Iqtisod va servis universiteti fakulteti yo’nalishi bosqich guruh talabasi ning fanidan tayyorlagan


Download 12.44 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi12.44 Kb.
#1473315
Bog'liq
BIZNES FAOLIYATGA SOLIQLAR ORQALI TA\'SIR QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

IQTISOD VA SERVIS UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI BUG’ALTERIYA YO’NALISHI 1-BOSQICH 122- GURUH TALABASI YUSUPOVA RAHIMAXONNING BIZNES HUQUQI FANIDAN TAYYORLAGAN


TAQDIMOTI
FAN O’QITUVCHISI:PO’LATOV.M

MAVZU:


BIZNES FAOLIYATGA SOLIQLAR ORQALI TA'SIR QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

REJA:

  • 1.Qimmatli qogʼozlar bozori tushunchasi.
  • 2.Qimmatli qogʼozlar bozorining turlari.
  • 3.Qimmatli qogʼozlar bilan savdo qilish texnologiyalarini tasvirlash.
  • 4. Biznes faoliyatiga soliqlar orqali ta’sir qilish.
  • Qimmatli qogʼozlar bozori tushunchasi.
  • Qimmatli qogʼozlar bozori - bu jismoniy va yuridik shaxslarning qimmatli qogʼozlarni chiqarish, ularning muomalada boʼlishi va soʼndirilishi bilan bogʼliq munosabatlari tizimidir. Har qanday bozor makonini ikki qutbga boʼlish mumkin. Ulardan birida kapital yetkazib beruvchilar boʼsh pul mablagʼlariga ega boʼlgʼan va ularni saqlash hamda koʼpaytirishni istovchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi.
  • . Ikkinchisida esa - yangi ishlab chiqarishni boshlash, ishlar, xizmatlar koʼrsatish yoki ishlab turgan shtatlarni zamonaviylashtirish, kengaytirish, qayta taʼmirlash uchun zarur boʼlgan boshlangʼich yoki qoʼshimcha kapitalga muxtoj boʼlgan bozor subʼektlari turadi. Kapitalning isteʼmolchilari sifatida korxonalar, tashkilotlar, aholi, shuningdek, davlat ham ishtirok etishi mumkin.
  • Mablagʼlarni jalb etish maqsadida kapital isteʼmolchilari qimmatli qogʼozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish natijasida ishlab chiqarish (savdo-sotiq, moliyaviy faoliyat va h.k.) jarayonini amalga oshirish uchun mablagʼ oladi. Kapital isteʼmolchilari (emitentlar) va yetkazib beruvchilari (sarmoyadorlar) oʼrtasidagi munosabatlar qaytarilish, toʼlovlilik yoki mol-mulkka egalik qilish huquqini oʼtkazish shartlari bilan amalga oshiriladi. Biroq emitentlar yoki sarmoyadorlar bir-birlarini "topishlari" uchun ushbu jarayonda yordamchi boʼlsada, ammo juda muhim rol oʼynovchi emitentlar, sarmoyadorlar, shuningdek, tashkilotlar va yakka tadbirkorlarning oqilona oʼzaro munosabatlarini taʼminlovchi, infratuzilma, deb nomlanuvchi yordamchi subʼektlarning ancha murakkab muassasaviy (institutsional) tizimi zarur.

Qimmatli qogʼozlar bozorining muassasaviy infratuzilmasi Umumiy va maxsus tabaqalarga boʼlinadi. Umumiy infratuzilmani qiluvchi tashkilotlarga qimmatli qogʼozlar bilan operatsiyalar qilishda umumiy yordamchi vazifani bajaruvchi, muassasalar kiradi. Ularsiz qimmatli qogʼozlar bozori ishtirokchilarining faoliyat koʼrsatishi mumkin boʼlmagan yoki murakkablashgan boʼlar edi. Bularga axborot agentliklari, nashriyot, gazeta va jurnallar (matbuot), tele va radiokompaniyalar, tijorat banklari, auditorlik tashkilotlari, notarial, yuridik hamda advokatlik idoralari, sugʼurta kompaniyalari kiradi. qimmatli qogʼozlar bilan tuziladigan bitimlarga xizmat koʼrsatishga koʼmaklashuvchi vazifalarni bajarish uchun ularga qimmatli qogʼozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beruvchi maxsus litsenziyalarning zarurati yoʼq.
Аyni paytda bunday tashkilotlar davlat boshqaruvi organlarining, xususan, Markaziy bank (tijorat banklari), Moliya vazirligi (auditorlik va sugʼurta kompaniyalari), Аdliya vazirligi (advokatlik, yuridik va notarial idoralar), Davlat matbuot qoʼmitasi (nashriyotlar, gazetalar, jurnallar)ning maxsus faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziyalariga ega boʼlishi kerak.
  • Birlamchi va ikkilamchi bozorlar oʼrtasidagi oʼzaro munosabat iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganligiga, fond bozorining shakllanganligiga, uning "yoshi"ga, shuningdek, muomalada boʼlgan qimmatli qogʼozlar har xil turlarining garkibiga (strukturasiga) bogʼliq. Masalan, iqtisodiyoti nisbatan barqaror boʼlgan, qimmatli qogʼozlar bozorining tarixi esa, bir necha yuz yillarni qamrab olgan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qimmatli qogʼozlarning deyarli barcha turlari boʼyicha ikkilamchi savdo ustun turadi, Birlamchi bozordagi qimmatli qotozlar aylanmasi ushbu mamlakatlarda ikkilamchi bozor aylanmasining 5-10 foizini tashkil etadi, xolos. Odatda koʼpchilik rivojlangan mamlakatlar fond birjalarida qimmatli qogʼozlarning birlamchi joylashtirilishi amalga oshirilmaydi, shuning uchun u yerlarda uzoq muomala muddatiga ega boʼlgan qimmatli qogʼozlar baholanadi.

Qimmatli qogʼozlarning uyushgan bozori – bu qimmatli qogʼozlarning muomalada boʼlishi sohasi boʼlib, unda qimmatli qogʼozlar operatsiyalari ushbu bitimlar ishtirokchilari uchun qimmatli qogʼozlar savdosining tashkilotchisi tomonidan belgilangan tadbirlar va shartlar bilan tartibga solingan.
Qimmatli qogʼozlarning uyushmagan bozori – bu qimmatli qogʼozlarning muomalada boʼlishi sohasi boʼlib, unda qimmatli qogʼozlar bilan operatsiyalar savdolar tashkilotchilarining ushbu bitim predmeti va uning ishtirokchilariga nisbatan qoʼygan talablariga rioya etilmagan holda amalga oshiriladi.

Qimmatli qogʼozlarning uyushmagan bozori – bu shunday bozorki, unda bitimlar tuzish, qimmatli qogʼozlar va ishtirokchilarga qoʼyiladigan talablarning qoidalari belgilanmagan, savdolar sotuvchi va xaridorning shaxsiy aloqasi orqali ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Mazkur bozorlarda tuzilgan bitimlar haqidagi axborotni tarqatish tizimi mavjud emas. Bundan tashqari, bitimlar ishtirokchilarning qandaydir muxofaza va sugʼurta mexanizimlaridan foydalanmagani holda amalga oshiriladi (masalan, sotuvchi tomonidan qimmatli qogʼozlarning maxsus hisobraqamlarda oldindan muhosara qilinishi, qimmatli qogʼozlar xaridorlari tomonidan pul mablagʼlari bir qismining oldindan toʼlanishi va h. k.), odatda bunday hollar birja savdolarida oʼrinlidir.
  • Shu bilan bir vaqtda, bitimlar maxsus roʼyxatga oluvchilar tomonidan qonun bilan belgilangan umumiy tartibda rasmiylashtiriladi. Ushbu bozor "koʼcha" yoki "tartibsiz" bozor, deb nomlanishiga qaramay, u mutlaqo chalkash va tartibsiz bozor emas, chunki bitimda ishtirok etayotgan tomonlardan qaysidir birining tovlamachilik qilgani aniqlangan hollarda, tartibga soluvchi davlat idorasi tergov ishini olib boradi.
  • Bunday bozorda sifatli qimmatli qogʼozlar ham, ular boʼyicha yo katta dividendlar olish, yoki barcha qoʼyilgan mablagʼlarni yoʼqotish mumkin boʼlgan daromadli qimmatli qogʼozlar ham, shuningdek, emitentlari murakkab moliyaviy ahvolda yohud bankrotlik yoqasida boʼlgan yaroqsiz, deb nomlanuvchi aktsiyalar ham sotilishi mumkin. Bizning mamlakatimizda uyushmagan bozorda yangi barpo etilgan, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarning birlamchi va ikkilamchi emissiyalari aktsiyalari, bank hamda tijorat veksellari sotiladi va xarid qilinadi. Oʼzbekistonda XIFlar aktsiyalarining bevosita XIFlarning oʼzlari tomonidan amalga oshirilgan yoki Xalq banki boʼlimlari orqali birlamchi sotilishi bunday bozorlarga misol boʼladi.
  • Аktsiyalar bozori. Birinchi galda, bu birlamchi bozor boʼlib, unda besh mingga yaqin emitentlar va millionlab sarmoyadorlar - yuridik hamda jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Emitentlar birbiridan oʼzlarining kattaligi jihatidan farq qiladi. Xodimlarining soni 56 kishidan iborat boʼlgan, 500 ming soʼmgacha miqdorda nizom jamgʼarmasiga ega boʼlgan kichik dorixonadan tortib, to ishchilar soni bir necha ming kishini tashkil etadigan va 70 mlrd. soʼmgacha miqdorda nizom jamgʼarmasiga ega boʼlgan eng yirik kombinatlar shular jumlasidandir. Аktsiyalar bozori asosan davlat korxonalari negizida barpo etilgan aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarining oldi-sotdisi boʼyicha qilinadigan operatsiyalar bilan borliq.
  • Bu birjadan tashqari bozordir, chunki fond birjasidagi listing tadbiridan faqat bir nechagina kompaniyalar oʼtgan, xolos. Bu bozorda xorijiy sarmoyadorlarning ishtirok etishiga ruxsat
  • Davlat obligatsiyalari bozori. Fond bozorining mazkur segmenti bitimlari boʼyicha aylanmalar bir yilda bir necha oʼnlab milliardgacha yetadi. Ushbu bozorga tovarni bitta shaxs davlat chiqaradi. Xaridorlar bu yerda juda koʼp yuz minglabni tashkil etadi. Bu birlamchi va ikkilamchi bozor boʼlib, faqat birja bozoridir. Unda faqat yuridik shaxslar – Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari ishtirok etishi mumkin. Operatsiyalar faqat bir joyda – Respublika valyuta birjasining fond boʼlimida amalga oshiriladi. Sarmoyadorlar mazkur bozorda obligatsiyalarni faqat dilerlar orqali sotib olishi mumkin.
  • Dilerlar vazifasini, odatda, banklar bajaradi. Davlat qimmatli qogʼozlarni soʼndirilishining kafolatini taʼminlaydi, shuning uchun bu bozor eng likvidli sanaladi. Davlat obligatsiyalari bozori Moliya vazirligi tomonidan tartibga solinadi, qimmatli qogʼozlarni joylashtirish, ularning muomalada boʼlishi va ular narxining toʼlanishi Markaziy bank yordamida amalga oshiriladi. Bu bozorning afzalligi shundaki, unda tranzaktsiyalarga xizmat koʼrsatuvchi oʼzaro bogʼlangan savdo, depozitar va hisob-kitob tizimlari mavjud.
  • Korxonalar obligatsiyalari bozori. Bu nisbatan yosh bozor boʼlib, uning hajmi ancha kichik, chunki unda faqat bir necha emitentlar oʼzlarining obligatsiyalarini muomalaga chiqaradi. Mazkur qimmatli qogʼozlarning ikkilamchi bozori hozirgacha rivojlanmagan. Ushbu bozorda faqat Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari ishtirok etadi. Korxonalar obligatsiyalari birjadan tashqari bozorda ham, fond birjalarida ham sotilishi va xarid qilinishi mumkin.
  • Banklarning depozit va jamgʼarma sertifikatlari bozori. Bu bozor uncha katta boʼlmagan, bir yil davomida boryoʼri yarim mlrd. soʼmni tashkil etadigan aylanma mablaglari bilan tavsiflanadi. Bu yerda qimmatli qogʼozlarning emitentlari tijorat banklaridir. Ularning soni bir nechagina, xolos. Sarmoyadorlar yuridik va jismoniy shaxslar boʼlib, ular bir necha mingtani tashkil etadi. Bank sertifikatlarining ikkilamchi bozori yoʼq. Davlat mazkur bozorda tartibga soluvchi sifatida ishtirok etadi. Bu birjadan tashqari bozordir. Depozit va jamgʼarma sertifikatlarining bozori Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.

Download 12.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling