Iqtisodiy fanlar kafedrasi


Maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo‘yicha summalar va depozit summalar hisobi


Download 0.51 Mb.
bet17/30
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1626379
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
BUDJETDAN HISOBOT OXIRGI

Maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo‘yicha summalar va depozit summalar hisobi
Budjet tashkilotlarida maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo‘yicha summalar va depozit summalar alohida subschyotlarda va budjet bo‘yicha xarajatlar smetalarining ijrosini hisobga olgan holda bitta balansda aks ettiriladi. O‘zining nizomiga ega bo‘lmagan unchalik katta bo‘lmagan yordamchi xo‘jaliklar o‘z operatsiyalarining hisobini budjet tashkilotining umumiy balansida olib boradi. Budjet tashkilotlarining maxsus mablag'lari jumlasiga ijara haqi, kvartira haqi, transportdan foydalanishdan olingan daromadlar, muzeylar va ko‘rgazmalarga kirish haqi, yordamchi xo‘jaliklarning ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlar va maxsus mablag'laming boshqa turlari kiradi. Budjet tashkilotlarida maxsus mablag'lar bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish uchun quyidagi ikkinchi tartibli schyotlar (subschyotlar) qo‘llaniladi:
111-«Maxsus mablag'lar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
211 - «Maxsus mablag'lar bo‘yicha xarajatlar» subschyoti;
400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo‘yicha daro­madlar» subschyoti.
Maxsus mablag'lar hisobi
Bank muassasalarida saqlanayotgan maxsus mablag'lar bo‘yicha pul mablag'larining hisobini olib borish uchun ll--«Maxsus mablag'lar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti xizmat qiladi. Bu aktiv subschyotdir. ll--«Maxsus mablag'lar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyotining debetiga bankka kelib tushgan maxsus mablag'laming summalari yoziladi. ll--«Maxsus mablag'lar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyotining kreditida esa materiallar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarning subschyotlarini to‘lashga subschyotdan chiqarilgan summalar, ishchi va xizmatchilarga ish haqi to‘lash uchun olingan mablag'lar, bank tomonidan maxsus mablag'lar hisobidan to‘lanadigan boshqa xarajatlar hamda budjet daromadiga o‘tkazilgan summalar qayd qilinadi.
Mazkur budjet tashkiloti tomonidan maxsus mablag'lar bo‘yi-cha bajarib topshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun buyurtmachilardan bank muassasasidagi maxsus mablag'lar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga kelib tushgan mablag'lar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 111 - «Maxsus mablag'lar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblan> subschyoti.
Maxsus mablag'lar smetalari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobini olib borish uchun 211-«Maxsus mablag'lar bo‘yicha xarajatlar» subschyoti tayinlangan. Bu aktiv subschyotdir. Pul mablag'lari, materiallar va boshqa ko‘rinishdagi xarajatlar 21 l-«Maxsus mablag'lar bo‘yicha xarajatlan> subschyotining debetida qayd qilinadi, bu subschyotning kreditida esa yil davomida amalga oshirilgan xarajatlar umumiy summasining hisobdan chiqarilishi qayd qilinadi.
Xarajat qilingan materiallar summasiga quyidagi buxgalteriya pro­vodkasi tuziladi:
Debet 211 - «Maxsus mablag'lar bo‘yicha xarajatlar»- subschyoti;
Kredit 060-069-«Matenallar va oziq-ovqat mahsulotlari» subschyotlari.
Boshqa tashkilotlar tomonidan, maxsus mablag'lar bo‘yicha xarajatlarga doir, bajarib topshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 211 - «Maxsus mablag'lar bo‘yicha xarajatlar» subschyoti;
Kredil 172 - «To‘lovlaming maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti yoki
Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» sub­schyoti.
Yil tugagandan keyin yil davomida amalga oshirilgan xarajatlarning umumiy summasi quyidagi buxgalteriya provodkasini tuzish yo‘li bilan hisobdan chiqariladi:
Debet 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo‘yicha daromadlan> subschyoti;
Kredit 211 - «Maxsus mablag'lar bo‘yicha xarajatlar» subschyoti.
Maxsus mablag'lar bo‘yicha daromadlami hisobga olish uchun 400-«Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo‘yicha daromadlar» subschyoti tayinlangan. Bu passiv subschyotdir. Hisoblangan daro-madlaming summalari 400-«Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo‘yicha daromadlar» subschyotining kreditiga yoziladi, bu sub-schyotning debetiga esa noto‘g'ri yoki ortiqcha olinganligi sababli qaytarilgan summalar, yil davomida amalga oshirilgan maxsus mablag'lar bo‘yicha xarajatlar summalari va hisobdan chiqarilgan boshqa summalar yoziladi.



  1. Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling