Mavzu Davlat budjetining daromad va xarajatlari Davlat budjetining daromadlari
Download 0.88 Mb.
|
1 2
Bog'liqxudoyberdi moliya va soliqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat budjetining daromad va xarajatlari Davlat budjeti daromadlari
Farg’ona Davlat Universiteti Iqtisodiyot talim yo’nalishi 19 131-Guruh talabasi Tirkashev Xudoyberdining taqdimot ishi http://www.free-powerpoint-templates-design.com Mavzu Davlat budjetining daromad va xarajatlari Davlat budjetining daromadlari 01 02 Budjet xarajatlari 03 Reja: Davlat budjetining soliqli daromadlari. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bos- qichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalar – budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet daro- madlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluv- chi katego riyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifani bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umum- jamiyat ehtiyoj larini qondirishga xizmat qiladi. Davlat budjetining daromad va xarajatlari Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va uning markazlashgan pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‘- laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan korxonalar, tash- kilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat budjet fon- dining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy muno- sabatlarni anglatadi. budjet daromadlari jamiyat milliy daromadining bir qismini, shuningdek, aholi shaxsiy daromadlarining bir qismini maj buriy va ixtiyoriy to‘lovlar vo sitasida davlat tomonidan jalb qilish yo‘li bilan taqsimlash va qayta taq simlash mahsulidir. Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim adabiyotlarda, ma’ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda «davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi so liqlardir», degan bizning nazarimizda birmuncha noto‘g‘ri bo‘lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi mamlakat yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag‘larni jalb qilish quroli esa soliqlardir. Budjet daromadlari to‘lovchilariga ko‘ra, soliqqa tortish ob- yekt lariga ko‘ra, undirish usuliga ko‘ra, to‘lash muddatlariga ko‘ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning hamma- si davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat qiladi. Budjetga to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, bud- jetga tushgan pullar o‘z egasini yo‘qotadi, ya’ni budjetga to‘lov to‘lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‘zlab to‘lov to‘lamaydi, bud- jet daromadlarining shakl lanishi pul mablag‘larining bir tomon- lama ha rakati asosida sodir bo‘ladi. Davlatning umumiy xazi- nasiga tushgan pullar davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida ish- latiladi. Shu sababli davlat budjeti ning shakllanishi va ishlatil- ishida davlatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va alohida shaxslarning manfaatlari kesishadi. Milliy boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixti- yorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ish- lab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmuyi nazarda tutiladi. Budjet daromadlari haqida gapirar ekanmiz, «davlat daro- madlari» degan tushuncha bilan «davlat budjeti daromadlari» tushunchalarini yaxshi farqlab olishimiz kerak. Davlat budjetining soliqli daromadlari. Bizga ma’lumki, 2007- yilda qabul qilingan (№ O‘RQ-136, 25.12.2007) va 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Res- publikasi Soliq kodeksi 1 soliq munosabatlarining qonuniy-huqu- qiy asosini tashkil qiladi. Ushbu ko deksning «Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari» nomli 23-moddasiga binoan, 1 Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Soliq kodeksi 1997-yilda qabul qi- lingan edi. O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi tarkibidagi soliqlarga quyidagilar kiradi: 1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 3) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 4) aksiz solig‘i; 5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7) mol-mulk solig‘i; 8) yer solig‘i; 9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; 10) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlat- ganlik uchun olinadigan soliq.. LOREM IPSUM DOLOR SIT AMET Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling