Iqtisodiy bilim asoslari
Valutaning ayirboshlov kursi
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Valutaning ayirboshlov kursi
— bir davlat valutasining boshqa davlat pul birligida ifodalangan narxi. Konvertatsiya — bir davlat valutasini boshqa davlat valutasiga almashtirish. Valuta — davlatlar pul birliklarining umumlashgan nomi. Bilasizmi? Turli davlatlar pul birliklarining dunyo bo‘yicha tan olingan belgilari bor. Ulardan ba’zilarini keltiramiz: ₤ — ingliz funt sterlingi; $ — AQSH dollari; € — yevro; ¥ — yapon iyenasi; P — rossiya rubli http:eduportal.uz 144 1. Valuta bozori nima sababdan kerak? 2. Valutaning ayirboshlov kursi nima va u qanday omillar ta’sirida shakllanadi? 3. Milliy valutaning kursi oshadigan va kamayadigan vaziyatlarga ikkitadan misol keltiring. 4. Milliy valutaning ayirboshlov kursini davlat qanday yo‘llar bilan boshqarishi mumkin? 5. Milliy valutaning ayirboshlov kursiga mamlakatdagi inflatsiya qanday ta’sir ko‘rsatadi? 6. Chet el valutasi kursining o‘zgarishi import va eksport hajmiga qanday ta’sir qiladi? 7. Quyidagi berilgan omillar ta’sirida milliy valutamizning kursi qanday o‘zgaradi? a) O‘zbekistonda turizm rivojlanib ketdi; b) oylik maoshlar ko‘paytirildi; d) chet el valutasidagi omonatlar uchun beriladigan bank foiz stavkalari oshirildi; e) tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish hajmi oshdi; f) chet ellarda ishlayotgan o‘zbek mutaxassislarining soni oshdi. 8. Agar AQSH dollarining so‘mga nisbatan kursi oshsa, mamlakatimiz uchun eksport qilish yaxshimi yoki importmi? Javobingizni asoslang. BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! bir rubl oldin 100 so‘m turgan bo‘lsa, endi 102 so‘m bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, rublning kursi tushadi. Ba’zida davlat tashqi savdoni tartibga solish, mamlakat ichki bozorini himoya qilish maqsadida, valuta kurslarini rasmiy ravishda oshirishi yoki kamaytirishi ham mumkin. Bunga muomaladagi milliy valutani ko‘proq chiqarish yoki kamaytirish orqali ham erishish mumkin. Masalan, muomalaga ko‘p miqdorda milliy valuta chiqarilsa, uning chet el valutasiga nisbatan hajmi ko‘payib, milliy valuta kursi tushadi. Chet el valutasining kursi esa ko‘tariladi. Ba’zida davlat milliy valuta kursini ko‘tarish maqsadida, markaziy bank zaxirasidagi chet el valutasini ko‘p miqdorda ichki bozorga chiqaradi. Bu holda, bozorda bir birlik milliy valutaga mos kelgan chet el valutasining miqdori oshadi, ya’ni chet el valutasining kursi tushadi. Demak, xuddi tovarlar kabi bozorda chet el valutasi ko‘paysa, uning narxi, ya’ni kursi tushar ekan. Davlat milliy valutasining kursi, mamlakat iqtisodiyotining ko‘zgusi hisoblanadi. Uning bir tekis, asta-sekin o‘zgarishi mamlakat iqtisodiyotining sog‘lom rivojlanayotganligidan darak beradi. http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling