Iqtisodiy bilim asoslari
Ayrim mahsulotlar uchun aksiz solig
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etil spirti (1 dekalitr uchun) 9 800 so‘m 5 Benzin (1 tonna uchun) 32 143 so‘m 6
- GM Uzbekistan avtomobillari (sotilish qiymatiga nisbatan foizlarda) 3%
Ayrim mahsulotlar uchun aksiz solig‘i stavkalarini keltiramiz:
1 Konyak (1 dekalitr uchun) 92 500 so‘m 2 Aroq (1 dekalitr uchun) 84 500 so‘m 3 Filtrli sigaretalar (1000 donasi uchun) 117 900 so‘m 4 Etil spirti (1 dekalitr uchun) 9 800 so‘m 5 Benzin (1 tonna uchun) 32 143 so‘m 6 Suyultirilgan gaz uchun (1 tonna uchun) 540 645 so‘m 7 Zargarlik buyumlari uchun (sotilish qiymati foizlarda) 25% 8 GM Uzbekistan avtomobillari (sotilish qiymatiga nisbatan foizlarda) 3% 1. Sizning fikringizcha, bu tovarlarga qo‘shimcha aksiz solig‘i solinishiga sabab nimada? Savolga javob berishda ushbu tovarlarning bozordagi o‘rni va iste’mol xususiyatiga e’tibor bering. Shuningdek, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining inson salomatligi va hayot tarziga salbiy ta’sirini unutmang. 2. Aksiz markalari qanday tovarlarga yopishtirilishini bilasizmi? Aksiz markalarining tovarlarga yopishtirilishining sababi nimada deb o‘ylay- siz? 3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i deb ataluvchi soliq tovarlarga nima sababdan solinishi haqida fikr bildirishga harakat qiling. Bunda soliqning nomiga e‘tibor bering. 2019- yil 1- yanvardan boshlab aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash bo‘yicha ham bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan: 1. to‘langan aksiz solig‘i summasi ishlab chiqarish va sotish zanjirida hisobga olinmaydigan bo‘ldi; 2. aksiz solig‘i solinadigan yangi tovarlar turlari kiritildi; 3. alkogol mahsulotlari uchun aksiz solig‘i indeksatsiya qilindi. 2019- yil 1- yanvardan boshlab ayrim aksiz solinadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari pasaytirildi. Ayrim tovarlar esa aksiz solinadigan http:eduportal.uz 92 tovarlar ro‘yxatidan chiqarib yuborildi. Shu bilan bir paytda bir qancha tovarlar aksiz solinadigan tovarlar ro‘yxatiga kiritildi. 2019- yilgacha benzin, dizel yonilg‘isi va gaz uchun iste’mol solig‘i to‘lanar edi. Bunda bu soliq har bir litr yonilg‘i narxiga aniq ustamani qo‘shgan holda undirilar edi. 2019- yil 1- yanvardan boshlab esa bu iste’mol solig‘i bekor qilindi va uning o‘rniga har bir litr yonilg‘i uchun aksiz solig‘i kiritildi. Aksiz solig‘i iste’molchilarga yonilg‘ini sotuvchi yuridik shaxslardan undirib olinadi. Bu yuridik shaxslar pirovard iste’molchiga sotgan yonilg‘i narxida bu aksiz solig‘i ham qo‘shilgan bo‘ladi. Bu o‘z navbatida soliqlar sonini kamaytirish va soliq tizimini soddalashtirishga xizmat qiladi. Chet eldan mamlakatimiz hududiga olib kiriladigan va aksiz solig‘i solinadigan tovarlar ro‘yxati ancha kengdir. Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prеzidеnti qarori bilan 2019- yil 1- yanvardan boshlab yana 65 turdagi tovarlar importi uchun aksiz solig‘i kiritildi. Bunda soliq ayrim tovarlar bojxona qiymatidan foiz hisobida undirilsa, ayrimlaridan esa bir birlik tovar uchun qat’iy miqdorda chet el valutasida undiriladi. Bunda aksiz solig‘iga eng ko‘p tortilgan tovarlar muzlatgichlar, konditsionеrlar, mikroto‘lqinli pеchlar kabi elеktrotеxnika tovarlaridir. Ularga aksiz solig‘i stavkasi 10-15% qilib bеlgilandi. Undan tashqari pеchеniy, shokolad va boshqa xil shirinliklarga ham 10-20% stavkadagi aksiz solig‘i kiritildi. Shuning bilan bir paytda 1000 dona sigarеt uchun aksiz solig‘i 60 dollardan 40 dollargacha pasaytirildi. Mahsulot (xizmat)ni ishlab chiqarish, sotish yoki uni import qilish jarayonida mahsulot (xizmat) narxiga qo‘shilgan qiymatning bir qismi davlatga to‘lanadi. Ana o‘sha to‘lov – qo‘shilgan qiymat solig‘i deb ata- ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari – O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hamda mahsulotlar importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardir. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining obyekti bo‘lib, mahsulotlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish (sotish) yoki import mahsulotlari aylanma mablag‘lari hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi har qanday shaxs sotilgan (reali- zatsiya qilingan) mahsulot yoki xizmatlar uchun olinadigan to‘lov mablag‘i qachon kelib tushishidan qat’i nazar, budjetga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi shart bo‘ladi. Soliq qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foiz qilib belgilangan. Lekin 2019- yil 1- yanvardan ayrim, 3 mlrd so‘mgacha aylanmaga ega bo‘lgan korxonalar qo‘shilgan qiymat http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling