Postindustrial bosqich quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
• iqtisodiyotning muhim sferasi — xizmat ko’rsatish nihoyatda tez rivojlanadi. Unda
ishlovchilarning 50-70% band bo’ladi;
• fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi. Fan yutuqlari natijasida ishlab
chiqarishda, tabiatda mavjud bo’lmagan mahsulotlar yaratiladi;
• xo’jalikning barcha tarmoqlarida va maishiy maqsadlarda informatika va hozirgi zamon
hisoblash texnikasi yutuqlaridan keng foydalaniladi. Jismoniy va aqliy mehnatni ham
avtomatlashtirish kuchayadi;
• korxonalarda ilmiy xodimlar va yuqori malakali mutaxassislarning roli tezlik bilan oshib
boradi;
• barcha turdagi resurslarni iqtisod qiladigan, mahsulotni yuqori sifatli bo’lishini
ta’minlaydigan yuqori texnologiyaga o’tish amalga oshadi;
• barcha kishilarning eng zarur ehtiyojlarini to’la qondirishni ta’minlash, yuqori darajadagi
ehtiyojlarni kengaytirish imkoniyatlariga ega bo’linadi.
Shunday qilib, uzoq davom etgan tarixiy iqtisodiy taraqqiyot natijasida hozirgi zamon
ishlab chiqarishi shakllandi. Bir vaqtlar, hatto yaqin o’tmishdagi ishlab chiqarishni hozirgi payt
bilan taqqoslaganda ham inson aql-zakovati erishgan yutuqlardan hayratlanmay iloji yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |