Iqtisodiy adabiyotlarda pul tushunchasiga bir necha ta'riflar berilgan. Keling, quyidagilarni ta'kidlab o‗tamiz: • bitimlar uchun ishlatilishi mumkin bo‗lgan moliyaviy aktivlarning turi


Download 16.43 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi16.43 Kb.
#1607443
Bog'liq
Iqtisodiy adabiyotlarda pul tushunchasiga bir necha ta


Iqtisodiy adabiyotlarda pul tushunchasiga bir necha ta'riflar berilgan. Keling, quyidagilarni ta'kidlab o‗tamiz: • bitimlar uchun ishlatilishi mumkin bo‗lgan moliyaviy aktivlarning turi; • tovar ayirboshlashda universal ekvivalent rolini o‗ynaydigan maxsus tovar; • inflyatsiya jarayonlari, siklik tebranishlar, iqtisodiyotdagi muvozanat holatiga erishish mexanizmi, tovar va pul bozorlari faoliyatining tahlilini amalga oshiradigan muhim makroiqtisodiy kategoriya; • barqaror narx darajasida daromad keltirmaydigan mulkning o‗ziga xos turi. Pul – iqtisodiyot subyektlari mulkining bir turi bo‗lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko‗ra farq qiladi; birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya‘ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o‗zgarmas bo‗lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funksiyalaridan topamiz. Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi. Bular : 1) to‘lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o‘lchovi vositasi,. jamg‘arish ( boylik to‘plash) vositasi. Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to„lov vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to‗lovlar uch yo‗l bilan amalga oshiriladi: 1) naqd pul to‗lovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya‘ni naqd bo‗lmagan pul ko‗chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida. Qiymat o„lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi. O‗z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatavermaydi. Shu sababga ko‗ra pullar ularga o‗tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo‗lsa, unda u boylik to„plash maqsadida jamg‗ariladi. Pulning bu funksiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligasiyalar, aksiyalar, ko‗chmas mulk ham bajarishi mumkin. Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to‗lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg‗arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etadi. Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to‗lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo‗linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o‗zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: M0- muomaladagi naqd pul; M1 = M0 + aholining omonat kassalarida talab qilinadigan depozitlari, aholi va korxonalarning tijorat banklaridagi depozitlar, aholi va korxonalarning hisob-kitob va joriy hisobvaraqlaridagi mablag‗lari; M2 =M1 + omonat kassalarida muddatli depozitlar; M3 = M2+ bank depozit sertifikatlari, davlat zayomlari. Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko‗p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog‗liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o‗sishga erishsa, foiz stavkasining o‗sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o‗sadi.
Pulga bo‗lgan talab. Pulga bo‗lgan talab konsepsiyalari Pulga talabning turli xil nazariy modellari mavjud: pulga talabning klassik miqdoriy nazariyasi ; pulga talabning keynscha nazariyasi ; pulga bo‗lgan talabning monetaristik nazariyasi. Pulga talabning klassik nazariyasi. Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo‗lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi: M · V = P · Y Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM. Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo‗lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o‗zgarishi mumkin. V doimiy bo‗lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo‗ladi: M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan: P · Y M= ----------- V* P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo‗lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o‗zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o‗zgarishiga bog‗liq. Muomaladagi pul massasining o‗zgarishi, klassik nazariyaga ko‗ra, Y sekin o‗zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bu holat ―pulning neytralligi‖ nomini olgan. Monetaristlar qoidasiga ko‗ra hukumat pul massasining o‗sish sur‘atini, real YaMMning o‗rtacha o‗sish sur‘ati darajasida ta‘minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo‗ladi. Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi:
M=k*PY
Bu yerda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor. 93 k - koeffisiyentni nominal pul miqdori (M)ning daromadla(P·Y)dagi ulushini ko‗rsatadi. Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo‗lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko‗rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko‗zda tutadi. Pulga real talab quyidagi ko‗rinishda hisoblanadi: (M/P) = k Y Bu yerda: M/R – ―real pul qoldig‗i‖, ―pul mablag‗larining real zahirasi‖ deb nomlanadi. Pulga talabning keynscha nazariyasi. Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko‗rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko‗rsatadi: 1. transaksion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab); 2. ehtiyotkorlik sababli (ko‗zda tutilmagan holatlar uchun ma‘lum miqdorda naqd pullarni saqlash); 3. spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog‗ozlar sotib olish uchun pulga talab). Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o‗rtasidagi teskari bog‗liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko‗tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o‗z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo‗lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko‗rsatadiki pulga bo‗lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog‗liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo‗lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya‘ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo‗lda ushlab turgan sharoitda yo‗qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta‘sir qilganidek, naqd pullarni qo‗lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi. Real pul zahiralariga talab funksiyasini quyidagi ko‗rinishda
Download 16.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling