Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
137
Eksport — mamlakatda ishlab chiqarilgan va chet mamlakatlarga sotilgan tovar va xizmatlar. Import — chet mamlakatlardan sotib olingan tovar va xizmatlar. Tashqi savdo hajmi — mamlakat import va eksportini tashkil etuvchi tovar va xizmatlarining jami qiymati. Tashqi savdo balansi (saldosi) — mamlakatning eksport va import hajmlari orasidagi farq. Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet mamlakatlarga sotish eksport deb ataladi. Tovar va xizmatlarni chet mamlakatlardan sotib olishga esa import deyiladi. Mamlakatning import va eksport qilgan tovar va xizmatlari qiymatlarining yig‘indisi tashqi savdo hajmini aniqlaydi. Tashqi savdo hajmi mamlakatning xalqaro savdo-sotiq jarayonida qanchalik ishtirok etayotganini bildiradi. Mamlakatning xalqaro savdo- sotiqdagi ishtirokining samaradorligini import va eksport hajmlarini taqqoslash yordamida aniqlash mumkin. Mamlakatning eksporti va importi hajmlari orasidagi farq tashqi savdo balansi (saldosi)ni aniqlaydi. Agar mamlakatning chetga sotayotgan eksport tovar va xizmatlari hajmi mamlakatga keltirilayotgan import tovar va xizmatlari hajmidan ko‘p bo‘lsa, tashqi savdo balansi (saldosi) musbat bo‘ladi. Aks holda esa tashqi savdo balansi (saldosi) manfiy bo‘lib, xalqaro savdo-sotiqda muammolar paydo bo‘ladi. Chunki tovarlarni chetga sotishdan tushgan chet el valutasi miqdori chetdan olib kelinayotgan tovarlarni sotib olishga yetmay qoladi. Natijada tashqi savdoda valuta tanqisligi vujudga keladi. 1. Davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqning ahamiyati nimada? 2. Mutlaq va nisbiy ustunlik tamoyillarining bir-biridan farqi nimada? 3. Mamlakatimiz qanday tovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha MDH mamlakatlariga nisbatan mutlaq ustunlikka ega deb o‘ylaysiz? 4. Import va eksportning bir-biridan farqi nimada? 5. Mamlakatning tashqi savdo hajmi nimadan tashkil topadi? 6. Mamlakatning tashqi savdo saldosi qachon manfiy va qachon musbat bo‘ladi? Bularning qay biri mamlakat uchun foydali? Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling