Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

Buni yodda tuting!
mamlakatlarning qashshoqlik darajasini hisobga olish bo‘yicha milliy 
me’yorlar ham borki, bu me’yorlarga ko‘ra, hatto eng rivojlangan 
mamlakatlarda ham qashshoqlik muammosi bordek tuyuladi. Masalan, 
AQSH yaqin yillargacha 46 milliondan ortiq aholisi kambag‘al deb 
hisoblangan. Bu esa aholing 15% dan ortiq qismini tashkil qiladi. Lekin 
AQSHning Aholini hisobga olish byurosi to‘rt kishidan ortiq oilaning 
yillik daromadi 22 314 AQSH dollaridan kam bo‘lsa, bunday oilani 
kambag‘al oila deb hisoblaydi. 
Bu qashshoqlik darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘ta nisbiyligini 
namoyish qiladi. Ya’ni ayrim rivojlangan mamlakatlarda kambag‘al 
hisoblangan aholi qatlamlari, rivojlanayotgan davlatlar aholisining boy 
deb hisoblanayotgan qatlamlaridan ko‘ra ko‘proq daromad hisobiga kun 
kechiradi. Bu jahonning yana bir global muammosi – daromadlarning 
notekis taqsimlanishi muammosi bilan hamohangdir. 
Jahon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti sharoitida turli inqirozlarga duchor 
bo‘lib turadi. Bu holat bozor iqtisodiyotining bu xil illatlarning oldini 
olishga nochorligidan kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyotining bu nuqsoni 
oqibatida vaqti-vaqti bilan turli mamlakatlarda har xil inqirozlar bo‘lib 
turadi. Bu inqirozlar chuqurlashib ketib, boshqa davlatlarga ham o‘tib, 
dunyo miqyosiga ko‘chsa, jahon inqirozi ro‘y beradi. Jahon inqiroziga 
2008- yilda boshlangan moliyaviy-iqtisodiy inqirozini misol qilib keltirish 
mumkin. Bu haqida biz keyingi mavzuda batafsil to‘xtalamiz
http:eduportal.uz


150
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY 
INQIROZI
30- MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Sizning fikringizcha, jahon savdosining keskin kamayishi bilan 
jahon YaIMning pasayishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
2. O‘sha 2009- yilda jahon YaIM kamaygan, O‘zbekistonda esa 
YaIMning 8% ga o‘sganligi elon qilindi. Jahon iqtisodiyoti bilan 
O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘rtasida bu darajada keskin farq bo‘lishining 
sababi nimada deb o‘ylaysiz?
3. Jahon savdosining pasayishi har bir alohida olingan mamlakat ichki 
bozoriga qanday ta’sir qilishi mumkin? Bu hol mamlakat iqtisodiyoti 
uchun qanday muammolar keltirib chiqarishi mumkin? Savollarga javob 
izlayotganingizda aksariyat mamlakatlarning ichki bozori global bozorga 
– jahon bozoriga bog‘langanligini e’tiborga oling.
4. Jahon YaIMining keskin pasayishi nimadan darak beradi? Bu 
pasayish alohida olingan mamlakatlar YaIM hajmida qanday aks etadi?
5. Neft, oltin kabi tovarlarning narxi oshishi bilan jahon bozoridagi 
inqiroziy vaziyat o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin?
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi AQSH ipotekali kreditlash tizimida 
2008- yilda ro‘y bergan tanglikdan boshlandi. AQSH banklarining bir 
necha yillar davomida pul bilan ta’minlanmagan ipoteka kreditlarini 
berishi oqibatida, kreditga berilgan pullarning ancha qismi bankka qaytib 
kelmagan. Natijada bu banklarning to‘lov qobiliyatlari zaiflashib, bankrot 
darajasiga kelib qoldi. Ishlab chiqarish korxonalari bankdan kredit 
ololmaganliklari sababli o‘z ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga 
majbur bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, ishsizlar sonining oshishiga olib keldi. 
Bunday tanglik mamlakat miqyosiga ko‘tarildi va AQSH iqtisodiyoti bilan 
2004-2007 yillarda jahon savdosining o‘sishi o‘rtacha sur’atlarda 
8,74% ga teng bo‘lgan edi. 2008- yilda bu sur’at 2,95% ga tushib qoldi, 
2009- yilda esa jahon savdosi birdaniga 11,89% ga pasaydi. 2009- yili 
jahon yalpi ichki mahsuloti ham Ikkinchi jahon urishidan keyingi 
yillarda birinchi marta 2,3% ga pasaydi. 2009- yil fevralida inflatsiya 
darajasi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Buning oqibatida valutalarga ishonch 
yo‘qoldi va neft, oltin kabi tovarlar narxi keskin ko‘tarilib ketdi.
http:eduportal.uz


151
chambarchas bog‘liq bo‘lgan dunyoning qator mamlakatlari iqtisodiyotiga
ta’sir qildi. Oxir-oqibat, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga keldi. 
2008- yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini ko‘lami 
bo‘yicha faqat 1930- yillarda ro‘y bergan Buyuk depressiya bilangina 
taqqoslash mumkin. Bu safargi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
2013- yilgacha davom etdi va tarixdagi eng davomli inqiroz bo‘ldi. Bu 
inqiroz har bir alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti va butun jahon 
iqtisodiyoti uchun juda ayanchli oqibatlarga olib keldi.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling