Iqtisodiy fanlar kafedrasi
Mol yetkazi beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar
Download 0.51 Mb.
|
BUDJETDAN HISOBOT OXIRGI
Mol yetkazi beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bi-lan hisob-kitoblar korxonalar xo‘jalik faoliyatida eng ko‘p uchraydigan hi-sob-kitoblardir. Shuning uchun bunday hisob-kitoblarni tekshirish quyi-dagi asosiy ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur: olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to‘lovlar yoki jo‘-natilgan tovarlar (bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan summalar-ning to‘g‘riligini aniqlash; moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to‘liq-ligini tekshirish. Mol yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko‘ra naqd pulsiz amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo‘linadi: 1) tovar muomalalar bo‘yicha, 2) moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha. Naqd pulsiz hisob - kitoblarning quyidagi asosiy shakllari mavjud: to‘lov topshiriqlari, to‘lov talabnomalari, akkreditivlar, inkassa topshiriqlari, cheklar va o‘zaro talablarni uzishga asoslangan hisob shakli. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni audi-torlik tekshiruvidan o‘tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob muomalalari uchun xos bo‘lgan umumiy qoidalariga asosan o‘tka-ziladi. Hisob - kitob ma’lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi. Agar hisob-kitob ma’lumotlarini solishtirish amallarini bajarish cho-g‘ida nomuvofiqliklar aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vu-judga kelish sabablarini aniqlaydi. «Mol yet-kazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» moddasining 12 foizi-ga teng bo‘lgan, n-summaga kam bo‘lsa, farq miqdori ushbu balans mod-dasi uchun jiddiy hisoblanadi. Analitik hisob registrlari (oborot vedomost-lari) ma’lumotlarini tahlil qilishda biron-bir mol yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzilib, lekin hisob registrlarida yozuv yozilmagan. Tekshiruv natijasida shu mol yetkazib beruvchi bilan hisob-kitoblarni hisobga oladi-gan kartochka ochilganligi, lekin adashib u boshqa schyotning kartotekasi-ga solib qo‘yilganligi sababli oborot vedomostiga kiritilmagan. Shunday qilib, nomuvofiqlik sababi aniqlangan va bartaraf qilingan. Hisob va hisobot ma’lumotlarining o‘zaro tengligi aniqlaganidan so‘ng, auditor mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitob-lar qoldig‘ining haqqoniyligini baholashi kerak. Shu maqsadda u quyidagi-larni tekshiradi: – analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari hamda tuzilgan sanalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligi; – analitik hisob registrlarida ko‘rsatilgan shartnomalar va dastlabki hujjatlarning haqiqatda mavjudligi (tanlab tekshiriladi); – dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma’lumotlarning mosligi (tanlab tekshiriladi). Majburiyat summalarining hujjat bilan tasdiqlanmaganlari shubhali qarzdorliklar qatoriga qo‘shiladi. Bunday qarzlarning haqqoniyligi hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish (solishtirish dalolatnomasi tuzish)yo‘li bi-lan tasdiqlanadi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir qarzdorliklar haqqoniyligini baholashda ularning vujudga kelish muddat-lari nazorat qilinadi: hisob-kitoblar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining belgilangan che-gara muddati o‘tib ketgan, talab qilib undirib olinmagan debitor qarzlar yo‘qligi. Hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish materiallarini tekshirish mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldiqlarining haq-qoniyligini baholashda muhim ahamiyatga egadir. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tekshiriladi: – shartnomalar mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshirish; – olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar to‘liqligi va to‘g‘ri kirim qilinishini tekshirish; – moddiy qiymatlik(ish. xizmat)lar uchun o‘z vaqtida va to‘liq haq to‘lanishini tekshirish. – auditor dastavval mahsulot yetkazib berish shartnomalari va ish ba-jarish va xizmat ko‘rsatish uchun boshqa xo‘jalik shartnomalarining mav-judligi hamda shartnomalarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Sharnomalar amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va shartnoma qonunchi-ligiga ataylab rioya qilinmasdan tuzilgan shartnomalar va ular asosida amalga oshirilgan muomalalar haqiqiy emas deb topiladi. Auditorlar tek-shirilayotgan korxonada bunday holatlar yo‘qligini aniqlashlari lozim. Shundan so‘ng olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning to‘lig‘icha to‘g‘ri baholanganligi va hisob registrlarida aks ettirilganligi to‘g‘risida dalillarga ega. Auditorlar dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini shartnomalar, buyurtmalar, schyot-fakturalar va loyiha-smeta hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)larni kirim qilishning to‘liq-ligi, to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligi to‘g‘risida dalillarga ega bo‘ladi. Dastlabki hujjatlarni tekshirishda barcha hisoblashuv-to‘lov hujjatlari-da QQS summasining alohida satr bilan ajratib ko‘rsatilganligiga va QQS summasining hisob-kitob yo‘li bilan ajratib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmas-ligiga(me’yoriy hujjatlarda belgilangan holatlardan tashqari) e’tibor qaratiladi. Auditor ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish natijasida olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar bo‘yicha QQS ni hisobga olish-ning asoslanganligini tasdiqlovchi dalilga ega bo‘ladi. Uning qoplanishi to‘langan, kirim qilingan va ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilgan qiymatliklar bo‘yicha amalga oshiriladi. Hisob-kitob hujjatlari hali yetib kelmagan moddiy qiymatlik(ish, xiz-mat)larni tekshirishda ushbu olingan qiymatlik (ish, xizmat) larning puli to‘-langan, lekin yo‘lda kelayotgan (debitor qarz) sifatida hisobda turmaganligi aniqlanadi. Xorijdan olingan import mahsulot(ish, xizmat)lar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilganda, mulkchilik huquqi o‘tgan paytni, mod-diy qiymatlik (ish, xizmat)larni kirim qilish sanasiga amalda bo‘lgan O‘z-bekiston Respublikasi Markaziy Bankining valuta kursini va to‘lov hujjat-larining to‘lanishini, kurs farqlarini, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini va frankirovka (tovarni xaridorga yetkazib berishda transport xarajatlarini qoplash va hisob-kitob qilish) shartlarini aniqlashning to‘g‘riligi tekshiriladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling