Iqtisodiy ehtiyoj, ne'mat va resurs tushunchalari


Download 95.46 Kb.
bet8/8
Sana21.01.2023
Hajmi95.46 Kb.
#1107997
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy ehtiyoj, ne\'mat va resurs tushunchalari

Iqtisodiy tanlov tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda cheklangan resurslardan foydalanishning muqobil variantlari ichidan cheksiz ehtiyojlarni maksimal qondirishga imkon beruvchi eng optimal variantni tanlashni anglatadi. Iqtisodiy tanlov firmalarni belgilangan maqsadga erishish uchun xo'jalik yuritishning ratsional usullarini tanlashga, eng kam xarajatlar evaziga maksimal hajmda mahsulot ishlab chiqarish va maksimal foyda olishga undaydi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy subektlarni ikkiga bo'lib qaraydi - iste'molchilar (uy xo'jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste'molchining maqsadi - mumkin darajada ozining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bolsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat korsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.
Iqtisodiy doiraviy aylanish modelida iqtisodiyot ikki sektorga bo'linadi: uy xo'jaliklari va firmalar. Uy xo'jaliklari o'z resurslarini (ishchi kuchi, kapital, xomashyo, yer va boshqa) firmalarga sotib daromad oladilar hamda bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o'zlarining tovar va xizmatlarini sotib, undan tushgan daromadni uy xo'jaliklaridan resurslar sotib olishga ishlatadilar. Ehtiyoj va ne'mat tushunchalari nimani anglatadi?



1 Ю.В. Тарануха. Микроэкономика ( в структурно-логических схемах). М.: Дело и сервис, 2002. – стр. 6 аsоsidа таyyorlаngаn.

Download 95.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling