Industrial bosqich quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
• iqtisodiyotda asosiy rolni mashinalashgan sanoat ishlab chiqarishi o’ynaydi;
• sanoat boshqa muhim tarmoqlar (qishloq xo’jaligi, qurilish, transport)ni ham qayta
qurishga olib keladi;
• aholining asosiy qismi industrial tarmoqda band bo’ladi;
• mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ro’y berib, ko’plab yangi tarmoqlar vujudga keladi.
Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil qilishning murakkab shakli tovar ishlab
chiqarish rivojlanadi;
• aholi urbanizatsiya (urbahis — shahar)si ro’y beradi.
Aholining asosiy qismi shaharlarda yashay boshlaydi;
• ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi turli-tuman ehtiyojlarni qondirish uchun
yo’l ochadi.
Ikkinchi «demografik portlash» iqtisodiyotning industrlashtirilishi bilan bog’liq. 1650—
1974 yillarda aholi 7 marta ko’paydi (1650 yili planetamizda 650 mln. kishi yashagan). Dunyo
aholisi ayniqsa keyingi 50 yil ichida tez sur’atlar bilan ko’paydi.
Buning natijasida ehtiyojlarni qondirish bilan cheklangan ishlab chiqarish imkoniyatlari
o’rtasida qarama-qarshilik kuchayib bordi. Bu qarama-qarshilik 50- yillarda ro’y bergan fantexnika
inqilobi natijasida echilmoqda. U xo’jalik rivojlanishi uchun kelajakda nihoyatda katta
imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |