Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi savdo litsenziyasi — tovar va xizmatlarni mamlakatga olib kirish yoki undan olib chiqib ketish uchun beriladigan maxsus ruxsatnoma. Proteksionizm
- BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Topshiriq
Tarif (bojxona boji)
— mamlakat chegarasini kesib o‘tayotganda olib kirilayotgan tovar uchun to‘lash lozim bo‘lgan soliq to‘lovi. Kvota — mamlakatga chetdan keltirilayotgan yoki chetga olib chiqib ketilayotgan tovar va xizmatlar hajmiga o‘rnatilgan yuqori chegara. Tashqi savdo litsenziyasi — tovar va xizmatlarni mamlakatga olib kirish yoki undan olib chiqib ketish uchun beriladigan maxsus ruxsatnoma. Proteksionizm — davlat tomonidan tashqi savdoni cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar. Tashqi savdoni erkinlashtirish — unga qo‘yilgan cheklovlarni yengillashtirish yoki umuman olib tashlash. http:eduportal.uz 141 1. Mamlakatlar tashqi savdoni nima sababdan cheklashga majbur bo‘ladilar? 2. Tashqi savdoni qanday usullar bilan cheklash mumkin? 3. Tashqi savdoni cheklashga qaratilgan har bir chora-tadbirning ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qiling. 4. Tashqi savdoni cheklashdan kim zarar va kim foyda ko‘radi? 5. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar nima maqsadda tuziladi? 6. Qanday xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni bilasiz? BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Topshiriq Taxminan bir xil sifatdagi tovar birinchi mamlakatda 1000 AQSH dollari, ikkinchi mamlakatda esa 800 AQSH dollari tannarxida ishlab chiqarilsin. 1. birinchi mamlakat va ikkinchi mamlakat o‘rtasidagi erkin savdo- sotiqdan: a) ikkinchi mamlakat fuqarolari; b) birinchi mamlakat hukumati; d) ikkinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalari; e) birinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalaridan qaysi biri ko‘proq manfaatdor bo‘ladi? Nega? 2. birinchi mamlakat hukumati bu sharoitda, sizningcha, qanday chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim? 3. Faraz qilaylik, birinchi mamlakat hukumati ikkinchi mamlakatning har bir tovariga 300 AQSH dollari soliq belgiladi. birinchi mamlakat bozorida qanday o‘zgarishlar yuz berishi mumkin? Bu qarordan: a) birinchi mamlakat iste’molchilari; b) birinchi mamlakat hukumati; d) birinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalari; e) ikkinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalaridan qaysi biri ko‘proq zarar ko‘radi? Javobingizni asoslang. birlashishgan. XX asrda xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi qator davlatlar iqtisodiyotining keskin o‘sishiga olib keldi. Shu tufayli Yevropa davlatlari Yevropa Ittifoqini tuzishdi. Hozirda Yevropa Ittifoqiga ko‘pchilik Yevropa davlatlari a’zo bo‘lib, ular o‘rtasidagi barcha savdo to‘siqlari olib tashlangan. 2002- yil yanvaridan boshlab, bu davlatlarda umumiy pul birligi — yevro muomalaga kiritildi. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ACEAN) ham iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bo‘lib, unga Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand va Bruney davlatlari kiradi. http:eduportal.uz 142 Aytaylik, tadbirkor Yevropa davlatlari bo‘ylab xizmat safariga otlandi. Albatta, unga safar xarajatlari uchun xorijiy davlat valutasi — yevro kerak bo‘ladi. Tadbirkor O‘zbekiston so‘mini yevroga almashtirish uchun Milliy bankning valuta ayirboshlash shoxobchalaridan biriga bordi va devorga osig‘liq turgan, yuqorida tasvirlangan jadvalga ko‘zi tushdi. 1. Agar u yigirma million so‘mni: a) yevroga; b) AQSH dollariga; d) ingliz funt sterlingiga almashtirmoqchi bo‘lsa, unga qancha chet el valutasini berishadi? 2. Agar u safardan qaytib kelib, ortib qolgan 200 yevroni so‘mga almashtirmoqchi bo‘lsa, unga bankda qancha so‘m berishadi? Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling