64
Mamlakatda bozor munosabatlarining
chuqurlashuvi bozor infra-
tuzilmalarining ko‘pligi va ular xizmatining nechog‘lik to‘g‘ri tashkil
qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor infratuzilmasining asosiy bo‘g‘in-
laridan biri bu — bank.
Juda qadim zamonlardayoq omonatga olish va qo‘yish
amaliyoti
qo‘llanilgan. Bu bilan odatda alohida odamlar yoki diniy idoralar
shug‘ullangan. Masalan, bunday amaliyot bilan Qadimgi Yunon
ibodatxonalari shug‘ullanganliklari tarixdan ma’lum. Ularda omonat,
qarzga berish, hatto foiz undirish kabi faoliyatlarni amalga oshirgan.
Keyinroq, pul almashtirishga ham ehtiyoj paydo bo‘la boshladi.
13- MAVZU
BANK TIZIMI
TADBIRKOR
OMONATCHI
Nazorat
Naqd pullar
Pul zaxiralari
Aholi va firmalar
omonatlari
Biznes-g‘oyaga ega.
Pul mablag‘iga zarurati bor.
Mablag‘ni ishlatib topgan
daromadini mablag‘
egasi
bilan bo‘lishishga tayyor.
Pul mablag‘iga ega.
Pul mablag‘idan daromad
olish xohishi bor.
Ma’lum
haq evaziga pul
mablag‘idan foydalanish-
ga ruxsat berishga tayyor.
Qarz
Aholi va
firmalarga qarz
Yuqoridagi rasmni sinchiklab ko‘zdan kechiring
va quyidagi savollarga
javob bering:
1. Banklar pulni qayerdan oladi?
2. Banklarning qanday vazifalarini bilasiz?
4. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan qanday banklarni bilasiz?
5. Oila a’zolaringiz bankning qanday xizmatlaridan foydalanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: