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar yuqori darajada zarurat tug‘ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladilar. 5- m o d d a Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila a'zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko‘zda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun bo‘yicha bola tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada e'tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga muvofiq holda bajarishdagi mas'uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar. 6- m o d d a 1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e'tirof etadilar. 2. Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar. 7- m o d d a 1. Bola tug‘ilgan zahoti ro‘yxatga olinadi va tug‘ilgan daqiqasidan boshlab ism bilan atalish va fuqarolikka ega bo‘lish, shuningdek, iloji boricha, o‘z ota-onasini bilish va ularning g‘amxo‘rliklaridan bahramand bo‘lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi. 2. Ishtirokchi-davlatlar bunday huquqlarni o‘z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga oshirilishini, ularning majburiyatlari shu sohaga tegishli xalqaro hujjatlarga asosan, xususan, agar bola boshqa fuqarolikka ega bo‘lmagan taqdirda bajarilishini ta'minlaydilar. 8- m o d d a 1. Ishtirokchi-davlatlar qonunda ko‘zda tutilganidek, bolaning o‘ziga xos xususiyatlari jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish, qonunga zid ravishda aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladilar. H U Q U Q L A R N I A M A L G A OSHIRISH Davlat ushbu Konvensiyada e'tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha chora-tadbirlarni qo‘llashi shart. OILA ÒARBIYASI VA BOLANING RIVOJLANIB B O R A Y O Ò G A N QOBILIYAÒLARI Davlat bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga muvofiq ravishda uning tarbiyasi bo‘yicha ota-ona va kengaytirilgan oilaga tegishli huquq va majburiyatlarni hurmat qilishi darkor. OMON YASHASH VA RIVOJLANISH Har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning omon yashashi va sog‘lom rivojlanishini ta'min etishga majbur. ISM VA FUQAROLIK Bola tug‘ilgan zahoti ism bilan atalish huquqiga ega. Bola fuqarolik olish va, iloji boricha, o‘z ota-onasi kimligini bilish, shuningdek, ularning g‘amxo‘r- liklaridan bahramand bo‘lish huquqlariga egadir. O‘ZIGA XOS XUSUSIYAÒLARNI SAQLAB QOLISH Davlat bolaning o‘ziga xos xususiyatlariga doir asosiy jihatlarni himoya etishga va, BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA 5
g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo‘lsa, ishtirokchi-davlatlar uning bu xususiyatlari tezroq tiklanishi uchun zarur yordam va himoyalashni ta'minlaydilar. 9- m o d d a 1. Ishtirokchi-davlatlar bola o‘z ota-onasidan ularning xohishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini ta'minlaydilar, vakolatli organlar sud qaroriga binoan qo‘llanilgan qonun va tartib-rusumga muvofiq tarzda bunday ayrilish bolaning eng yaxshi manfaatlari yo‘lida zarur deb topgan holatlar bundan mustasnodir. Bunday ajrim, masalan, ota-ona bolaga shafqatsizlik bilan munosabatda bo‘lgan yoki uning haqida g‘amxo‘rlik qilmay qo‘ygan yohud ota-ona alohida yashayotgan hamda bola yashaydigan joyga nisbatan qaror qabul qilish zarurati paydo bo‘lgan u yoki bu aniq holatda zarur bo‘lishi mumkin.
ko‘rib chiqish jarayonida barcha manfaatdor tomonlarga muhokamada qatnashish va o‘z nuqtai nazarini bayon qilish imkoniyati beriladi. 3. Ishtirokchi-davlatlar ota-onasining bittasi yoki har ikkovidan ham ayrilgan bolaning ular bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bog‘lab turish huquqini hurmat qiladilar, bunday munosabatlar bolaning eng yaxshi manfaatlariga zid keladigan bo‘lsa bundan mustasno bo‘ladi. 4. Ishtirokchi-davlat tomonidan qabul qilingan biror-bir qaror, masalan, hibsga olish, qamash, surgun qilish, deportatsiya yoki ota-onadan bittasi yohud ikkovining ham yoki bolaning o‘limi (ana shu shaxs davlat ixtiyorida bo‘lgan paytda har qanday sababga ko‘ra ro‘y bergan o‘lim ham shunga kiradi) tufayli sodir bo‘lgan bo‘lsa, ishtirokchi-davlat ota-onaga, bolaga yoki, agar zarurat tug‘ilsa, oilaning boshqa a'zosiga ularning iltimosiga binoan oilaning yo‘qolgan a'zosi (a'zolari yashab turgan joy) haqida, zarur axborotni agar bu bolaning farovonligiga ziyon keltirmaydigan bo‘lsa yetkazib beradi. Ishtirokchi-davlatlar bunday iltimosni qondirish o‘z-o‘zidan tegishli shaxs (shaxslar) uchun nohush oqibatlarga olib kelmasligini ta'min etadilar. 10-modda
muvofiq bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish maqsadida ishtirokchi- davlatga kirish yohud undan chiqish uchun bergan arizalari ishtirokchi- davlatlar tomonidan ijobiy, insonparvarlik ruhida va tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishi lozim. Ishtirokchi-davlatlar bunday iltimoslar arizachilar va ularning oila a'zolari uchun nohush oqibatlar keltirib chiqarmasligini ta'minlaydilar. 2. Ota-onasi turli davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari, otasi va onasi bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bog‘lab turish huquqiga egadir. Ana shu maqsadda 9-moddaning 2-bandi bo‘yicha ishtirokchi-davlatlarning majburiyatlariga muvofiq ishtirokchi-davlatlar bolaning va ota-onasining har qanday mamlakatni tark etish, jumladan, o‘z mamlakatini tashlab ketish va unga qaytib kelish huquqini hurmat qiladilar. Har qanday mamlakatni tark etish huquqiga nisbatan qonunda belgilab qo‘yilgan va davlat xavfsizligini, jamoat zarur hollarda, qayta tiklashga majbur. Bunday asosiy jihatlarga ism, fuqarolik va oilaviy aloqalar mansubdir. OÒA-ONADAN AYRI Y A S H A S H Bola ota-onasi bilan birga yashash huquqiga ega, bunday yashash bolaning eng yaxshi manfaatlariga xalal beradigan holatlar bundan mustasno. Bola, shuningdek, ota- onasining bittasi yoki har ikkovidan ayrilgan hollarda ularning ikkalasi bilan ham aloqalarini saqlab qolish huquqiga ega.
OILANI BIRLASHÒIRISH
Bolalar va ularning ota-onalari oilani birlashtirish yohud bola bilan ota-ona o‘rtasidagi shaxsiy munosabat va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni bog‘lab turish m a q s a d i d a h a r q a n d a y mamlakatni tark etish va o‘z mamlakatiga qaytib kelish huquqiga ega. BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA 6
shaxslarning huquq va erkinliklarini saqlash uchun zarur hisoblangan, ushbu Konvensiyada e'tirof etilgan boshqa huquqlarga mos tushadigan cheklashlargina amalda bo‘ladi. 11-modda
1. Ishtirokchi-davlatlar bolalarning g‘ayriqonuniy ravishda ko‘chirilishiga
va chet eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib borish uchun chora-tadbirlar ko‘radilar. 2. Ana shu maqsadda ishtirokchi-davlatlar ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama bitimlar tuzilishiga yohud amaldagi bitimlarga qo‘shilishga ko‘maklashadilar. 12-modda
1. Ishtirokchi-davlatlar o‘zining qarashlarini shakllantirishga qodir bolaga
ana shu qarashlarni bolaga taalluqli barcha masalalar bo‘yicha erkin ifoda etish huquqini ta'minlaydilar, binobarin, bolaning qarashlariga uning yoshi va yetukligiga muvofiq munosib darajada e'tibor beriladi. 2. Ana shu maqsadda bolaga, jumladan, bolaga taalluqli har qanday sud yoki ma'muriy muhokama paytida, bevosita, vakil yohud tegishli organ orqali milliy qonunchilikning prosessual me'yorlarida ko‘zda tutilgan tartibda o‘zining fikrlarini ular tomonidan eshitish imkoniyati beriladi. 13-modda
1. Bola o‘zining fikrini erkin ifodalash huquqiga ega: bu huquq har
qanday turdagi axborotni, chegarasidan qat'i nazar, og‘zaki, yozma yoki bosma shaklda, san'at asari ko‘rinishida yoki bolaning tanloviga ko‘ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini o‘z ichiga oladi.
kelishi mumkin, biroq bunday cheklashlar faqat qonunda ko‘zda tutilgan cheklashlardan iborat bo‘ladi, bu quyidagilar uchun zarur: a) boshqa shaxslarning huquqlari va obro‘sini hurmat qilish uchun; b) davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibini (ordre public), aholining sog‘lig‘i yoki ma'naviyatini muhofaza qilish uchun. 14-modda
hurmat qiladilar. 2. Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning hamda tegishli holatlarda qonuniy vasiylarning bolaga uning rivojlanayotgan qobiliyatlariga muvofiq keladigan usul orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqi va majburiyatlarini hurmat qiladilar. G ‘ A Y R I Q O N U N I Y KO‘CHIRISH VA QAYÒARIB BERMASLIK Davlat bolani ota-onasidan biri yohud uchinchi tomon o‘g‘irlab ketishi yoki bolaning chet elda ushlab turilishiga barham berishga va bunday hollarda tegishli barcha chora-tadbirlarni qo‘llashga majbur.
B O L A N I N G
D U N Y O Q A R A S H I Bola o‘z qarashlarini erkin ifoda etish huquqiga ega, binobarin, ana shu bolaga taalluqli har qanday masalani hal etish chog‘ida uning ushbu qarashlari hisobga olinmog‘i lozim. FIKRNI ERKIN IFODALASH Bola o‘zining qarashlarini ifoda etish, axborot olish, chegara- lardan qat'i nazar, axborot va g‘oyalarni uzatish huquqiga ega. FIKR, VIJDON VA DIN ERKINLIGI Davlat, ota-onaning tegishli rahbarligi ostida, bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligini hurmat qilishi zarur. BOLA HUQUQLARI ÒO‘G‘RISIDA KONVENSIYA 7
hamda davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholining ma'naviyati va sog‘lig‘ini saqlash yoki boshqa shaxslarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur hisoblangandagina cheklanishi mumkin. 15-modda
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning assotsiatsiya va tinch yig‘ilishlar erkinligi
huquqini e'tirof etadilar. 2. Bu huquqning amalga oshirilishiga nisbatan biror-bir cheklashlar qo‘llanilmaydi, qonunga muvofiq qo‘llaniladigan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi (ordre public) manfaatlari yo‘lida, aholining sog‘lig‘i yoki ma'naviyatini saqlash, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan cheklashlar bundan mustasnodir. 16-modda
1. Birorta bola uning shaxsiy hayot, oilaviy hayot, uy-joy daxlsizligi
yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyligiga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishiga o‘zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yohud uning sha'ni va obro‘siga g‘ayriqonuniy tajovuz qilish ob'ekti bo‘lishi mumkin emas. 2. Bola ana shunday aralashishlar yoki tajovuz qilishlardan qonun yo‘li bilan himoyalanish huquqiga egadir. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling