Iqtisodiy faoliyat turlarining sektorlama tasnifi Reja Kirish I bob. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari
O’zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish istiqbollari
Download 134.71 Kb.
|
Iqtisodiy faoliyat turlarining sektorlama tasnifi
2.2 O’zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish istiqbollari
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o`z tashqi siyosatini o`zi belgilash uchun keng imkoniyatga ega bo`ldi. O`tgan yillar davomida milliy manfaatlarimizga mos keladigan, uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo`nalishlari belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi muhim o`rin tutadi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu sohani isloh qilish, tubdan yangilash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi qaytadan isloh qilindi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi O`zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O`zbekiston Republikasi Konstitutsiyasining IV bob, 17-moddasida “O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin”. O`zbekiston o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda nhuquqiy normalar asosida o`z tashqi iyosatini belgiladi. Qisqa davr ichida davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo`nalishlarini belgilab oldi. avlatning tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch bu – Konstitutsiyaviy huquqdir. Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosati tamoyillarini mukammal ravishda belgilab oldi va tartibga soldi. Buni quyidagilarda ko`rish mumkin: 1. O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. 2. O`zbekiston Respublikasi o`z iqtisodiy munosabatlarini ikki tomonlama va ko`p tomonlama shartnomalar asosida, milliy manfaatlar ustuvorligini inobatga olgan holda rivojlantirishga qaratdi. 3. O`zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarga, kollektiv xavfsizlikning global va mintaqaviy tizimlariga faol qo`shilib, mamlakatda tinchlikni, barqarorlikni ta’minlamoqda. 4. O`zbekiston tashqi siyosatida jahondagi barcha mamlakatlar bilan ijobiy hamkorlik, tinchliksevar siyosati orqali o`z nufuzini oshirib bormoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi. “Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali tartibga solish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy koʻrsatkichlari bilan sust bogʻlanganligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda” dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. Qarorda tashqi iqtisodiy a’loqalar haqida shunday deyilgan: Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qoʻllab- quvvatlash; Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish; tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish. Download 134.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling