Iqtisod va qurilish


Ishlab chiqarish funksiyasining ikki xususiy holi


Download 450.08 Kb.
bet11/17
Sana24.12.2022
Hajmi450.08 Kb.
#1063395
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Nazariya

Ishlab chiqarish funksiyasining ikki xususiy holi. Ishlab chiqarish jarayonida bir omil bilan ikkinchi omilni almashtirishda ikki xususiy hol mavjud. Birinchi holda (7-rasm) omillar bir-biri bilan to`liq almashtiriladi. Bu yerda izokvantaning har qanday nuqtasida MRTS o`zgarmas qiymatga ega:

7-rasm. Ishlab chiqarish funksiyasining omillari to`liq almashtiriladigan holati


Ikkinchi holda, ishlab chiqarish omillaridan belgilangan tartibda foydalanishni ifodalaydigan ishlab chiqarish funksiyasi (8-rasm).

L1 L2 L3 L

8-rasm. Tarkibi belgilangan omillardan foydalanishni ifodalovchi ishlab chiqarish funksiyasi


Har bir ishlab chiqarish hajmi aniq proporsiyadagi omillar kombinatsiyasidan foydalanishni talab qiladi. Masalan Q1 miqdorda mahsulot ishlab chiqarish K1 va L1 miqdordagi resurslar kombinatsiyasini sarflashni talab qiladi; Q2 va Q3 miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishda - mos holda (K2,L2) va (K3,L3) tarkibdagi resurslar kombinatsiyalarini sarflash talab qilinadi. Berilgan tarkibdagi resurslardan birortasining miqdori oshirilgan bilan mahsulot ishlab chiqarish oshmaydi.
Shunday qilib to`g`ri burchakli izokvantaning gorizontal va vertikal qismlarida chekli kapital va chekli mehnat mahsuldorliklari (MPK va
MPL) nolga teng. Agar sarflanadigan resurslar bir vaqtning o`zida, ma′lum kombinatsiyada oshsa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshadi. Masalan, A nuqtadan B nuqtaga va C nuqtaga o`tganda omillar sarfi kombinatsiyasi mos ravishda (K1,L1)dan (K2,L2) ga va (K3,L3) ga o`zgarganda ishlab chiqarish hajmi ham mos holda Q1 dan Q2 ga va Q3ga o`sadi. A, B va C nuqtalar texnik nuqtai nazardan samarali omillar kombinatsiyalari hisoblanadi.


Download 450.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling