Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Mutlaq ustunlik
— bir xil miqdordagi resurslarga ega bo‘lgan mamlakatlardan birining shu resurslar yordamida boshqalarga nisbatan ko‘p mahsulot ishlab chiqara olish imkoniyatiga ega ekanligi. Ba’zi hollarda ikki davlatning biri qaralayotgan har ikki sohada ham mutlaq ustunlikka ega bo‘ladi. Quyidagi jadvalga e’tiborni qarataylik: http:eduportal.uz 136 Ishlab chiqarishga ketgan ishchi kuchi sarfi, soatda 1-mamlakatda 2-mamlakatda Plastmassa idish 10 20 Elektr lampochkasi 30 40 Unga ko‘ra, 1- mamlakatda bir dona elektr lampochkasi va bir dona plastmassa idish ishlab chiqarish uchun 2- mamlakatdagiga qaraganda kam ish vaqti sarflanadi, ya’ni 1- mamlakat bu sohalarda mutlaq ustunlikka ega. Lekin 1- mamlakatda elektr lampochkasi ishlab chiqarishning muqobil qiymati 30 : 10 = 3 dona plastmassa idishni, 2- mamlakatda esa 40 : 20 = 2 dona plastmassa idishni tashkil qiladi. Demak, 2- mamlakat elekrt lampochkasi ishlab chiqarishda 1- mamlakatga nisbatan nisbiy ustunlikka ega. Ikkinchi tomondan, 1- mamlakat plastmassa idish ishlab chiqarishda 2-mamlakatga nisbatan nisbiy ustunlikka ega. Chunki bir dona plastmassa idishni ishlab chiqarishning muqobil qiymati 1- mamlakatda 10 : 30 = 1/3 ta elektr lampochkasini, 2- mamlakatda esa 20 : 40 = 1/2 ta elektr lampochkasini tashkil qiladi. Shu bois, agar 1- mamlakat plastmassa idish ishlab chiqarishni o‘zida tashkil qilib, 2- mamlakatga sotsa va elektr lampochkasini 2- mamlakatdan sotib olsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki elektr lampochkasi ishlab chiqarishning muqobil qiymati 1- mamlakatda 2- mamlakatga qaraganda yuqori. Xuddi shuningdek, 2- mamlakat elektr lampochkasini ishlab chiqarishni o‘zida tashkil qilib, 1- mamlakatga sotsa va plastmassa idishni 1- mamlakatdan sotib olsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Demak, har bir davlat muqobil qiymati boshqa davlatlardagiga nisbatan kam bo‘lgan tovarni ishlab chiqarib, chetga sotishi lozim. Nisbiy ustunlik nazariyasi buyuk ingliz iqtisodchi olimi David Rikardo tomonidan yaratilgan. Ingliz iqtisodchisi David Rikardoning shoh asari “Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari” deb ataladi. Rikardoni iqtisodiyot olamida Adam Smitdan keyingi eng taniqli olim sifatida tan olishadi. Rikardoning ilmiy izlanishlari xalqaro bozordagi savdo erkinligi masalalariga qaratilgandir. U hozirgi zamon iqtisodchilari nisbiy ustunlik qoidalari deb ataydigan konsepsiyani birinchi bo‘lib ilgari surdi. Rikardo olim sifatida xalqaro savdoni tariflar va boshqa sun’iy to‘siqlardan iloji boricha xoli qilish David Rikardo (1772 – 1823) mamlakatlar iqtisodiyoti uchun foydali ekanini asoslab bergan. http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling