Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Tarixga nazar
Bozor iqtisodiyotining ikki yuz yildan oshiqroq tarixi davomida, XIX asrdayoq ko‘pgina rivojlangan davlatlar iqtisodiy inqirozga duch kelgan. Bunday vaziyatlarda nafaqat bir nechta alohida olingan tovar- lar bozorida, balki butun mamlakat miqyosida iqtisodiy faoliyatning pasayishi kuzatilgan. Masalan, XX asrning 30- yillarida AQSH da yuz bergan, “Buyuk depressiya” deb atalgan iqtisodiy inqiroz davrida YaMM hajmi 31% ga tushgan, tovarlar narxlari 40% ga oshgan, ish- sizlik darajasi esa 8 marta oshib, mehnatga yaroqli aholining 25 %ni qamrab olgan. Bu inqirozdan AQSH XX asrning 40- yillarida II jahon urushi davrida ittifoqdosh davlatlarga qurol-aslaha yetkazib berish orqali chiqib olgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida 2008–2009- yillarda AQSH, Kanada, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Ukraina va boshqa qator mamlakatlarda g‘oyat tashvishli holat vujudga keldi. Bu mamlakatlarda ko‘plab kompaniyalar, korxona va firmalar bankrot bo‘ldi. 2008- yil natijalariga ko‘ra, AQSH YaIM hajmi 3,8% ga tushib ketdi, ishsizlar soni esa 2,2 mln kishiga ko‘paydi. Yaponiyada esa YaIM hajmi 3,1% ga pasaydi, ishsizlik darajasi esa 4,4% ga yetgan. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlarda sanoat ishlab chiqarishi 12% ga tushib ketgan. O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon global iqtisodiyotiga yetarli darajada integratsiyalashmaganligi ham bunda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ya’ni mamlakat iqtisodiyoti o‘sha davrda bir qadar “yopiq” iqtisodiyotlar sarasiga kirar edi. Mamlakatimizda chet el investitsiyalari hajmi judayam kichik, O‘zbekiston jahon moliya bozorida deyarli faoliyat yuritmas, valutaning erkin konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yilmagan, milliy valutamiz xalqaro valuta bozorida faol ishtirokchilar qatorida emas edi. Bularning barchasi mamlakatimiz iqtisodiyotining global bozordagi moliyaviy- iqtisodiy inqirozdan bir qadar chetda qolishining sabablari bo‘ldi. http:eduportal.uz 152 Lekin jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi, chunki respublikamiz xalqaro hamjamiyatning va jahon moliyaviy- iqtisodiy bozorining qaysidir darajadagi qatnashchisi hisoblanar edi. Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib ketdi. Bu esa o‘z navbatida, korxonalar foydasining kamayishiga olib keldi. Ishlab chiqarishning pasayishi, oxir-oqibat, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotimiz jahon iqtisodiyotiga faol ravishda integratsiya qilina boshlandi. Yurtimizga turli mamlakatlardan yirik kompaniyalar o‘z kapitali bilan kirib kela boshladi. Chet el investitsiyalari jalb qilinishi natijasida mamlakatimiz iqtisodiyoti yakkalashish, alohidalashish maqomini tark etmoqda. Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar borgan sari jahon bozorida xaridorgir bo‘lib, O‘zbekiston brendi dunyo mamlakatlariga tanilib bormoqda. Xalqaro moliya bozorida ham keyingi yillarda O‘zbekiston sezilarli bitimlarni amalga oshirmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z faoliyatida keng tatbiq etayotgan milliy bozor infratuzilmalari xalqaro bozor infratuzilmalari bilan tobora uyg‘unlashib bormoqda. Aytilganlarning barchasi, albatta, O‘zbekiston iqtisodiyotining shiddat bilan rivojlanishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Lekin shuning bilan bir paytda milliy iqtisodiyotimizning global iqtisodiyot bilan uzviy va chambarchas bog‘liqligi kelajakda jahon iqtisodiyotida har xil inqirozlar yuz beradigan bo‘lsa, buning mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’siri xavfini ham keskin oshiradi. Shuning uchun ham yangi sharoit respublikamiz iqtisodiyoti oldiga bo‘lg‘usi, ehtimoliy inqirozlar paytida muhofazalanishga tayyor bo‘lish talabini qo‘ymoqda. Yurtimizda iqtisodiy sohada olib borilayotgan qator tizimli ishlarning mazmun-mohiyati ham shunda. Ya’ni, mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, uning turli tebranishlar va inqirozlarga chidamliligini oshirish so‘nggi yillardagi keskin iqtisodiy islohotlarning maqsadlaridan biridir. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan milliy iqtisodiyotimiz barpo qilinmoqda: – innovatsiyalarni tarkib topdiruvchi va ularni tatbiq qiluvchi; – xalqaro mehnat taqsimotida o‘z o‘rniga ega. http:eduportal.uz 153 1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining boshlanishiga nima sabab bo‘ldi? 2. Nima sababdan ushbu inqiroz dunyo bo‘yicha global muammoga aylandi? 3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy jihatlarini sanab bering. 4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yurtimiz iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo‘ldi? 5. Mamlakatimizda inqirozning oldini olish va bartaraf etish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda? 6. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozlardan himoyalanish masalasi qanday hal qilinmoqda? Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling