Iqtisodiy faoliyat va uning turlari
Download 19.12 Kb.
|
Iqtisodiy faoliyat
Ayirboshlash jarayonida mahsulotlar ma’lum miqdoriy nisbatda bir-biriga almashtiriladi.
Ayirboshlash moddiy ne’mat va xizmatlarning bir sub’ektdan ikkinchisiga o’tish jarayonini bildiradi. Tarixan olib qarasak, ayirboshlash ikki xil: mahsulot va tovar ayirboshlash shaklida yuz beradi. Bir mahsulotni bevosita boshqa mahsulotga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlash barter deyiladi. Bunday ayirboshlash qulay emas. Bunday ayirboshlash kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida qo’llanilgan. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi, rivojlanishi bilan tovar ayirboshlash amal qiladi. Bir mahsulotni ikkinchisiga pul vositasida, ma’lum narx asosida, ya’ni oldi-sotdi yo’li bilan ayirboshlash— tovar ayirboshlash deyiladi. Bunda tovar pulga ayirboshlanadi, keyin esa bu pulga xohlagan boshqa tovar almashtiriladi. U universal ayirboshlash, shuning uchun ham tovar ayirboshlash, oldi-sotdi, ayirboshlashning eng qulay va yuksak shakli tarzida tan olinadi. Xozirgi paytda neoklassik yo’nalish vakillari ayirboshlashning unumli ekani, uning jamiyat boyligi ko’payishiga ta’sir ko’rsatishini ta’kidlaydilar. Ma’lumki, fiziokratlar faqat qishloq xo’jaligidagi mehnat unumli deb tan olsalar, A. Smit va D. Rikardolar sanoatdagi mehnat ham unumli deb ko’rsatishgan. Bu xususda Marshall shunday fikrni ilgari suradi. Umuman olganda inson moddiy ne’matlar yaratadi deyishimizning o’zi to’g’rimi? Vaholanki, inson faqatgina tabiat yaratgan narsalarnigina foydaliroq tarzda ehtiyojlarini qondirishga moslashtiradi. Masalan, yog’ochdan stol yasaydi yoki xom ashyo materialini shunday joylashtiradiki, uni tabiatga nisbatan ko’proq foydali bo’lishini oxiriga etkazadi. Shu nuqtai nazardan ayirboshlash, ishlab chiqarishga o’xshab ne’matlarni ma’lum makonda ko’chib yurishini ta’minlab, inson ehtiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qiladi. Bu jihatdan agar boylikni faqat moddiy, qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ko’radigan narsa sifatida emas, balki inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish nuqtai nazaridan qarasak, ayirboshlash ham boylikning ko’payishiga xizmat qiladi. Boylik faqat moddiy ishlab chiqarishda yaratiladi deb ta’kidlash xizmatlar ko’rsatishni nazar-pisand qilmaslikka, oxir-oqibat bu sfera rivojlanishining sekinlashishiga olib keladi. Download 19.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling