Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 rossiya rubli 108 136
- FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 28- MAVZU http:eduportal.uz 143
VALUTA KURSI
XORIJIY DAVLATLAR VALUTALARI KURSI 2019- yil 7- iyul Xorijiy valuta nomi 1 AQSH dollari 8550 8600 1 YEVRO 9660 9840 1 ingliz funt sterlingi 10780 10990 1 rossiya rubli 108 136 Sotib olish, so‘mda Sotish, so‘mda Har bir davlat ichki bozorida savdo-sotiqni amalga oshirish uchun muomalaga o‘z pul birligi — milliy valutasini chiqaradi. Davlat hududida milliy valutada savdo-sotiq qilinadi. O‘zbekistonga Germaniyadan asbob- uskunalarni sotib olish uchun yevro kerak. Germaniyaga O‘zbekistondan paxta tolasi sotib olish uchun esa o‘zbek so‘mi kerak bo‘ladi. Demak, xalqaro bozorda savdo-sotiqni turli xil davlatlarning valutalarida olib borishga to‘g‘ri keladi. Natijada bir davlat valutasini ikkinchi davlat valutasiga almashtirishga ehtiyoj tug‘iladi. Bir davlat pul birligining boshqa davlat pul birligidagi narxi valutaning ayirboshlov kursi deb ataladi. O‘zbekistonda chet el valutasining ayirboshlov kursi — uning bir birligini sotib olish uchun to‘lash lozim bo‘lgan so‘m miqdoriga teng bo‘ladi. Masalan, Xalq bankida 2019- yill 5- fevralda 1 AQSH dollarining sotib olish kursi 8380 so‘mni, yevroning kursi 8800 so‘mni tashkil qilgan. Odatda, bir davlat valutasining kursi ikkinchi davlat valutasining kursi bilan taqqoslanayotganda, bu valutalarning AQSH dollariga nisbatan kursidan ham foydalaniladi. FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 28- MAVZU http:eduportal.uz 143 Ikki davlat bir-biri bilan import – eksport savdo-sotiq aloqalarini olib borar ekan, birinchi davlatning ikkinchi davlat valutasiga, ikkinchi davlatning birinchi davlat valutasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bu esa har bir davlat valutasiga nisbatan, xuddi tovarlarga bo‘lganidek, talab va taklifini keltirib chiqaradi. Davlat valutasining kursi unga bo‘lgan talab va taklifga nisbatan shakllanadi. Davlatdan eksport qilinadigan tovarlar hajmiga qarab, davlat valutasiga bo‘lgan talab shakllanadi. Davlatdan ko‘p tovar eksport qilinsa, davlatning valutasiga bo‘lgan talab ham oshadi. Davlat valutasining taklifi esa bu davlatning boshqa davlatdan sotib olmoqchi bo‘lgan import tovarlarining hajmidan kelib chiqib shakllanadi. Davlat uchun qancha ko‘p import tovarlari kerak bo‘lsa, davlat valutasining taklifi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Valuta kursining o‘zgarishiga, odatda, unga bo‘lgan talab va taklifning o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Agar Rossiyaning O‘zbekiston tovarlariga bo‘lgan talabi O‘zbekistonning Rossiya tovarlariga bo‘lgan talabidan kamaysa, Rossiya rublining O‘zbekiston so‘miga nisbatan kursi ko‘tariladi. Ya’ni Bilasizmi? O‘zbekiston Respublikasida xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan kursini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab beradi. Tijorat banklari esa Markaziy bank belgilagan kursdan kelib chiqib jismoniy yoki yuridik shaxslardan valutani sotib olish va sotish kursini belgilashadi. Shuning uchun ham turli tijorat banklardagi valutani sotib olish yoki sotish kurslari farqlanishi mumkin. Masalan, 2019- yil 7- iyul kuni Turonbank 1 AQSH dollarini 8430 so‘mdan sotib olib, 8480 so‘mdan sotsa, Uzkomstroybank 8560 so‘mdan sotib olib, 8600 so‘mdan sotgan. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling