Iqtisodiy bilim asoslari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
26- MAVZU XALQARO SAVDO http:eduportal.uz 135 davrlarda shakllana boshlagan. Hozirgi kunda esa jahon bozorida ishtirok etmaydigan mamlakatning o‘zi yo‘q hisob. Jahon bozori ta’sirida mamlakatlar o‘rtasida ixtisoslashuv jarayonlari o‘ta chuqurlashib ketdi. Jahon bozori ichida tovar, ishchi kuchi, kapital va valuta bozorlari shakllandi. Jahon bozorida rivojlangan mamlakatlar yetakchi o‘rin tutadi. Ular ko‘proq tayyor mahsulotlar va texnologiyalar bilan qatnashadilar. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa ko‘proq xom ashyo va ishchi kuchi bilan jahon bozorida qatnashadilar. Lekin so‘nggi yillarda Xitoy, Hindiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning tayyor mahsulot va texnologiyalari ham yetakchi o‘rinlarni egallab bormoqda. Bir davlatda neft konlari bor, ikkinchisida esa yo‘q. Ikkinchi davlatda temir konlari ko‘p, birinchisida esa yo‘q. Tabiiy resurslarning bunday notekis taqsimlanishi bu davlatlarni bir-biri bilan savdo-sotiq qilishga undab turadi. Rossiyada o‘rmonlar ko‘p bo‘lib, yog‘ochsozlik sanoati taraqqiy etgan. O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti paxta yetishtirishga juda qulay bo‘lib, respublikamizda paxtachilik juda rivojlangan. Paxtani Rossiyaning iqlimi issiqroq bo‘lgan janubiy hududlaridagina yetishtirish mumkin. Lekin hosildorlik juda kam bo‘ladi. O‘zbekistonda esa yangi o‘rmonlarni tashkil qilish juda qimmatga tushadi. Demak, O‘zbekiston paxta yetishtirishda, Rossiya yog‘ochsozlikda mutlaq ustunlikka ega. Shuning uchun Rossiya iqtisodiyoti yog‘ochsozlikka, O‘zbekiston iqtisodiyoti esa paxtachilikka ixtisoslashadi. Ya’ni har bir davlat nisbatan arzonga tushadigan mahsulot turini ishlab chiqaradi va bir-biri bilan ularni ayirboshlaydi. Bunday ixtisoslashuvdan har ikkala davlat ham manfaat ko‘radi va shu bois o‘zaro savdo-sotiq qiladi. Mutlaq ustunlik tamoyili asosida davlatlarning ixtisoslashuvi yer yuzidagi bor resurslardan tejamli va samarali foydalanishga olib keladi. Unga ko‘ra har bir davlat qaysi tovarni boshqa davlatlarga qaraganda kamroq resurslar sarflab ishlab chiqara olsa, o‘sha tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi lozim. Mutlaq ustunlik nazariyasini Adam Smit aniq ifodalab bergan. Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘zlarida boshqa mamlakatlardagiga nisbatan kamroq xarajat qilib ishlab chiqariladigan tovarlarni eksport qiladilar, boshqa mamlakatlarda o‘zlaridagiga nisbatan kamroq xarajat qilib ishlab chiqariladigan tovarlarni import qiladilar. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling