Iqtisodiy faoliyat va uning turlari
Download 52.5 Kb.
|
Iqtisodiy faoliyat va uning turlari
Aim.uz Iqtisodiy faoliyat va uning turlari Inson ehtiyojlari turli-tuman bo’lib, ularni turli usullar, vositalar orqali qondirishga harakat qiladi.
Agar iqtisodiy faoliyatni insonni hayot kechirishini ta’minlovchi faoliyat tarzida qarasak, uni kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida rivojlanishini ikki asosiy tipga bo’lishimiz mumkin:
1) o’zlashtiruvchi va 2) ishlab chiqaruvchi. Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichida insonlar tabiatdagi bor narsalarni to’g’ridanto’g’ri o’zlashtirish bilan hayot kechirganlar. Insoniyat ma’lum bir paytdan esa ob’ektiv zarurat tufayli tabiatdagi tayyor ne’matlarni o’zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Shu paytdan boshlab, uning mehnati sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. Endi insonlar tabiat ne’matlarini ehtiyojlariga moslashtirishga o’tdilar. Iqtisodiy faoliyat inson hayotining asosini tashkil etadi. U juda murakkab, turli hodisa va jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kishilik jamiyati yashar ekan, bu jarayonlar uzluksiz davom etadi. Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni nazariy jihatdan to’rt fazaga bo’lishadi: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, iste’mol. Insonlarning xo’jalik yuritish faoliyatining natijasi ijtimoiy mahsulot bo’lib, uning harakati ana shu to’rt fazani bosib o’tadi va uzluksiz takrorlanadi. Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling