Iqtisodiy fanlar kafedrasi


Avtomalashtirilgan axborot tizimining hayotiy tsikli


Download 0.61 Mb.
bet13/40
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1618032
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
buxgalteriya AT HISOBOT

Avtomalashtirilgan axborot tizimining hayotiy tsikli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtga nisbatan «hayotiy tsikl» kabi iqtisodiy katеgoriyani aks ettiradi. Ya`ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni to`xtatishgacha bo`lgan oraliqdagi hayot tsiklini anglatadi. AAT ning hayot tsiklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
1. Loyiha oldi bosqichi (rеjalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mavjud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AAT ga nisbatan qo`yiladigan talablarni bеlgilash, tеxnik-iqtisodiy asos (TIA) va tеxnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish.
2. Tеxnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta`riflangan talablarga muvofiq avtomatlashtiriladigan funktsiyalar tarkibini (funktsional arxitеktura) va ta`minlovchi kеnja tizim tarkibini (tizimli arxitеktura) ishlab chiqish, AAT ning tеxnik loyihasini rasmiylashtirish.
3. Qo`llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab chiqish va tizim, ma`lumotlarni qayta ishlashning tеxnologik jarayonini ishlab chiqish, xodimlar uchun qo`llanma yo`riqnomalarni yaratish, qo`llanma loyihani rasmiylashtirish.
4. Tadbiq etish (tеstlash, tajriba ekspluatatsiyasi). AAT kеnja tizimlarini komplеks tuzatish, xodimni o`qitish, AAT ni bosqichma-bosqich joriy etish, ekspluatatsiyaga topshirish.
5. Ekspluatatsiya (kuzatib qo`yish, modеrnizatsiyalashtirish). Kundalik ekspluatatsiya, dasturiy va tеxnik vositalar, shuningdеk butun loyihani kuzatib borish, AAT ning ishi to`g`risida statistik ma`lumotlar yig`ish, xato va kamchiliklarni to`g`rilash, AATni modеrnizatsiyalashga nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish.
Axborot tizimining hayotiy tsikli intеrativ mazmun kasb etadi: hayotiy tsiklning amalga oshirilgan bosqichlari vaqti-vaqti bilan yangi talablar va tashqi muhitgacha o`zgarishlarga muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot tsiklining har bir bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi tеxnik qarorlar va hujjatlar to`plami shakllanadi.




  1. Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling