Iqtisodiy faoliyat turlarining sektorlama tasnifi Reja Kirish I bob. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari
Download 134.71 Kb.
|
Iqtisodiy faoliyat turlarining sektorlama tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. O’zbekostonda Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish ko’rsatkichlari va istiqbollari
- Kurs ishining maqsad va vazifalari
Iqtisodiy faoliyat turlarining sektorlama tasnifi Reja Kirish I BOB. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari 1.1. Iqtisodiy faoliyat mazmuni mohiyati va turlari 1.2 Ishlab chiqarishning asosiy omillari, birikish usullari va iqtisodiy o’sish 1.3 Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari II BOB. O’zbekostonda Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish ko’rsatkichlari va istiqbollari 2.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar 2.2. O’zbekistonda Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. Davlat rivojlanishinig barcha tarixiy bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq xo’jaligida, alohida regionlarda, muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy masalalarni hal qilishga katta ta’sir ko’rsatgan, va bu soxada iqtisodchilar turli izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi tizimining bir bo’lagi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning mukammalashishiga, ishlab chiqarish kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va ko’maklashadi. Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon iqtisodiy tizimidan bo’lak ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan kelmagan. Malakali mutaxassislar, shu jumladan, pedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirish jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, o’qituvchi, eng avvalo, barkamol avlodni voyaga yetkazishdek muhim ijtimoiy buyurtmani bajaruvchi asosiy ijrochi hisoblanadi.Birinchi Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» nomli asarida «Yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda o’qituvchi – murabbiylarning mehnatiga suyanamiz va tayanamiz» deya ta’kidlaydi. Bu ishonch pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi va pedagogik mahoratini shakllantirishga innovasion asosda yondoshish zaruratini shakllantiradi. Ma’lumki, pedagogik faoliyat – ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan holda maxsus tashkil etiluvchi va o’qituvchi hamda ta’lim oluvchilarning o’zaro munosabatlariga asoslanuvchi ijtimoiy faoliyat turidir. Pedagogik faoliyat samaradorligining shartlaridan biri “kasbiy tayyorgarlik” tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin bo’ladi: Kasbiy tayyorgarlik - maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, metodik bilimlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’zlashtirish asosida shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi. Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish - DTS talablari asosida shaxsdamaxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, bo’lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorlash jarayonidir. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdoga aylandi, uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishi zarur. Download 134.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling