Iqtisodiy faoliyat va uning turlari
Download 52.5 Kb.
|
Iqtisodiy faoliyat va uning turlari
Taqsimot. Bu yaratilgan mahsulotni taqsimlashgina bo’lib qolmay u resurslar yoki ishlab
chiqarish omillarini taqsimotini ham ifodalaydi. Taqsimot avvalo har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning yaratgan mahsulotdagi hissasini aniqlaydi. Bu hissa eng avvalo yaratilgan mahsulot miqdori va sifatiga hamda uning realizatsiyasiga bog’liq. Taqsimot va ayirboshlash ishlab chiqarish bilan iste’molni shunchaki bog’lamaydi. Ko’p jihatdan ishlab chiqarishning samarali bo’lishiga ayirboshlash va taqsimotsiz erishib bo’lmaydi. Ѓarb iqtisodchilari iqtisodiy xo’jalik yuritish faoliyatini tahlilini A. Smitdan boshlab, hozirgi taniqli iqtisodchilargacha ayirboshlash va taqsimlash jarayonini tadqiq qilishdan boshlashgan. Bu tasodif emas, chunki iqtisodiyot ayirboshlash yuz berganda, taqsimot esa ayrim kishilarning xohishiga qarab emas, balki ob’ektiv tarzda bozordan oladigan signallar asosida amalga oshganda erkin iqtisodiyot sifatida tarkib topadi. Mahsulotlarning mo’l-ko’lligi uchun taqsimlash uslublaridan, ya’ni narxlar shakllanishini bozor mexanizmidan minnatdor bo’lishimiz kerak degan, asrimizning taniqli iqtisodchilaridan F. Xayek. Iqtisodiy resurslar taqsimoti narx mexanizmi orqali amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida taqsimot mulkchilikka bog’liq. Yaratilgan mahsulotdagi ulush har bir omilning mulk egasi sifatidagi hissasi orqali aniqlanadi. Taqsimot qanday tarzda bo’lishiga qarab, ishlab chiqarishni faol yangilanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling